Yevroosiyodan dolzarb mavzular 98-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida AQSh Davlat kotibi John Kerryning Markaziy Osiyo davlatlariga qaratilgan rasmiy ziyorati haqida haqida so’z qilamiz.

417845
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 98-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibi John Kerry 28-oktabrdan boshlab 3-noyabrgacha Markaziy Osiyo davlatlariga qaratilgan ilk ziyoratini amalga oshirdi. Bu ziyorat Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibining 5 ta Markaziy Osiyo davlatini o’z ichiga olgan ilk mintaqaviy ziyorat bo’lishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo liderlarining har biri tomonidan qabul qilingan Kerryning bu ziyorati, Amerikaning mintaqa davlatlari bilan bo’lgan munosabatlarini yangi saviyaga olib chiqish harakati olaroq baholanishi mumkin.

John Kerry avvalom bor Qirg’izistonga bordi. Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibi Bishkekda, Markaziy Osiyo-Amerika universitetining yangi binosi bilan Amerikaning Bishkek elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi. Kerry Qirg’izistondan keyin O’zbekistonga bordi. O’zbekistonning Samarqand shahrida Kerry barcha Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ushbu uchrashuv ortidan mintaqa davlatlari va Amerika o’rtasida C5+1 formatida yangi hamkorlik platformasi tashkil topdi. Bunga o’xshash platformaning 2004-yildan beri Yaponiya tomonidan foydalanilganligi barchamizga ma’lum.

Samarqandda uyushtirilgan C5+1 tartibidagi yig’ilishning ilk bo’limida O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibi John Kerry, Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idirisov, Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojig’iston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovlar ishtirok etdilar. Yig’ilishda Amerika bilan Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi munosabatlar qo’lga olindi. Tomonlar iqtisodiy o’sish, mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorliklarning orttirilishi va uchrashuvlarning davom etishi haqida fikr almashdilar. Amerika axborot vositalarida bu yig’ilishning asosiy maqsadining “Markaziy Osiyo davlatlarining terroga qarshi kurashida Amerikaning qarorliligini ko’rsatish” ekanligi uqtirildi.

John Kerry O’zbekistondan keyin Qozog’istonga bordi. Kerryning Astana ziyoratida 4-Amerika Qo’shma Shtatlari-Qozog’iston Strategik hamkorlik muloqati yig’ilishi o’tkazildi. Kerry undan tashqari Nazarbayev nomidagi universitetda o’tkazilgan konferensiyada bayonot berdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Qozog’istondan keyin Tojigistonga qarab yo’l oldi va Tojigistonning elektr energiyasi haqidagi muammosini kelasi 5 yil ichida hal qilajagini aytdi. Afg’oniston masalasi esa qo’lga olingan masalalarning eng asosini tashkil etdi.

Kerry Tojigistondan keyin Turkmanistonga bordi. Turkmanistonda ikki davlat hamkorligi va mintaqaviy xavfsizlik mavzulari qo’lga olindi. Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibining Markaziy Osiyo davlatlariga qaratilgan ziyorati 3-noyabr kuni o’z nihoyasiga yetdi.

Aziz dasturimiz muxlislari, barcha Markaziy Osiyo davlatlarini bir safarda ziyorat qilgan birinchi Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibi unvonini qozongan Kerryning bu ziyorati ko’p jihatdan katta ahamiyatga egadir. Avvalom bor Markaziy Osiyo davlatlarini bir safarda ziyorat qilish oxirgi kunlarda modaga aylandi. Avval ham Hindiston, Pokiston, Xitoy va Yaponiya liderlari ushbu mintaqani huddi mana shunday tartibda ziyorat qilgan edi. Buning sababi mintaqaning ortgan strategik ahamiyati tufayli bo’lsa kerak.

Kerryning Markaziy Osiyoga qaratilgan ziyoratini Rossiyaning Suriyaga qaratilgan havo hujumi ortidan amalga oshirilishini tasodif deb aytolmaymiz. Yirik davlatlar mintaqadagi o’rinlarini mustahkamlashtirish va bir-birining kamchiliklaridan foydalanishni o’zlariga maqsad qilib olganlar.

Amerika Qo’shma Shtati Davlat kotibi bu ziyorat chog’ida takror “Yangi Ipak yo’li” loyihasini tilga oldi. Bu loyihani yangi tuzilgan C5+1 platformasi bilan birga qo’lga olgudek bo’lsak unda Amerikaning oldimizdagi 10 yil davomida Markaziy Osiyo mintaqasiga yana da ko’proq ahamiyat bermoqchi ekanligini tushinib yetamiz.

Ziyorat doirasida iqtisodiy mavzular tez-tez kun tartibiga olib chiqilishiga qaramay hech qanday iqtisodiy shartnomaga qo’l qoyilgani yo’q. Kerryning ziyorati haqida Amerika Tashqi ishlar vazirligi “Washington, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun uzoq muddatgacha ko’mak ko’rsatmoqchi” deya ma’lumot tarqatdi.

Amerikaning keyingi yillarda Rossiya rahbarligida tashkil topgan ittifoqqa qo’shilmagan O’zbekiston va Turkmaniston bilan yana da mustahkam hamkorlik qurajagini aytishimiz mumkin. Bu nuqtada Turkiyaning ham Markaziy Osiyo davlatlarining barchasiga qaratilgan yangi qadamlar tashlashi kerak deb o’ylaymiz.

Hurmatli muxlislar, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. “Yevroosiyodan dolzarb mavzular” dasturini Turkiya ovozi radiosi uchun Abdrasul Isaqov bilan Guldona Mirzakulovalar tayyorladilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar