Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 27-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari va uning Yevroosiyo mintaqasiga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

765666
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 27-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Turkiya Respublikasi 1991-yilning 18-oktabri kuni o’z mustaqilligini e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasini 1991-yilning 9-noyabri kuni tan olgan birinchi davlat hisoblanadi. Turkiya va Ozarbayjon o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning 14-yanvari kuni qurildi.

Turkiya va Ozarbayjon o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yana-da kuchaytirilishi maqsadida 2010-yili Prezidentlar darajasida Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi mexanizmi tashkil topti. Ozarbayjon bilan birgalikda uyushtirilgan Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya, Turkiya-Ozarbayjon-Eron va Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston o’rtasidagi uchli yig’ilishlar mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va huzurga o’z hissasini qo’shadigan muhim mexanizm hisoblanadi.

Kaspiy dengizining energiya resurslarini dunyo bozoriga olib chiqishni nazarda tutgan “Boku-Tbilisi-Jayhun Neft quviri” bilan “Boku-Tbilisi-Erzurum Tabiiy gaz liniyasi” loyihalarining yo’lga qoyilishi Ozarbayjon va Turkiya o’rtasida qardoshlikni strategik sheriklikga aylantirgan muqaddas yo’lda muhim shaxdam qadam hisoblanadi. Ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi qariyb 5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Maqsad esa 2023-yili bu raqamni 15 milliard AQSh dollariga chiqarishtir.  

O’zaro ishonch va birdamlik asosida shakllangan Ozarbayjon-Turkiya munosabatlari xalqaro platformada ham davom etmoqda. Har ikki davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa kengashi, Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turk kengashi va Islom Hamkorligi tashkilotida muvaffaqiyatli ravishda hamkorlik qilib kelmoqda. 

Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi harbiy hamkorlik doirasida, ikkala mamlakatning qurolli kuchlari o’rtasidagi koordinatsiyaning yaxshilanishi maqsadida vaqti-vaqti bilan harbiy mashg’ulotlar uyushtirilmoqda. Oxirgi marotaba joriy yilning may oyida poytaxt Boku yaqinlarida bo’lib o’tgan harbiy mashg’ulotda 1000 askar, 80 ta tank bilan zirxli transport, 60 ta to’p va zambarak, 12 Mi-35 va Mi-17 rusumidagi hujum va transport vertolyotlari bilan havo mudofaa tizimlari o’rin oldi. Tatbiqot 5-maygacha davom etdi va muvaffaqiyatli ravishda o’z nihoyasiga yetdi. 

Ozarbayjonlarning ham turklardek og’uz turklaridan bo’lishi, ularning tarixda birgalikda yashaganligi, geografik yaqinlik Turkiyani Ozarbayjon bilan yana-da yaqinlashtirmoqda. Turkiyaning Ozarbayjon bilan bo’lgan munosabati ko’p qirrali bo’lib, strategik saviyadadir. Turkiya va Ozarbayjonning o’zaro munosabati mintaqada barqarorlik va tinchlikni barpo etishni ko’zlamoqda. Ikkala mamlakat munosabatlari, dunyoning hech qaysi mamlakati uchun xavf tug’dirmaydi. Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari “strategik sheriklik” tushunchasini batamom, o’z ichiga qamrab olgan. Ikkala mamlakat o’rtasida 25 yillik qisqa vaqt ichida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyat va ittifoq, mustahkam qardoshlik rishtalarining ko’rsatkichidir.  

Turkiya Tog’li Qorabog’ muammosining Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilgan ravishda, tinch va totuv yo’llar orqali hal qilinishi uchun mexnat qilmoqda. Shu doirada Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Minsk gruhining bir a’zosi sifatida, tashabbuslarini davom ettirmoqda. Ushbu tashabbus ayniqsa,  2016-yilning aprel oyida Ozarbayjon va Armaniston chegara liniyasining ma’lum qismlarida yuz bergan katta to’qnashuvlar va buning oqibatida ko’pchilikning jon berishi ortidan muzokaralarning tezlashtirilishiga yo’l ochti. Afsuski Minsk uchlisi bu yerda haligacha qarorli ravishda biron-bir shaxdam qadam tashlamay, jarayonni uzaytirmoqda. Mavzu haqida qabul qilingan xalqaro qarorlar bo’lishiga qaramay jarayonning chalg’itish taktikalari orqali uzaytirilishi albatta yaxshi emas. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Tog’li Qorabog’ muammosining Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini himoya qilgan ravishda, tinch va totuv yo’llar orqali hal qilinishi uchun Turkiya Ozarbayjonni avval bo’lganidek bundan buyon ham qo’llab-quvvatlashni davom ettiradi.   

Ikkala mamlakatning ham strategik hamkorlikda mudofaa masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek energiya tarmog’i ham… Bundan buyon global loyihaga aylangan TANAP (Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi loyihasi) o’z faoliyatlarini yana-da tezlashtirmoqda. Uning tamomlanishi bilan birga Ozarbayjon va Turkiyaning mintaqadagi o’rni va mintaqadagi startegik ahamiyati avvalgiga qaraganda yana-da ortadi.

Bundan roppa-rosa 96 yil muqaddam 1921-yilning 14-oktabri kuni Ozarbayjonning Anqara vakili Ibrohim Abilov o’sha vaqtning Turkiya Respublikasi Prezidenti marhum Mustafa Kemal Ataturkga ishonch maktubi taqdim etar ekan Ataturk: “Ozarbayjonning xursandchiligi bizning xursandchiligimiz, taqdiri esa taqdirimizdir” degan edi. Ataturkning huddi ana shu so’zlari yillar o’tib Ozarbayjonning sobiq prezidenti marhum Haydar Aliyev tomonidan: “Biz bir millat, ikkita davlatmiz” degan so’zlar bilan javoplandi. Bugungi kunda Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi hamkorliklarning strategik ahamiyati TANAP, Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li va shunga o’xshash loyihalar bilan yana-da ortib bormoqda. Bu yo’lda g’ayrat, qarorlilik va siyosiy iroda har ikki mamlakatda ham mavjud.  Jarayon o’zgarmay, har doimgidek davom etgudek bo’lsa unda har ikki mamlakat ham maqsadlariga birgalikda muvaffaqiyatli ravishda erishishga yaqindir.    

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar