Jahon iqtisodiyoti 23-qism

Turkiyada Prezidentlik Sistemasi doirasida iqtisodiyot organlarida islohotlar kiritish nazarda tutilmoqda.

747406
Jahon iqtisodiyoti  23-qism

Turkiya, 16 Aprel kuni o’tkazilgan referendumda Prezidentlik Sistemasiga o’tishni qabul qilgani uchun yangi davrga o’tish jarayonidamiz. O’zgarish kiritishni nazarda tutgan yangi sistema Turkiyaning qayta tiklanishiga boshchilik qilib, ko’p sohada bo’lgani kabi iqtisodiyotni ham qayta tiklashni o’zi bilan olib kelgan. Iqtisodiyotda yangi muvaffaqiyatlar qo’lga kiritish uchun yangi bir yo’l xaritasiga e’htiyoj bor va bu yo’l xaritasini hayotga tatbiq etish uchun avvalambor davlat muassasalarida o’zgarish kiritish mabjuriyati tug’ilgandir.

Qayta tiklanish doirasida iqtisodiy muassasalarda faol hamkorlik olib boriladi. Bu jarayonda ustida to’xtaladigan asosiy mavzulardan biri  vazirliklar va iqtisodiy muassasalar  o’rtasida kuchli aloqalar o’rnatishdir. Shunday qilib islohotlardan keyin vazirliklar orasida  intergatsiya doirasida iqtisodiyot muassasalarining ham o’zaro moslik ichida bo’lishi kutilmoqda.

Iqtisodiy muassasalarda o’zgarish kiritish bilan birga ushbu tashkilotlarning faoliyati yangidan rejalashtiriladi. Misol, Turkiyani uzoq muddat bezovda qilgan mavzulardan biri ko’p boshli va rasmiy yo’llar oldida turgan to’siqlar bo’lgandir. Yaxshi rejalashtirilgan yechim yo’li faol va samarali bir faoliyat sistemasi tuzish iloji bor. Shuningdek bu jarayonda muassasalar orasida rasmiyatni kamaytirganda ish bajarish muddatining qisqarishi va yana unumli bir faoliyat sisermasining chiqish e’htimoli bor.

Davlat organlarida tartib o’rnatilgan bir mamlakatda iqtisodiy maqsadlarga borib yetish osonlashadi. 2023 va 2053 kabi maqsadlari bo’lgan Turkiyaning bunga e’htiyoji bor. Rivojlanayotgan davlatlar orasida Turkiya, iqtisodiy kuchini faollashtirish uchun mavjud konyukturada yana ham jadal va faol bo’lishi kerak. Turkiyaning rivojlangan iqtisodiyotlar safiga o’tishi va fard boshiga tushgan daromatning ortishi uchun iqtisodiyot tashkilotlariga islohot kiritish muhim.

Asosan kam daromad davlatlar orasidan chiqib ko’p daromad davlatlar safiga qo’shilish jihatidan alohida ahamiyat kasp etmoqda. Boshqa tomonda, iqtisodiy kuchning Turkiya kabi rivojlanayotgan davlatlarga tomon siljigan bir davrda, Turkiyadagi o’zgarishlar va islohotlar soyasida maydonga chiqgan fursatlardan foydalanishiga ham hissa qo’shadi.

Turkiyaning yuqotagan vaqti bo’lmagani bois kiritiladigan o’zgarishlarning 2019 yili o’z samarasini berishi kutilmoqda. Bu o’lkada yana ham faol iqtisodiy tashkilotlar vujudga keltiradi. Tuzilishida o’zgarish kiritilgan organlar, iqtisodiyotga ijobiy aks etib investitsiya kiritish uchun ishonchli muhit yaratib ayni paytda sarmoya miqdorini ham orttiradi. Turkiyaning rivojlanish raqamlari, kurraviy raqobatbardoshlikka erishishi va xorijliklar nazarida  jozibali bo’lishi uchun davlat organlarida islohot kiritish majburiyati tug’dirgandir.

Qisqacha, Prezidentlik Hukumat Sistemasi Turkiya iqtisodiyotining oldida turgan to’siqlarni bartaraf qilgan, muammolar belgilangan va yechimi bo’lgan yangi bir siyosiy tuzumni birga keltirgandir. Turkiyada jadal va faol bir qaror berish mexanizmining kuchga kirishiga ta’sirli bo’ladigan bu yangi sistema, iqtisodiy maqsadlarga erishishni qulaylahtirmoqda. Kelajakda o’lka iqtisodiyotining asosiy eh’tiyojlaridan bo’lgan islohotlar uchun aniq qadam tashlangan taqdirda Turkiya iqtisodiyotining ijobiy davrga o’tishi bilinmoqda.

      


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar