Janon iqtisodiyoti 18-qism

Turkiya yangi sistemaga o'tishga tayyorlanar ekan, iqtisodiy muvozanatni ham o'rnatishga harakat qilmoqda.

725086
Janon iqtisodiyoti 18-qism

Hukumat sistemasini almashtrishni nazarga tutgan referendum natijalangandan keyin, Turkiyaning siyosiy va iqtisodiy barqarorlining davomliligi jihatidan bir burilish nuqtasi bo'lgan. Yangi sistema, davlatda bo’lgani kabi iqtisodiyotda ham qator o’zgarishlar kiritadi. Iqtisodiyot oldida turgan to’siqlarni bartaraf qilish va rivojlantish yangi davrda ham  mo’ljallanmoqda. Yangi sistemaning o’lka jihatidan ijobiy tomoni birma bir muhokama qilinar ekan iqtisodiyot sohasida izlanadigan yo’l xaritasi esa alohida ahamiyatga ega. Tashkilotlar uchun islohot siyosati iqtisodiyot raqamlarini ko’tarib buni davomli holga keltirish va buni ta’minlash uchun ish imkoniyatlarini tiklash kerak.

2016 yili 12,7 % deb bildirilgan ishsizlik nispatini kamaytirish uchun is imkoniyati yaratishga to’xtalish va rejalashtirilgan 2 million ish imkoni yaratish borasida siyosat olib borish kerak. Asosan 2016 yili 24 % bo'lgan yosh ishsizlik nispatini kamaytirish va ayollar uchun ish imkoni yaratish faoliyatlari tezlashtirilgandir. Referendum natijalari, xalqning yangi sistema bilan barqarorlik keltirishiga bo’lgan ishonchini ko’rsatmoqda. Referendumdan chiqgan ijobiy qaror, real sektorga ishonch bergandir. Shunday qilib o’lkaga kelishi kutilgan xorij investititsiyaning ortishi bilan mahalliy va xorijlik sarmoyadorlarning bu sistemaga tezkor moslashishi kutilmoqda.

Yangi sistama bilan Turkiya, iqtisodiy rivojlanishga muvaffaq bo’lish uchun to’rtinchi sanoat davrini birinchi navbatga qo’yishi muhim. Hozirgi kunda barcha mahalliy ishlab chiqaruvchilar dunyo sanoatida raqamli texnologiya asosiga tayangan Sanoat 4.0 moslashishi zarur. Xorijlik sarmoyadorlar eng faol bo’lgan sektorlardan biri fians sektori esa siyosatdagi muvozanatning ijobiy natijalari bo’lishi kutilmoqda. Bu jarayon, bozorlarda dollar/turk lirasini muvozanatlashtirish bilan davom etishi mo’ljallanmoqda.

Asosan energiya sohasida faoliyat olib borgan xorij sarmoyadorlarning o’lkadagi faoliyatini o’nga chiqarishni yaqindan kuzatib borish kerak. So’ngi 10 yil ichida 44 milliard dollarlik energiya eksporti amalga oshirilgan. Mahalliy energiya manbalariga bo’lgan e’htiyoj kun o’tgan sari ortib borgan bu davrda bunday xushxabar ma’nodor. Tabiiy energiya manbalarini rivojlanish, energiya ishlab chiqargan stansiyalarning yukni yengillashtirish va energiya turlarini ko’paytirish uchun yadro stansiyalari barpo etish joriy kamomadni kamayirishi mumkin. Shuningdek energiya sohasida xorij sarmoyalarni jalb qilish kerak. Yangi sistemaga o’tish jarayonida uzoq muddatli va muvozanatli siyosat izlash, islohotlar jihatidan o’ta muhim. Iqtisodiy rivojlanishni dastaklagan bu o’zgarishlar kuchli makro iqtisodiy ko’rsatgichlarga ham ta’sirli bo’ladi. Turk iqtisodiyotinig sanoat, finans, ish sohalarida va energiya sektoriga kiritadigan o’zgarishlar, kelajakda Kuchli iqtisodiy negiz ustida qurilgan bir Turkiyani tashkil etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar