Turkiyaning yangi g'oyasi 10-qism

Yildirim Beyazit Universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti Sotsiologiya bolimi xodimi Prof.Dr Mazhar Bag'lining mulohazalari...

445845
Turkiyaning yangi g'oyasi 10-qism


Dunyoda terror balosi tobora keng tarqalib bormoqda. Bu muammoni siyosiy yo'llar bilan hal qilib bo'lmaydiganga o'xshaydi. Terrorizmni tubdan yo'q qilish uchun davlat va Turkiya xalqi tomonidan PKK terror tashkiloti bilan aloqador bo'lgan siyosiylarga ko'rsatilgan sabr tugadi.

Xavfsizlik chora-tadbirlari o'z natijasini bermagach, hukumat demokratik yo'llarga murojaat qildi. Bu yo'l ham poyoniga yetdi. Siyosiy yo'llar bilan masalani hal qilish irodasi aslida katta manfaat olib kelardi. Balki, terror tashkiloti bundan manfaatdor bo'lishimizni xohlamadi.

Bugun masalani chigallashtirgan ikki mavzudan biri PKK bilan kurd masalasi o'rtasidagi aloqaning butunlay uydirma ekani fosh qilindi.

Barchada mavzu bilan bog'liq asosiy tahmin quyidagicha edi: davlatning rasmiy ideolojiyasi sababli etnik muammolar yuzaga kelmoqda.

Ushbu muammolar bartaraf etilgandagina mamlakatda terrorizm tubdan bartaraf etiladi. Lekin, bu muammolar bartaraf etilishiga qaramasdan, terrorizm balosi yo'q bo'lmadi.

Chunki, PKK terror tashkiloti aslida kurd masalasini hal qilish uchun emas, balki yechimini oldini olish uchun tashkil qilindi.

Bugungi kunda Turkiyaning demokratiyalashish jarayoniga zarba bergan omil aslida, terror tashkilotining siyosiy yo'lboshchisi bo'lgan kurd partiyasidir. Avvallari ushbu muammo demokratiya bo'lmagani uchun yechimsizlikka mahkum edi, lekin terrorizm shaxsan demokratik mehanizm jarayonidan to'yinmoqda. Qolaversa, demokratiyaga nisbatan suiqasdlarni “demokratiya va tinchlik” niqobi ostida sodir qilmoqda.

Turkiyada siyosiy muammoni hal qilish qobiliyati Ak partiya hukumati yordamida kashf qilindi. Insonlar muammolarni siyosiy yo'llar bilan hal qilishga yondashishni o'rgandi. Buning eng to'g'ri yo'l ekanini tushunib yetdilar.

Bunga yaqqol misol qatorida shuni aytish joizki, din, vijdon va bosh ro'mol erkinligi yo'lida tashlangan qadamlar katta ahamiyatga ega. Turkiya bosh ro'l erkinligi masalasida qo'lga kiritgan yutuqni kurd masalasida ham qo'lga kiritishni va bu masalani ham tinchliksevar siyosiy yo'llar bilan hal qilishni maqsad qildi.

Insonlar kurd masalasi hal bo'lsin deya Xalq demokratik partiyasiga ovoz berar ekan, ular esa, xalqni aldab qora niyatiga amal qildilar. Ularning niyati xalqni siyosiy bo'xronga va yechimsizlikka yetaklash edi.

Buning sababi sifatida shuni aytish joizki, PKK terror tashkiloti bir qator qora niyatlarini amalga oshirish peshidan ketmoqda. Asosan mintaqa xalqidan sir saqlagan mahfiy maqsadining borligi oshikor.

Darvoqe, PKK nimani xohlaydi? savoliga kurdlar jihatidan biron javob berishimiz mumkinmi?

Buni bilmasligimizning sababi PKK terror tashkiloti kurd masalasini bahona qilishi, ayni paytda kurdlarga va kurdlarning ona vatani Turkiyaga qarshi kurd masalasini qurol sifatida qo'llanishidir.

Kim uchun yoki kimlar orqali qo'llanilganini aytish uchun yetarlicha ma'lumotimiz yo'q. Lekin bir haqiqat borki, PKK terror tashkiloti tarqalmasligi uchun kurd muammosini abadiylashtirishni nazarda tutgan strategiya yuritmoqda.

Turkiya bundan oldin terrorizmga qarshi faqatgina xavfsizlik kuchlari vositasida kurash olib borayotgan edi. Ak partiya hukumati bilan demokratiyalashish jarayoni vositasida ham kurash olib bordi. Turkiya yangi g'oyasi bilan terrorizmga qarshi nafaqat kuch ishlatish yo'li bilan balki, aql-idrok, fikr va siyosat yo'li bilan ham kurash olib borishga majburdir.

Yildirim Beyazit Universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti Sotsiologiya bolimi xodimi Prof.Dr Mazhar Bag'lining mulohazalarini e'tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar