Turkiyada uy- joy sotib olgan chet elliklarga yurtdoshlik imkoni

Chet elliklarning Turkiyada mol- mulk sotib olishga qarata aloqalari borgan sari ortib bormoqda.

355968
Turkiyada uy- joy sotib olgan chet elliklarga yurtdoshlik imkoni

Iqtisodiyot Vaziri Nihat Zeybekchi, Turkiyadan uy- joy sotib olgan chet elliklarga to’g’ridan yurtdoshlik berilishiga qarata faoliyat boshlaganini aytishidan keyin nigohlar Turkiyaga qaratildi.
“- Ustida qizil rangli bayrog’imiz bo’lgan kadastrga ega barcha bizning yurtdoshimizdir. Bu mavzuda jiddiy faoliyatlarimiz bor. Hanuz shartlar aniqlanmadi, faqat ko’chmas mulk olganlarga yurtdoshlik beramiz degan” Zeybekchi, Yurtdoshlik haqi, ko’chmas mulk olganlar bilan bir qatorda, sarmoya kiritganlarga ham berilishi Vazirlar kengashiga taklif qilindi.
Zeybekchi, Yurtdoshlik haqiga qo’shimcha ravishda, uzoq muddatli viza kabi alternativalar ham bahs mavzusi deb bildirgan edi.
Yurtdoshlik haqini qozongan kishilar, ayniqsa o’lka vizasiz kirishlari ham mumkin, Turk yurtdoshlari bilan ayni haqlarga ega bo’ladi va xahlaganlar Turkiyada ish tarmog’larida ishla oladilar.
Uy- joy sotib olgan chet ellik harbiy xizmatdan ham chetda tutishi nazarda tutilmoqda.
Chet elliklarning Turkiyada mol- mulk sotib olishga qarata aloqalari borgan sari ortib bormoqda.
O’tgan yil chet elliklarga taxminan 18 ming uy sotilar ekan, bu yilning dastlab 8 oyida, o’tgan yilning ayni davriga ko’ra, 23 foiz ortib 14 minga bordi.
Turkiyada chet elliklarga uy sotishida birinchi o’rinni Iroq, Saudiya Arabiston va Quvayt yurtdoshlari egalamoqda. Chet elliklar uy- joy sotib olar ekan eng ko’p Istanbul, Antalya va Bursani tanlanmoqdalar.
Turkiya Statistika tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yilning Yanvar- avgust davrida chet elliklarga sotilgan 4 ming 284 uy- joyda birinchi navbatda Antalya, 3 ming 444 uy bilan Istanbul ikkinchi o’rinni egalamoqda. faqat muvozanat bu yil o’zgardi. 2015 yilining dastlabki sakkiz oyida Istanbul 4 ming 427ta uy sotish bilan ayni kunlarda chet elliklar sotilgan 4 ming 66 uy bilan Antalyani orqda qoldirdi.
Alohida o’tgan yil ro’yxatining oxirida o’rin olgan Bursa, bu yil o’tgan yilgi raqamga ko’ra deyarli ikki barobar ortib 965 uyni chet elliklarga sotish bilan uchinchi o’ringa yuksaldi. Anqarada esa 8 oyda 848 uyi sotishga yuksaldi.
Avgust oyida yillik nisbatga ko’ra uy sotishi eng ko’p ortish ko’rilgan viloyat esa 286 foiz bilan Trabzon bo’lar ekan, bu viloyatni 280 foiz bilan Sakarya va 130 foiz bilan Yalo’va ta’qib etdi.
Bu yilning 8 oyi o’tgan yilning ayni davri bilan muqoyasa qilinganda eng ko’p ortish kuzatilgan viloyat esa 290 foiz bilan Trabzondir. Bu viloyatni 146 foiz bilan Yalo’va va va 92 foiz bilan Sakarya ta’qib etdi.
Istanbul, Antalya, Bursa, Yalo’va, Sakarya, Trabzon, Aydin, Mug’la, Mersin va Ankarada sakkiz oyda chet elliklarga jami 14 ming 424 uy sotildi.
TUİK ma’lumotlariga ko’ra faqatgina Avgust oyida Iroq yurtdoshlari Turkiyadan 401 uy sotib oldi. Iroqni navbati bilan 271 uy bilan Saudiya Arabiston, 226 uy bilan Quvayt, 155 uy bilan Rossiya Federatsiyasi va 86 uy bilan Angliya ta’qib etdi.
Yanvar- Avgust davrida esa eng ko’p uyni Iroqliklar sotib oldi.
2 ming 432 uy sotib olgan Iroqliklarni, 1.691 uy bilan Saudiyaliklar, 1.426 uy bilan Quvaytliklar ta’qib etdi.
Yaqin sharq va muammoli o’lkalar uchun Turkiya ikkinchi vatan vaziyatida va shu bois bu mintaqalardagi chet elliklar ayniqsa Istanbulda yashash imkoniyatlarini izlamoqda.
“Istanbulda bir uyim bo’lsin orzusi bo’lgan chet elliklar, umuman 2+1 va 3+1 uylarni tanlamoqda.
Buning bilan birgalikda uy narxlari sentabr oyida oldingi oyga muqoyasa qilganda 1,30 foiz nisbatida ortdi. O’tgan yilning ayni davrga ko’ra, 8,35 foiz nisbatida ortish kuzatildi.
Antalya metr boshiga 2,97 foiz qimmat yuksalishi bilan 2015- yili Sentabrida uy- joy sotish narxlari eng ko’p yuksal viloyat. Afyonkarahisar esa 0,08 pasayish bilan metr boshiga uy sotish narxi eng ko’p qozongan shahardir.
Turk uy- joy va ko’chmas mulk bozorining yuksalishi davom etar ekan Arablar Turkiyada yana sarmoya kiritish hududlari topishga boshladilar.
Saudiya Arabiston, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari kabi ko‘rfaz o’lkalaridan juda ko’p sonda ishbilarmon, Bursada Ayniqsa salomatlik turimi va inshoot sektoriga sarmoya kiritdi.
Oxirgi 5 yildir Turkiyadagi sarmoyalarini ortirgan Arablar, Ko’jailining Kartepe tumanida uy-joy sotish narxlari ko’tarildi.
Arab sarmoya kirituvchilar, oxirgi ikki yil mobaynida, ayniqsa Mashukiye mintaqasida juda ko’p sonda ko’chamas mulk sotib oldi.
Mintaqadagi turistik ta’sislarida va Mashukiye bozorida juda ko’p sayyoh bilan muqoyasa qilish mumkin. Bu mintaqani juda ko’p sevgan boy Arablar, ko’chmas mulklarga rag’bati tez bir shaklda yuksaldi.
Mashukiye hududida villa narxlari 200 ming 5.5 million dollar orasida ortar ekan, yerlarning do’num narxi 200 ming lira 350 ming lira orasida o’zgaradi.
Arablar Kartepe hududini, Samanli hududini birinchi o’rinda iqlim sababi bilan tanlamoqdalar . Alohida Arab boylari bu hududni Qur’on karimda tarif etilgan jannat mintaqaga juda ko’p o’xshaganiga va bu mintaqani bir jihatdan dunyodagi jannat ekaniga ishonadilar.
Ayniqsa Arab geografiyasida havolar juda issiq bo’lgan davrda yilning 3-4 oyini bu mintaqada o’tkazish uchun ko’chmas sotib olgan Arablar, mintaqaning Istanbulga yaqinligi, mintaqada juda masjid bo’lishini ham tanlash sababi sifatida ko’rsatmoqdalar.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar