Kun tahlili 11- qism

Zaytun novdasi harbiy operatsiyada Afrin Turkiya bilan  bo’lgan chegara hududlarini  YPGlik terroristlardan qo’lga kiritilgan va so’ngra bir hafta ichida Jinderes, Rajo, Shayx Hadid va Sheran aholi punktlari  terroristlardan tozalangan.

931559
Kun tahlili 11- qism

        

           

            Zaytun novdasi harbiy operatsiyada Afrin Turkiya bilan  bo’lgan chegara hududlarini  YPGlik terroristlardan qo’lga kiritilgan va so’ngra bir hafta ichida Jinderes, Rajo, Shayx Hadid va Sheran aholi punktlari  terroristlardan tozalangan. Turkiyaning chegarasini tozalashi bilan YPG partizanlari  havon va qisqa masofali raketalar bilan Turkiya chegaralari ichida hujum qilishiga to’siq bo’lish Turkiyaning milliy xavfsizligi jihatidan katta bir  fursat qo’lga kiritildi. Shunday qilib Afrin mintaqasidan Reyhanli va Kilisga qarshi hujumlari ham to’xtatildi.

SETA( Siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi- yozuvchi Jon Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Chegara mintaqasini qo’lga  kiritishi bilan YPG/PKKning Amanos tog’lariga sizish tashabbuslarining  oldi olindi. Ma’lum bo’lganidek YPG/ PKK Afridan Hatayga qarab Amano’s tog’lariga qurol va terrorist yubormoqda edilar. Turkiya chegarasi ichida  YPGga bergan  ko’plab qurol tizimlari qo’lga  kiritilgan. Faqat Turkiyaning milliy xavfsizligi jihatidan faqat chegara xavfsizligi emas, ayni zamonda PKKning maydon hokimiyati, pul va inson manbaini ham  qo’lidan olinishi kerak. Turkiya o’z chegaralari ichida uzayib ketgan terror belbog’iga ruxsat berilmasligini Zaytun novdasi harbiy harakati va Frot qalqoni operatsiyasi bilan   oshkor ko’rsatdi.

Faqat TQK va Ozod Suriya kuchlari hanuz shaharga qarshi bir hujum boshlatmagan. YPGlik partizanlar tinch aholini qalqon sifatida foydalanishga harakat qilmoqdalar . Tinch aholining shahardan chiqib ketishiga  ham to’siq bo’lmoqda.

Turk  uchuvchisiz havo vositalari  tomonidan  tushirgan tasvirlar konvoy holida Afrindan qochishga harakat qilgan tinch aholi YPGlik partizanlar tomonidan to’sqinlik qilingani ko’rilmoqda.

Afrindagi tinch aholi shahardan chiqib ketishi bilan  TQK va OSQ kuchlari,  terror  unsurlaridan tozalangan mintaqalarga qochmoqchi bo’lgan  faqat YPG/PKKlar  bunga to’siq bo’lmoqdalar.TQK va OSQni tinch aholiga bergan e’tibori, ehtimol Afrin shahar markaziga qarata operatsiyaning  kech boshlashiga  ham bu sabab bo’lmoqda.

Zaytun novdasi harbiy harakat davom etar ekan, Turkiyaning janubi chegarasini terror unsurlaridan tozalashga qarata yangi qadamlar uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.

Bir tomondan AQSh bilan Frotning g’arbidagi Menbich borasida uchrashuvlar yuritgan Turkiya, boshqa tomondan esa  Iroqdagi terror  unsurlariga qarata  Iroq markazi hukumati bilan  muzokaralar  yuritilmoqda.

AQSh, Menbichni YPG hokimiyati ostidagi Suriya demokrat kuchlari bilan qo’lga kiritganda, Turkiyaga,  shharni  DEAShdan  bosib olgandan so’ngra YPGlik partizanlar Frotning sharqiyga chekinadi va Menbich hududi  Arab unsurlar tomonidan nazorat qilinadi deb va’da  bergan.

Turkiya, AQShning ushbu taklifini mintaqaning DEShdan tozalanishi uchun qabul qilgan.

Chunonchi, Menbich operatsiyadan keyin yuqori martabali AQShlik vakillar YPGliklar, mintaqani tark etganini ma’lum qilgan edi.  Faqat ushbu iddaolar haqiqatni aks ettirmagani Turkiya tomonidan ma’lum qilingan. Frot qalqoni harbiy operatsiyasi chog’ida YPGlik partizanlar TQK va OSQ kuchlariga hujum qilishi sababli, AQShning iddaolarining to’g’ri  emasligi isbotlandi.Turkiya Zaytun novdasi harakatidan keyin, Menbich hududini va YPG partizanlaridan tozalashga qarorli.

Turkiyaning qarorli uslubidan keyin, AQSh bilan yuqori saviyada uchrashuvlar amalga oshirildi. Faoliyat guruhlari tashkil etilishiga  qaror berildi. Faoliyat guruhlarida AQSh va Turkiya o’rtasidagi muammolarning qanday yechilishi borasida to’xtab hamkorlikni  yana ham mustahkamlash uchun qadamlar tashlanadi. Menbich jihatidan esa YPGni mintaqadan chiqarish  va Turk askarlarining mushtarak mavjudiyatini takomillashtirish rejalanmoqda.

Bunga ko’ra Turk askari va Amerikan askarlari Menbichdagi xavfsizlikni  birgalikda ta’min etadi. Turkiya Zaytun novdasi harbiy operatsiyadan so’ngra  ehtimoli bir Menbich harakatiga qadar AQSh bilan kelishuvga borib yechim topmoqchilar. AQSh jihatidan ham  Turkiya bilan  kelishuvga borib Menbich uchun  yechim topishga harakat  qilish va mintaqani terrordan tozalash aqlli  bir yo’ldir. Chunonchi Turkiyaga  nima sabab bo’lsa bo’lsin, Menbichni  terror unsurlaridan tozalashga qarorli.

Iroqda terror unsurlari uchun esa Iroq markazi hukumat bilan msuhtarak harakat qilish bahs mavzusi. Harakat Iroqdagi saylovlardan keyin amalga oshirilishi kutilmoqda.

TQK ayni lahzada ikki alohida jabhada jang qilish  qobiliyati bo’lgani uchun, Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi bitmasa ham harbiy jihatdan Turkiya  bu salohiyatga egadir. PKKning Iroqdagi an’anaviy mavjudiyati Duho’k, Zagro’s va kandilda istiqomat qilmoqdalar. Faqat, Suriyada bo’lganidek PKK, DEAShning o’rtaga chiqishidan foydalanib hokimiyat va operatsiya maydonini kengaytdi. Iroqning  Sinjar hududida va Sinjar tog’ ida mavjudiyatini davom ettirgan PKK, ayni zamonda mintaqani Iroq bilan  Suriya orasida bir aloqa markazi  sifatida ham foydalanmoqda.

Turkiya rivojlantirgan yangi  uslub  bilan terrorga  qarshi kurash bilan  o’z chegaralari ichida mudofaa qilish  emas, chegaradan tashqari ham  harbiy  operatsiyalar amalga oshirib terrorni o’z markazida  yo’q qilishdir. DEAShnin Frot qalqoni harakati bilan Suriyaning Jerablus, Dabiq va Al Bob hududlaridan tozalagandan keyin, terror tashkilotining  Turkiyadagi hujumlari  kamaygandir. Hatto yakunlanganini aytishimiz  ham mumkin. Ayni shaklda Zaytun novdasi harakatidan keyin Iroq va Menbichda YPGlik partizanlar tomonidan tozalangan taqdirda, Turkiya ichida haqiqatan terror faoliyatlari kamaydi. Turkiya aslida chegaradan tashqari harbiy harakat bilan faqatgina o’z milliy xavfsizligini  emas, ayni zamonda qo’shni o’lkalarning milliy xavfsizligini himoya qilmoqda va butun dunyoni terror tahdidiga qarshi himoya qilib kelmoqda.

SETA( Siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi- yozuvchi Jon Ajunning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: #Afrin , #Turkiya , #Dunyo , #AQSh

Aloqador xabarlar