Kun tahlili 46- qism

Utopia Terminini ilk marotaba, o’rta maktabning birinchi sinf talabasi ekan, uy kutubxonamizda mavjud bo’lgan ensiklopediyadan o’rgandim.

846437
Kun tahlili 46- qism

 

            Utopia Terminini  ilk marotaba, o’rta maktabning birinchi sinf talabasi ekan, uy kutubxonamizda mavjud bo’lgan ensiklopediyadan o’rgandim. Juda ham qiziqqanman  ki bir lahzada Aflotunning davlat Bekonning “ Yangi Atlantisini”, Morening “ Utopiasi”, Campanellaning “Quyosh o’lkasini” tadqiq qilar  ekanman o’zimni farq etdim.

Oilam bunday asarlarni  o’qishni man qilish kabi niyati bordi va  bu mavzular sening yoshinga ko’ra emas, yoshinga mos kitoblar o’qu” degan ogohlantiruvlari, menda aksi jihatda  bir ta’sir  qoldirdi, kutubxonaning   "Ilmiy-fantastik"   bo’limidan Aldoux Huxleyning “ Jasur yangi dunyosini yarim yashirin ravishda o’qigan edim. Va oilam bu borada  haq edi bu asar menga yarasha emas edi.  

Kitob qarshisida  o’zimni mag’lub deb ko’rganim uchun hirs bilan litsey yillarida yangidan  mazkur kitobni qo’limga olib bu safar menga  yarasha ekanini anglab yetdim.

Vaqt o’tishi bilan   ilmiy- fantastik asar  o’qishga qiziqishim  ortdi. Ilmiy- fantastik romanlarning  borgan oxirgi nuqta "Dark Utopia" boshqa nomi bilan qorong'i disutopia bilan qiziqishga boshladim.

G’arbdagi  utoianing  barchai sovuq, qo’rquv va qorong‘i bir dunyo bizni kutib turibdi.  Distopiaga ko’ra ishlab- chiqarish aloqasi, sarmoya tejam yo’llarining ko’payish, texnologik rivojlanishlar va  inson bolasi nafsining  istiqboldagi dunyoning hayot kechirilmas ekanini anglatmoqda edi.

Ilmiy- fantastik sohadagi eng mashhur shaxs bo’lgan Aldous Huxleydan George Orwellagacha borgan distopia va utopiada qorong’i bir dunyo aks ettiriladi. Ushbu utopiaga ko’ra tashqaridan hamisha bir   hujum bordir. Hujum bo’lmagan zamonlar hatto, mutlaqo hujumga  tayyorlik bordir. Buning oldini olish uchun oid  bo’lgan dunyoni nazoratda tutish va o’z nizomlarini tashkil etish kerak. Don (Don Kixot) Robinzon Crouse qadar barchasi o’z shaxsiy hokimiyatida bo’lgan bir dunyo tashkil etmoqchi edi.

Misol uchun, Robinson Crouse  me'mori bo’lgan yangi dunyoni tashkil etmoqchi. Ushu metod bilan tashkil etmoqchi bo’lgan utopia totalitardir. 

Boshqa utopialar kabi. Orolda bir makonning tanlanishi hokimiyatni sog’lomlashtirish uchun chet xavf- xatariga  qarshi olingan chora- tadbirdir.

Marlowe's Faustning utopiyasi,  uni yo’q qilishga olib borgan bir distopiyaga aylanadi. Gyote Fusti ham ayni hokimiyat izidadir.

Sharqning utopiyasi G'arbning utopiyasining to’liq zididir. G’arbdagi qahramonlar o’zlarini tashqarida bor qilishga harakat qilar ekan, Sharqdagi shaxslar  esa buning  to’liq zididir. O’zining ichiki dunyosiga qaytib qaraydi. Sharqdagilar o’z nafsi bilan hisob- kitob qilar( o’zini tanqid) qilib, mavjud hayotning bir parchasi bo’lishga  urinadi. Holbuki G’arbdagi  shaxsi, (davlat), xatoni  boshqasida  ko’rar  ekan, Uning uchun nafrat jinoyati, chetlash, irqchilik, natsist fashizm va  kommunizm kabi insonga qadr- qiymat bermagan tushunchalarning barchasi  G’arbda poyda bo’lgan. Natijada, G’arb utopiasi va disutopiasi asosida “ hokimiyat  tushunchasi bordir.

Islomda ushbu  ushbu vahshiyona  fikr yo’qdir. Forobiy, , Ibn Rushdning (Averof);hatto ibn nasfisda ijtimoiy loyihalar qisman bo’lsa ham, bular yana fardlarning o’zi o’zini boshqarishi,  o’z nafsiga ehtiyot bo’lish ma’nosidadir. Ibn Bakke  bu  esa juda aniq. Ibn Arabi va  sadraddin Koneviy ham bu  fikrga jihat  berib Islom falsafasining tamal toshi hisoblanadi.

Nega bular  shuncha ko'p  muqoyasa qildik?, G’arb olamiga qaraganimizda, har doim mavjud bo’lish qo‘rquvi va hokimiyat qayg’usi bilan dunyoni  qon bulamoqda.  Haddan tashqari daromad va suverenlik hirsi, yangidan G’arbni asosiy kuchini harakatlantiradi. Yevropaning shimoli  va Bolqonlar  so’nggi  ikki yilda oq’-dori ombori holiga aylandi.

Amerika qo’shma  shtatlarining dunyoning har joyida yirik harbiy kemalari, samolyotlari va vositalarini joylashtirmoqda. Holi hozir Yaponiyadan shimoliy  yevropagacha dunyo

Porox omboriga aylandi. Aksariyati  bizning do’st va ittifoqdoshi bo’lgan bu o’lkalar, 60 yil oldin  halokatli  bir urush bo’lmagani kabi ushbu o’zgarishlarga qarshi  ba’zan  e’tiborsiz qoladi. Ba’zan  himoya qiladi.

Bu faqatgina u do’stlarimiz emas barchamizga  aslida dunyoda  juda katta zarar bermoqda.

 

Yaqin sharqqa qarang. Balfour deklaratsiyadan beri bu yeri qon ko’liga aylandi. Yaqin sharq, dunyoda bir hovuch  qadar yerni qamramoqda. Bir asrdir   G’arblik do’stlarimizning  urush maydoniga aylandi.

Misol uchun kichkina ko’rfaz hududi. Bu yerda har kun yangi bir siyosiy taranglik yaratilishga  harakat qilinmoqda. Ushbu taranglikdan eng ko’p biz zarar ko’rmoqdamiz. Aslida faqatgina Ko’rfazdagi taranglik emas, dunyoning qayerida taranglik, ko’z yoshi va qon bo’lsa, biz Musulmonlarning yuragi  og’riydi. Chunki biz, AQShlik  kovoy, Nemis fabrika ishchisi, Yapon baliqchisi, cho’lda cho‘ponlik qilayotgan kishi  xulosa  dunyodagi barcha insonlar Odam payg’ambar va Momo Havodan kelib chiqqanimizni va aka- uka ekanimizga ishonamiz.     

 

Bu ishonch  va e’tiqodga ega bo’lgan bizlar, ichimizda bu disutopiaga ishonganlar  bilan birgalikda ularning ilhom manbasi bo’lgan G’arbni birodar ekanimizga  ko’ndirishga  majburmiz . Biz sharqliklar, Islom madaniyat va axloqiy bilan yetishganmiz, agar ushbu suverenlik va kuch hirsi uchun dunyoni jahannamga aylantirishlarini to’xtatmasak, dunyo yangidan qonga  bulanadi.  

Bizning barcha G’arb olamining siyosiy elitalaridan bir iltimosimiz bor:

Yuragimizdagi qorong’i Mephistoning ham qayg’usi  bilan yana ham  avj olib bizga va dunyoga hukmron bo’lishiga to’sqinlik qilishimiz  kerak.

Yo’qsa, faqatgina bizlar emas, kelajak avlodlarimiz ushbu qorong’ilikning asiri bo’ladi.   Shunga ishoning, bu dunyo, qiyomatgacha, biz insonlarga kifoya  qiladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Kun tahlili , #Utopia , #G'arb , #Fikr

Aloqador xabarlar