Ummumbashariy nuqtai nazar-2qism

Arakanli musulmonlarning boshidan o'tgan zulmni, ko'z yoshi va qon to'kishini birga oldi olinishi mumkin.

884800
Ummumbashariy nuqtai nazar-2qism

Arakan yoki Rohingiya musulmonlarini balki eshitmagan edik. 2017-yili 25-Avgustdan keyin, 500 kishi Myanmada sodir etilgan zulmdan qochib Bangladeshdan bosh pana so’raganda bizlar ular haqqida o’rganib tradegiyalarni ham bilib oldik.

 

Dastur matnini yozgan Yildirim Beyazit Universiteti Siyosit Bilimlari Fakultetidan Profesor Dr. Kudret Bulbul.

 

Arakanning qeyerda bo’lganini anglash uchun geografiyadan bahs etish kerak deb o‘ylayman. Arakan Myanmaning 7 viloyatidan biri bo’lib Tayland, Laos, Xitoy, Hindiston, Bangladesh va Bengal ko’rfazlari bilan orab olingan bir davlat. Arakan Myanmaning sohil bo’yicha davom etgan strategik bir hududi.

Arakanda, Bengal ko’rfaziga g’arq bo’lgan kemalardan qurtulib qolgan musulmon savdogarlarning islomni yoygani aytiladi. Arakanlik musulmonlarning, Moro musulmonlari kabi uzoq muddat o’z sultonliklari bo’lgan. Imperialist g’arb davlatlarining har tomonga tarqalish siyosati natijasida 1885-yili Inglizlar tomonidan ishg’ol qilingan. “Agar bir daryoda ikki baliq jang qilsa, u yerdan uzun oyog'li Inglis o’tgandir” degan maqol bor, mana undan beri Myanma 1948-yili mustaqil bo’lgandan beri qizg’inlik yana ham avjiga ko’tarildi. 1962-yili to’ntaruv sodir etib boshqaruvga kelgan Ne Win, u kungacha Burma deb bilingan o’lka nomini Myanma deb almashtirdi. Yakka partiyali jumhuriyat davrda, musulmonlarni surgun qilish uchun har turli davlat siyosati olib borgan. 969 Harakati deb bilingan, radikal Budist guruhlari sodir etgan hujumlar ham hech qachon yoddan chiqmaydi.

 

 Arakanda yillardan beri ko’z yoshi, qon to’kishga davom etgan. Arakan masalasiga yechim topish maqsadida Yevropa Rohingiya Kengashi rahbari va tashqi ishlar maslahatchi o’rinbosari favqulodda elchi Umit Tardimning ham ishtirogida Yildirim Beyazit Universiteti Siyosat Bilimlari Fakultetida bir panel o’tkazilgan edi. Niderlandiyadan tashrif etgan mehmon La Lova yoki Muhammed Hubeyb kabi ikki ismi bo’lgani uchu biz buning sababini so’raganda haqiqat maydonga chiqdi. Myanmada chetlanmaslik uchun hamma o’z ismi bilan bir qatorda Myanma ismining ham bo’lishi kerak ekan. Biz bunlarni 1980-yil Bolgariyaning turklarga tatbiq etgan bosim va zulmlardan bilamiz, hattoki qabr toshlarini ham o’zgartirganlar. Hammaning dardu-alami o’zigayu lekin hanuz nafasimiz bor ekan, bunga yechim topish masalasini muhokama qilishimiz kerak.

 

  1. Myanmaga xalqaro bosim tatbiq etish. Bir joyda haq, adolat emas bosim va zo’ravonlik bahs mavzusi bo’lsa bunlar faqar kuch bilan cheklanadi. Shuning uchun, xalqaro jamoatchilikning Myanmaga bosim qiladigan har chorani izlashi kerak. Bu asosan davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan olib boriladi.

2. Xalqaro Yechim guruhi: Ukrainada MINSK gurhi kabi yechim uchun xalqaro yechim topish guruhi vujudga keltirish kerak. Xitoy va Hindiston u yerda yechim emas muammolarning parchasi bo’lishini bilamiz. Bunga qaramasdan ularni ham yechim jarayoniga qo’shib bir yo’lz izlash muhim. Bu yechim guruhi Arakanliklarning vatanlariga qaytishini va qaytgandan keyin yashash haqlarini kafolat ostiga olinishini kuzatib borishdan mas’ul bo’lishi kerak.

 

3. Arakanda, zulm, bosim va inson haqlarining oyoq osti qilinishini xalqaro maydonlarda kun tartibiga keltirish kerak. Arakanliklarning Kurtlar misoli hanuz rasmiy bir kimligi yo’q. Rasmiy statuyasi bo’lmagani uchun ta’lim, salomatlik xizmatidan foydalana olmaydı. Dunyo bo’ylab nodavlat va ko’nigilli tashkilotlar bu masalalarni kun tartibiga keltirshi mumkin. Inson halqarini paymol qilgan davlat yoki vakillarga qarshi sud bir natija bermasa ham ta’sirli bo’lishi mumkin.

 

4. Bangladeshga yordam berishimiz kerak, o’zi qiyin ahvolda bo’lgan Bangladesh, buncha insonga yordan berish uchun yolg’iz qolmasligi kerak.

 

5. Strategiya tashkilotlarini tekshirib chiqish. Myanmadagi zulmda bo’lgani kabi qayerda bir zulm bo’lsa Turkiya, AFAD, Qiziloy Jamiyati, TIKA, Insoniy Yordam Fondi va bunga o’xshash tashkilotlar bilan har turli qo’llab-quvvatlamoqda. Lekin faqat insoniy ordam yetmaydi. Strategik yechimlar, umumiy emas, xususiylashgan fikr tashkilotlari ham muhim.

 

6.Insonlarning ongini kengaytirish muhim. Arakan masalasi ham Al-Quds kabi faqat Musulmanlar masalasi emas. Bu nuqtai nazardan xalqaro tashabbuslarni boshlatish uchun har fursatdan foydalanish kerak. Mana bu mavzuda Prezident Erdo’g’anning rafiqasi Emine Erdo’g’an amalga oshirgan ziyorat katta ahamiyatga ega. Dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar, insonlar global jihatdan har tomonlama ma’lumot egasi bo’lish uchun faol bo’lishi zarur.

Ba’zida narsa o’zgarsa, ko’p narsao’zgaradi. “Shoirning aygani kabi “Iqlim o’zgarsa o’rtayer dengizi bo’ladi”. Mana hammamiz birga Arakanli bolalarningko’z yoshlarini to’xtatib kelajakka umid bilan qaraylik.

Poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #ummumbashariy , #nuqtai nazar

Aloqador xabarlar