Jahon iqtisodiyoti 4-qism

Kredit darajalantiruv tashkilotlari bozorlarni chalg'itmoqda.

658763
Jahon iqtisodiyoti 4-qism

Bir asrlik o’tmisihga ega kredit darajalantiruv tashkilotlari, kurraviy ko’lamda iqtisodiy fond egalarining sarmoya kiritishida muhim ro’y o’ynamoqda. Tashkilotlar, qarz beradigan fond egalari va qarz olgan taraflar orasida yo’l ko’rsatuvchilik vazifasini ado etmoqda. Shuning uchun o’lkalarga kiritiladigan xorijiy sarmoya aylanishida kredit darajalantiruv tashkilotlarining ta’siri katta.

Ko’p sonda kredit darajalantiruv tashkilotlari bo’lishiga qaramasdan, bu tashkilotlardan Moody’s, Standart&Poor’s va Fitch, kredit bali berish va darajalantirish mavzusida oligopol bozor bilan bir qatorda, ayni paytda 1997 yilgi Osiyo inqirozi, 2008 yilgi kurraviy iqtisodiy inqiroz va 2011 yilgi Yevropa inqirozi natijasida bozorlarni noto’g’ri yo’nlantirish bilan ayblangan edi. Noto’g’ri bir uslub izlashiga qaramay, yirik fondlarning sarmoya kiritish uchun kredit darajalantiruv tashkilotlarining baliga ko’ra harakat qilish majburiyati, bu tashkilotlarni javobgarlikka tortishdan qutqarmoqda.

Kredit darajalantiruv tashkilotining mos kelmagan bayonotlari, analistik ma’lumotlarning oldiga o’tgan, bu tashkilotlarning bir biriga zid uslubi, o’lkalarning xususiyatiga qaramasdan hammasini bir xil baholashi, bir nazorat tizimining bo’lmasligi va bu tashkilotlarning uzoq yillar bo’yicha ayni yo’l izlash kabi sabablar tufayli ma’lumotlari so’roqqa tutilmoqda va kelajak bilan aloqali ogohlantiruv vazifasini to’liq ado etmaganini endi saqlab bo’lmaydi. Bozorlarni kuzatishda kech qolgani va shu bois iqtisodiy taranglik yashagan davlatlarning kredit balini pasaytirishi, bu tashkilotlarning taranglikni avjlantirganini tushuntirmoqda. Bozorlardagi o’zgarishlarni kuzatish mavzusida kech qolishining bir namunasi Turkiyadir.

1990 yillarda ushbu tashkilotlar Turkiyaning ballarini belgilagandir. Bu tashkilotlar, 1994 yili 2012 yiligacha Turkiyaga yaxshi bal bermagan bo’lib hattoki so’ngi 15 yildagi Turkiya iqtisodiyotini ko’rmasdan kelgandir. Turkiyaning iqtisodiy ko’rsatgichlari ko’p davlatdan yana ham yaxshi bo’lishiga qaramasdan kredit bali uzoq muddat haqsiz ravishda past tutilgan. Bu shakilda, Turkiyaga sarmoya kiritmoqchi bo'lgan fondlariga to’sqinlik qilgani uchun buning natijasi og’i  bo’lgan.

Shuningdek, tashkilotlarning Turkiya haqqida to'g'ri ma'lumot bermasligi, ham Turkiyaning yuqori foizda qarz olishiga ham yuqori darajada foizlar to’lashiga sabab bo’lgandir. Vaziyatni baholsh qobiliyati qaltis va ballarni tushirish uchun davomli bir fursat izlagan tashkilotlar, iqtisodiy ko’rsatgichlarning jobiy yo’nalishiga ko’z yumgan. 1994 yili 2013 yiligacha Turkiyaga sarmoya kiritiladigan darajada bal bergan Moodsning, 2013 yili Turkiyaga bergan ijobiy bali va ortidan buni almashtirishi ko’p narsani tushuntirmoqda.

Volaversa 15-Iyul davlatni to’narish tashabbusidan keyin kredit darajalantiruv tashkilotlari, Turkiyadan sarmoyaning chiqishi uchun go’yoki bir biri bilan raqobatga o’tgan. Bu tashkilotlar qat’iy va adolatsiz uslubi bilan xalqaro bozorlarda Turkiyadagi ichki bozorlarni ko’rsatib, salbiy tushunchalar yaratishga davom etmoqda. Kredit darajalantirish tashkilotlari ballarni pasaytirish tahditlari bilan, xorijiy sarmoyaning chiqishiga chorlab Turk Lirasiga bosim tatbiq etmoqda. Bu tashkilotlarning qarorlari  betaraf bo’lmayib, bozorlarga salbiy aks etish va o’lkalaridagi sarmoyalarga to’sqinlik qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun, Fitch, Mood’s va S&P tashkilotlariga qarshi boshqa tashkilotlar vujudga keltirilishi kerak. Tashkilotlarning ballarini baholash mavzusida ta’sirli tashkilot bo’lishi shart.

 

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar