Kun tahlili 15- qism

Suriyaning poytaxti Damashqda Sharqiy Gutaning Duma hududida  yangi bir kimyoviy hujum  amalga oshirdi va  hujum dunyo matbuotida  aks etdi.

950924
Kun tahlili 15- qism

Suriyaning poytaxti Damashqda Sharqiy Gutaning Duma hududida  yangi bir kimyoviy hujum  amalga oshirdi va  hujum dunyo matbuotida  aks etdi. Hujumda afsuski ko’pchiligi ayol va bolalardan tashkil topgan tinch aholi halok bo’ldi. Dastlabki muhokamalarga ko’ra hujumda nerv gazi qo’llanganiga doir  ishoralar   mavjud.  

Urushda boshdan beri muxoliflarning qo’lida bo’lgan Sharqiy Guta hududi rejimning oxirgi nazoratga oladigan  asosiy  bir maqsad edi. Oylardir mintaqa juda  shiddatli ravishda  bombardimon qilinar ekan, mintaqadagi shifoxona, maktab jamiy  kabi  noharbiy unsurlar tez- tez nishon olinmoqda edi.

SETA( Siyosat, İqtisodiyot va jamiyat tadqiqotlari jamg’armasi) Tadqiqotchi Muharrir Jon Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Poytaxt Damashqdagi geografk vaziyati tufayli rejimni  to’g’ridan tahdid etgan strategik vaziyatga ega sharqiy Guta hududini nazoratga olish va muxoliflarni  bu yerdan tozalash rejim jihatidan  katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Urushning boshidan beri 7 yildir qurshov ostidagi Sharqiy Guta hududi, oxirgi  paytlarda Turkiya va Rossiya bilan kelishuvga borib Ostona jarayoni doirasida sulh hududlari qatorida o’rin olmoqda edi. Faqat rejim va rejimni himoya qilgan Rossiya va Eron hududdagi terror tashkilotlarini bahona qilib mintaqani nishon olishga boshlagan edi.

Og’ir bombardimonlarning ortidan mintaqadagi muxoliflar ham oxirgi davrda Rossiyaning vositachiligi bilan taslim bo’lishga va Suriyaning shimolidagi muxoliflar ham oxirgi  paytlarda  Turkiyaning  nufuz  sohalariga qarab evakuatsiya qilina boshlagan edi.  

Turkiya jarayoni bilan  aloqali Gutadagi Duma hududi  Jeys al Islom nazoratida qolgan edi. Jeys al Islom bilan rejim o’rtasidagi uchrashuvlarda Rossiya vositachi edi.

Rossiya bilan borilgan  kelishuvda,  Jes al Islom mintaqasidagi mavjudiyatini ta’min etardi.

Faqat Ushbu bitim Asad rejimi tomonidan qabul  qilinmadi. Jeys al Islom Dumadan evakuatsiyasini rad etishi tufayli uchrashuvlar to’xtab qolgan edi. Ushbu jarayon asnosida, Dumaga  qarata kimyoviy qurol hujumi uyushtirildi. Kimyoviy qurol hujumi bilan ko’plab odam hayotdan ko’z yumdi.

Jeys al Islom kimyoviy qurol hujumidan  keyin Dumadan Suriyaning shimoliga qarab evakuatsiya  qilishi masalasini  qabul etish majburiyatida qoldi. Bir tomondan Dumada qolishga qat’iylik ko’rsatganlarning  badali kimyoviy qurol sifatdia  o’rtaga chiqdi.  Boshqa tomondan kimyoviy qurol hujumidan so’ngra tinch aholidagi qo’rquv va qayg’uning ortishi tufayli, Jeys al Islom tinch aholining talablari jihatida evakuatsiya uchun kelishuvga bordi.

Kimyovi qurol hujumi bilan aloqali Asad rejimi  Damashq markazining  tubidagi Suriyalik muxoliflar asosiy harbiy bazasini evakuatsiya qildi.

Evakuatsiya bitimi  amalga oshirgan taqdirda, Dumani  qo’lga kiritishga qarata harbiy bir operatsiya  tan narxi juda  ham yuqori  saviyada bo’ladi. Duma hududida Jeys al İslom uzoq muddatdir  harbiy tarmoqlar  insho  etgan, qurol omborlarida juda ko’p sonda o’q –dori va  og’ir qurollar  mavjud. Bundan tashqari  Suriyalik muxoliflar o’rtasida Jays al Islom harbiy salohiyati bilan ham  bilinmoqda edi.

Umuman sobiq askarlardan tashkil topgan Jeys al Islom, Dumada qurshov ostidagi mudofaasi esa   rejim uchun katta tan narxi bo’lardi.

Chunonchi Dumaga o’xshash Darayya shahrni qo’lga kiritish uchun Asad rejimi oylar davom etgan operatsiyaga katta mablag’ sarflagan edi. Asad rejimi amalga oshirgan  va iddao qilingan kimyoviy hujum bilan aloqali  katta mablag’lardan  qutulgan  tez va oson bir natija qo’lga kiritgandir.  

Kimyoviy qurol qo’llanish  masalasi insoniy qadriyatlarga zid bir metod bo’lsa ham, oxirgi hujum rejim jihatidan katta bir fursat  ma’nosiga kelmoqda.

Asad rejimi kimyoviy qurol qo’llanish   tan narxi xalqaro bir norozilikka sabab bo’lmagan taqdirda,

Rejimi jihatidan eng  oz tan narx bilan bir yechim yo’li edi.  

Urush boshlagan beri 215 marotaba kimyoviy qurol qo’llangan Asad rejimi, xalqaro hamjamiyatning e’tiborsizligini nazarda tutib takror kimyoviy qurolga murojaat qilgani iddao qilinmoqda edi. Bundan tashqari  diplomatik  ma’noda Birlashgan millatlar xavfsizlik kengashidagi Rossiya himoyasiga ishongan rejim, harbiy ma’noda ham Rossiya tomonidan  shartsiz ravishda himoya qilinganini hisobga olib bu yo’lga   murojaat qilishi mumkin edi. Insoniy qadriyatlarni bir tomonga qo’yib va xalqaro hamjamiyat  e’tiborsiz qolgan bir sharoitda, Asad rejimi jihatidan Duma uchun eng yaxshi yechim yo’li  kimyoviy qurol hujumi ekanini aytish mumkin.

SETA( Siyosat, İqtisodiyot va jamiyat tadqiqotlari jamg’armasi) Tadqiqotchi Muharrir Jon Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarni e’tiboringizga havola qildik. 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Sharqiy Guta , #Kimyoviy qurol , #Norozilik

Aloqador xabarlar