Kun tahlili 21-qism

Qariyb bir yil oldin Qatar rasmiy axborot agentligi saytining noma’lum tashkilot tomonidan buzib ochilishi va Qatar Amiri nomidan yolg’on bayonot chop etilishi bilan boshlagan ommaviy axborot vositasi kampaniyasiga guvohlik qildik.

978502
Kun tahlili 21-qism

Qariyb bir yil oldin Qatar rasmiy axborot agentligi saytining noma’lum tashkilot tomonidan buzib ochilishi va Qatar Amiri nomidan yolg’on bayonot chop etilishi bilan boshlagan ommaviy axborot vositasi kampaniyasiga guvohlik qildik. Bu ommaviy axborot vositasi kampaniyasi vaqt o’tishi bilan Birlashgan Arab Amirligi va Saudiya Arabistoni rahbarligida, AQShning ham qo’llab-quvvatlashi bilan tashkil etilgan bir koalitsiyaning Qatarni to’g’ridan-to’g’ri nishonga olishiga yo’l ochdi. Mazkur koalitsiya shu doirada Qatarni harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan butunlay qurshab olib, deyarli Qatarni o’zlariga taslim bo’lishga majbur qilayotgandek edi. 

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Voqea yuz bergan vaqtga nazar tashlagudek bo’lsa unda Qatarga qarata boshlatilgan harakatning 2017-yilning 21-mayi kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyadda, AQSh Prezidenti Donald Trump ham ishtirok etgan bir xalqaro yig’ilish ortidan yuz berganligining guvohi bo’lamiz. Shu doirada Muhammad bin Salmon va Muhammad bin Zayed, Riyad sammiti chog’ida Trumpning qo’llab-quvvatlashini kafolatga olganidan keyin ish boshladi. Isroil bilan birgalikda tashkil etgan yangi mintaqa tushunchalari ichida Qatarni jiddiy xavf hisoblab, nima bo’lishidan qat’iy nazar mazkur xavfni yo’q qilish payiga tushdi. Qatarning Turkiyadek aktyorlar bilan birgalikda mintaqadagi o’zgarish va qarshiliklarni shu jumladan Arab bahori jarayonini qo’llab-quvvatlashi, qo’lidagi iqtisodiy kuch bilan ommaviy axborot vositasi kuchining nishonga olinishidagi eng asosiy unsur sifatida ko’zga tashlanadi. Lekin oxirgi bir yilni qo’lga olganimizda Qatarga qarata amalga oshirilgan barcha harakatning muvaffaqiyatsiz natijalanganligi kuzatildi. Turkiyadek yaqin ittifoqchilari tomonidan berilgan yordam va imkonlar, Qatar tomonidan oqilona olib borilgan diplomatik faoliyatlar o’ziga qaratilgan say-harakatlarni muvaffaqiyatsizlikka chorlar ekan, natijada AQShning bu boradagi o’z munosabatini ham butunlay o’zgartira boshlaganligini ko’rib turibmiz. BAA va Saudiya tomonidan Qatarga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bundan buyon o’zlari uchun kattakon yukka aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Qatar bilan birgalikda Turkiya ham nishonga olingan edi 

Qatarni nishonga olgan koalitsiyaning talablaridan birida Qatardagi Turk harbiy bazasining yopilishi va ikki mamlakat o’rtasida davom etgan harbiy shartnomalarning bekor qilinishi masalasining o’rin olganligi ma’lum bo’lgan edi. Menimcha buning ikkita sababi bor. Ulardan biri Turkiyaning harbiy yordamisiz Qatarni yana-da qulay nishonga olishlariga ishondi va Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasi va Qatar armiyasi bilan tuzilgan harbiy shartnomalar Qatarni o’zlari oldida yana-da kuchli aktyorga aylantirayotgan edi. Ikkinchisi esa Turkiyaning mintaqadagi harbiy va siyosiy kuchi Muhammad bin Salmon, Muhammad bin Zayed va Isroilning mintaqa siyosati jihatidan xavf tashkil etayotgan edi. Natijada Falastindan Qatargacha bo’lgan keng ko’lamli Islom geografiyasini o’zlari xohlagandek tartibga keltirmoqchi edi lekin ularning bu rejasiga qarshi chiqa oladigan aktyorlarni yo’q qilish yoki zaiflatish payiga tushdi. Albatta Turkiya bilan Qatar bu talablarni butunlay rad etgan holda ikki tomonlama ko’zlangan manfaatlar atrofida harbiy munosabatlarini davom ettirdilar. Ayniqsa Turkiyaning samarali siyosati Qatarga qaratilgan harakatlarning muvaffaqiyatsiz bo’lishida muhim rol o’ynadi. Turkiya o’zini Saudiya Arabistoniga qaraganda ko’proq BAA tomonidan nishonga olingandek his qilmoqda. Aslida buning bir necha konkret sabablari ham bor. Shu doirada BAAning AQSh elchisi Yusuf al-Uteybaning ommaviy axborot vositalari qo’liga tushib qolgan maillari BAAning Turkiyaning manfaatiga ziyon yetkazish uchun qanday kampaniyalar olib borganligini yaqqol ko’rsatib turipdi. Huddi mana shu kampaniya doirasida BAA Isroil va boshqa ba’zi aktyorlar bilan hamkorlik qilish orqali Turkiyani nishonga olganligi aniq. Turkiya albatta BAAga huddi o’zining iflos o’yinidek shu jumladan pora berish, odamlar sotib olish, hatto ba’zi terror tashkilotlariga yordam berish yo’li bilan javob bermayapdi lekin Somaliyada oxirgi marotaba yuz bergan voqealarda bo’lganidek BAAga o’zi xohlaganida ular tushungan til ustidan javob qaytarmoqda. Turkiya siyosiy tashkilotlari va armiyasi bilan qadimiy davlatlardan biri hisoblanadi. U o’z mintaqasining kelajagi uchun Iroq va Suriya kabi davlatlarga to’g’ridan-to’g’ri kirib bora oladigan kuchli aktyor. Qatar bilan birga Somaliya kabi bir necha mintaqa davlatida harbiy kuchini mustahkamlamoqda. Quddus masalasida o’ynagan roli bilan Islom dunyosi va mazlumlarning yaxshiligi uchun qanday kurash olib borishini ko’rsatmoqda.  

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar