Ibrahim Kalin, demokratiya va shahidlar mitingini baholadi

Prezident Bosh kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin, Daily Sabah gazetasi uchun “Turkiya to’ntarishga tashabbus qilinar ekan turk xalqi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqardi. Gulen esa katta ziyonga uchradi” degan maqola qalamga oldi.

548528
Ibrahim Kalin, demokratiya va shahidlar mitingini baholadi

Prezident Bosh kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin, Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusining kutilmaganda, turk xalqini bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarishga yetaklaganligini aytdi.

Kalin, Daily Sabah gazetasi uchun “Turkiya to’ntarishga tashabbus qilinar ekan turk xalqi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqardi. Gulen esa katta ziyonga uchradi” degan maqola qalamga oldi.  

Ba’zi ko’z qarashlarning aksiga to’ntarish tashabbusining siyosiy yoki iqtisodiy inqirozga yo’l ochmaganligini eslatgan Kalin, “Aksincha, yangi milliy birlik va siyosiy kelishuv tushunchasi yaratdi. Istanbuldagi Yenikapi maydoniga, Turkiyaning to’rt burchagidan kelgan millionlab aholining ishtirokida bo’lib o’tgan ijtimoiy va siyosiy kelishuvning ko’rsatkichi edi” dedi.

Kalin, o’z maqolasini quyidagicha davom etdi:

“7-avgust kuni bo’lib o’tgan mitingda biz guvoh bo’lgan yangi kelishuv, davlat tashkilotlariga kirib borishga harakat qilganlarga qarshi javobgarchilik printsiplari ustidan tashkil topdi. Siyosiy ko’z qarashi nima bo’lishidan qat’iy nazar barcha turkiyaliklar, demokratiyaning eng asosiy printsipini amalga oshirish borasida bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqrdi. Fetullah Gulen va uning shogirtlari, uzoq yillardan beri o’z xodimlarini davlatning muhim lavozimlariga joylashtirish maqsadida davlat sinovlarini og’irlab, shogirtlariga yetkazib berdi. Politsiya va Oliy suddagi muxoliflardan qutilish maqsadida qo’lda yasalgan dalil orqali o’z raqiblarini yomon ko’rsatib, matbuot xizmatiga hujjat yetkazib, raqiblarini qoralash uchun kompaniya uyushtirgan”.

“Hammaning, Fetullahchi terror tashkilotining Turkiyadagi ayniqsa, 2008 va 2013 yillardagi eng porloq davridagi vaziyatni nazarda tutib nafratlanganligiga e’tibor qaratgan Kalin, “Xalq, ma’lum bir guruh yoki ahmoq bir imomning foydasiga emas aksincha xalqga va mamlakatga xizmat ko’rsatgan rahbariyat talab qilmoqda. Xalq, oxirgi 6-7 yil mobaynida, bir necha gunohsiz insonni o’ldirgan FETO terror tashkilotining yo’q qilinishini talab qilmoqda. Xalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan hukumat ham bu talablarga javob berishda qarorli”.

Bu yangi jarayonda haqiqiy yo’qotishlarga duch kelgan tomonning Gulen va uning Turkiyadagi FETO a’zolari ekanligini qayd etgan Kalin, “To’ntarish tashabbusi orqali Gulen qo’lidagi bor-yog’ini yo’qotdi. Shogirtlarini, maktablarini, firmalarini, pulini va eng muhimi yordam, hurmat va ishonchini yo’qotdi. Gulen va uning shogirtlari, harbiy to’ntarish orqali Prezident Rajap Tayyip Erdog’anni shaytondek ko’rsatish yo’li orqali mamlakat rahbariyatini qo’lga olmoqchi bo’ldi. Lekin, Gulenning eng katta hatosi Turkiya uchun imkonga aylandi. Mamlakat, Gulenga va uning sherigiga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqardi”.

Kalin, 7-avgustdagi mitingning ishtirokchi soni va rangbarang ramzlari jihatdian katta ahamiyat kasb etganligini aytib o’tdi. Mitingning shuningdek Prezident Erdog’anni, Bosh vazir Binali Yildirimni va muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi lideri Kemal Kilichdaro’g’li bilan Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcehli va boshqa partiya a’zolarini ham jamul-jam qilganligiga e’tibora qaratar ekan, “Barcha liderlar, FETO tomonidan tashabbus qilingan to’ntarishga, nima bo’lishidan qat’iy nazar birgalikda qarshi chiqdi” dedi.

Kalin shuningdek:

Turkiyaga bergan ziyonlariga nazar tashlagudek bo’lsak Gulen bundan buyon, Turkiya chetidagi barcha guruhiga vazifa berish uchun qo’lidagi barcha manbaalari va kuchidan foydalanadi. Undan tashqari pul sarflash, tuhmat kompaniyasi uyushtirish va Erdog’an bilan muammosi borlar bilan hamkorlik qilib, har doimgi uslubi bilan takror qo’l solmoqchi bo’ladi. 15-iyuldan beri G’arb mediasida davom etib kelayotgan propagandalarni mana shunday baholashimiz mumkin. O’zini diniy radikalizmga qarshi deya ko’rsatishning na Turkiyaga, na musulmon aholisiga endi foydasi bor. Gulenning bu tashabbusi G’arb e’tiborini o’ziga qaratish uchun bir strategiyadir. Faqat bunday yolg’on-yashirin iddiolar, musulmonlarning ishonchini oqlashga yetmaydi. Bular Gulenni, faqatgina, butun dunyodagi kuch egalari qoshida o’yinchoqga aylantiradi xolos”.

 

 

 



Aloqador xabarlar