Islomni menga anglat 4-qism

Ollohga ishonchning ma'nosi, hikmatlari, shaxs va jamiyat hayoti jihatidan ahamiyat

424828
Islomni menga anglat 4-qism

Ollohga ishonchning ma'nosi, hikmatlari, shaxs va jamiyat hayoti jihatidan ahamiyat

Sizlar bilan takror barobar bo'lish fursatini bergan Olloh Taologa ham va sanolar bo'lsin, sizlarga ham hurmatlarimizni taqdim etamiz.

Bugungi dasturimizda Ollohga imon mavzusi ustida to'xtalib o'tamiz.

Ollohga imon keltirish, ollohning borligini, birligini, tengi, o'xshashi bo'lmaganiga chin yurakdan tasdiq qilish, buni til bilan iqror qilish va bu jihatda yashash “ shaklida ta'rif qilinadi. Xulosa qilib aytganda, yurak bilan tasdiq qilish, til bilan iqror va amal bilan esa tashkil topadi. Ushbu jihatlardan biri kam bo'lsa imoni komil bo'lmas. Payg'ambarimiz, Ollohga imonning iqrori bo'lgan, “ La İaha İlallah” jumlasini takrorlash eng fazilatli amal ekanini aytgandir.

Ollohga imon keltirish, insonni yaratgan va sanoqsiz baraka bergan Ollohning inson ustidagi haqidir.

Ollohning qulidan talablari, qudrati qarshisida bo'ysunish va buyuriqlariga itoat qilish.

Ibodatlar va Ollohning rizosini olishi uchun qilingan amallar, İtoatning ko'rsatkichidir. Ollohni sevish, Olloh uchun sevish, Ollohning sevganlarini sevish, qilgan ishini Olloh uchun amalga oshirish,Ollohning qo'ygan chegaralarini oshib o'tmaslik, Ollohga qarshi hayo qilish kabi harakat ham itoatning aks ta'siridir. Ushbu vojiblarni bajo keltirgan kishi imon komil bo'ladi. Bunday kishilar imonning mazasini biladilar.

Ollohga imon keltirib uni juda ko'p sevishimiz kerak. Payg'ambarimiz, imom komil faqat Ollohni har narsadan ko'p sevish bilan mumkin bo'ladi deb aytganlar.

Ollohga imon keltirgan kishi harakatlari bilan ma'lum o'zini qiladi. Yolg'iz va jamiyat ichida ekan Ollohning har narsani ko'rgan va eshitgan shuuri bilan harakat qiladi.

Yaratilganlarga marhamat bilan muomila qiladi. Shu bois Olloga imon, axloqli va fazilatli bo'lishni, imon bilan bir hayot kechirishni biladi.

Ollohga imon, kishining hayotiga hissa qo'shgan, hayot tarzini belgilagan, fikr va qarorlariga jihat bergan, o'zi bilan, jamiyat va barcha mavjudot bilan aloqalarini tuzuk yuritgan bir yo'ldir. İmon, yomonliklarga qarshi bir kalid, yaxshiliklar qarshi ochilgan bir derazadir.

Hazrat Payg'ambarning hadislarga qaraganimizda Ollohga imon keltirgan kishi, qo'shni bilan yaxshi muomila qilish, mehmonlariga izzat ikram qilish, so'z so'ylaganda xayr so'ylash, Musulmonlarni sevish, o'zi uchun istagan narsalarni boshqalari uchun ham istagan va to'g'ri bo'lish kabi global va ijtimoiy qadriyatlarga ega bo'lish va ushbu vazifalarini bajo keltirmoq majburiyatida.

Muhtaram tinglovchilar!

Qur'onda Olloh o'zini shunday ta'rif qilmoqda:

Olloh Tola yaratilgan mavjudotlarga hech bir shaklda o'xshamas. Uning tengi va o'xshashi yo'qdir. U bir Ona va otadan tug'ilmagan va dunyoga keltirmagan. U bor bo'lish va borligini davom ettira olish uchun boshqalariga ham muhtoj emas.

Yaratilganlarga xos yeyish va ichish, uxlash, charchash va ko'payish kabi amallar uning uchun bahs mavzusi emas.

U Olloh ki, o'zidan boshqa hech bir tangri yo'qdir. Mulkning egasidir, salomat berganlardir.

Xavfsizlikka erishtirgandir, himoya qiluvchidir, ustundir, istaganini qildirgan,buyuklikda tengi bo'lmagan, barcha kamchiliklardan uzoqdir. Barcha komil sifatlarga egadir.

Har doim qoladigan faqat udir. U har narsani o'lchami bilan amalga oshirib jihat bergandir. U, bir narsaning bo'lishini istasa, faqatgina “ bo'l” deydi, u vujudga keladi. Uning xabari bo'lmasdan turib bir barg hatto tushib ketmas. U, yerning ichidagi birgina donani ham biladi.

Barcha dardlarning da'vosi, barcha kasalliklarning shifosi undadir.

Olloh, har vaqt o'ziga ishongan inson va ishongan qullari bilan birgadir, ularning yonidadir.

Qulini sevganda, uning eshitgan qulog'i, ko'rgan ko'zi, tutgan qo'li, yurgan oyog'i bo'lishini aytgandir. Ya'ni, uni himoya qilishini, qulining gunohga kirishiga to'siq bo'lishini aytmoqda.

Olloh tola shunday buyuradi: “ Shubhasiz “ Rabbimiz Ollohdir” deb, so'ngra to'g'ri yo'ldagilar bor ki, ularning ustida oqin-oqin malaklar tushib va daydilar ki: qo'rqmang, g'amgin bo'lmagan, sizga( dunyoda ekan, va'da qilingan jannat bilan sevining,.

Payg'ambarimiz ham, Ollohga ishonib hayotlarini davom ettirganlar va imonning ruhiga zarar beradigan amal va ifodalardan tortinganlar jannat bilan xush xabar berilgan.

Dasturimizni Payg'ambarimizning bir duosi bilan yakunlaymiz:

“Ollohim, bizga imonni sevdir, yuraklarimizni imon bilan bezat, Bizni kufr, itoatsizlik va isyonni sevdirma, yomon qilib ko'rsat, bizni to'g'ri yo'lda bo'lganlardan ayla !”

Rabbimiz bizlarni imoning mazasini bilgan shuurli Musulmonlarda qil!

Hayotimizning har lahzasini imon bilan yashashni va oxirgi nafasimizni imon bilan taslim etishni nasib et.

Takror uchrashguncha omon bo'linglar.


Tanlangan kalimalar: #Islom , #Din , #Payg'ambar , #Din asoslari , #kitoblar , #Malaklar

Aloqador xabarlar