Tafakkur gulshani 88-qism

Bugungi dasturimizda, oxirgi vaqtlarda ko’pchilik tomonidan judayam shoshilinch turda iltimos qilingan bir savolga javob bermoqchimiz.

342237
Tafakkur gulshani 88-qism

“Men hayotdan bir narsa o’rgandim: Agar yashamoqchi bo’lsangiz, buyuk yashang... irmoqlarning, ko’klarning, butun olamning bag’ridagidek. Chunki umr degani, hayotga bahsh etilgan bir armog’ondir. Va hayot bash etilgan bir armog’ondir odam bolasi uchun...”

Hurmatli dasturimiz kuzatuvchilari!

Tafakkur gulshani dasturi orqali sizlar bilan yana bir bor uchrashib turganimizdan g’oyat xursandmiz.

Bugun Tafakkur gulshani dasturini taniqli shoir va yozuvchi Ataol Behramo’g’lining jumlalari ila boshladik.

Endi esa bizning turmushimizga yana-da ma’noli va chiroyli hissa qo’shadigan xalqaro ta’lim sarguzashtimizni davom ettiramiz.

Tafakkur gulshani dasturining oxirgi bir necha bo’limi orqali sizlarni Istanbulga olib borib, u yerdagi mashhur Bo’g’ozichi universiteti bilan tanishtirgan edik. Facebookdagi TRT Horizon sahifamizga yuborgan maktublaringiz orasida haligacha, Istanbul haqida bir necha savol mavjud. Sizlarni hafa qilmasdan, takror takror savollaringizga javob berajagimizga so’z beramiz. Istanbul mavzusiga Istanbul universiteti bilan tanishtirish chog’ida to’xtalajagimizni eslatib, oxirgi vaqtlarda ko’pchilik tomonidan judayam shoshilinch turda iltimos qilingan bir savolga javob berishni boshlamoqchimiz.

Qani, nima ekan bu judayam shoshilinch bo’lgan mavzu? Nimayam bo’lar edi, albatta, Turkiya stipendiyalari!

“Dunyoning ta’lim ba’zasi Turkiyadir” shiori ostida Turkiya, dunyoning to’rt burchagidan ta’lim olish niyatida kelgan yosh abiturentlarga quchoq ochmoqda va kelajakning liderlarini yetishtirmoqda.

Turkiya, ta’lim bo’ycha, avvalgi davrlarga nisbatan bugungi kunda yana da mashhur bola boshlagani barchamizga ma’lum. “Turkiya stipendiyalari” orqali dunyoning to’rt burchagidan kelgan studentlarga ta’lim olish imkoni berilmoqda.

Turkiya stipendiyalariga 2011-yili dunyoning 50 davlatidan 8 ming abiturient murojaat qilar ekan, 2015-yili dunyoning 182 davlatidan 100 ming abiturient murojaat qildi. Turkiya stipendiyalari doirasida dunyoning 122 davlatida muloqat, dunyoning 20 davlatida esa bitiruvchilar uchrashuvi uyushtirdik.

Bitiruvchilar uchrashuvi uyushtirilgan davlatlar quyidagicha: Yaman, Sudan, Kamerun, Pokiston, Ozarbayjon, Makedoniya, Efiopiya, Kongo, Jibuti, Bolgariya, Livan, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Janubiy Koreya, Tayvan, Tanzaniya va Tojikiston.

Bu kabi faoliyatlar Turkiyaning xalqaro talaba faoliyatlarini yana-da oliy saviyaga olib chiqdi.

Turkiya stipendiyalari doirasida Turkiyada ta’lim olayotgan bakalavr talabasi uchun 600 turk lirasi, magistratura talabasi uchun 850 turk lirasi, doktorantura yo’nalishidagi talaba uchun 1200 turk lirasi, tadqiqotchi uchun 2500 turk lirasi… qo’shimcha sifatida uchoq chiptalari, yotoqxona, universitet vznosi, sog'liqni saqlash sug'urtasi, 1 yil turk tilida ta’lim berilmoqda.

Bugungacha dunyoning 159 davlatidan jami 60 ming talaba ushbu loyihaga qabul qilingan bo’lib, ulardan 10.760 nafari o’qishlarini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi. O’qishni yoki universitetni tamomlagan bitiruvchilar dunyoning 115 davlatida istiqomat qilmoqda.

Xalqaro talabalar universitetni turli yo’nalishda, 1016 sohada, 110 boshqa universitetda ta’lim olib, tamomlayapdilar.

Bu yilgi soni qariyb 15. 000 ni tashkil etgan Turkiya stipendiyalari oilasining yangi a’zosi deb qabul qilingan yoshlarimizni ham unutganimiz yo’q albatta!

Avvalom bor sizlarni chin yurakdan tabriklaymiz. Turkiyadagi ta’lim hayotingizni muammosiz va qulay shaklda boshlay olishingiz uchun amalga oshirishingiz kerak bo’lgan ba’zi vazifalaringiz haqida sizlarga qisqacha ma’lumot bermoqchimiz.

Yani Turkiyaga kelishdan avval, amalga oshirishingiz kerak bo’lgan vazifalaringiz:

Hujjatlarning yig’ilishi, turk tiliga tarjima qilinishi va tasdiqlanishi.

Universitetga qabul qilinganligingiz haqidagi maktubni olganingizda, kerakli hujjatlaringizni tayyorlang. Kerakli hujjatlar;

Universitetga qabul qilinganligingiz haqidagi maktubning printerdan chiqarilgan nusxasi

Pasportingizning asli yoki nusxasi

Siz, oxirgi marotaba qaysi ta’lim markazini bitirgan bo’lsangiz, huddi ana shu ta’lim markazi tomonidan berilgan diplomning asli va turk tili tarjimasi

Siz, oxirgi marotaba qaysi ta’lim markazini bitirgan bo’lsangiz, huddi ana shu ta’lim markazi tomonidan berilgan diplomning transkripsiyasining asli va turk tili tarjimasi

Oxirgi 3 oy ichida rasmiy, sog’likni saqlash tashkilotidan olingan yuqumli va xronik kasalligi yo’qligini ko’rsatuvchi sog’lik spavkasi va turk tili tarjimasi

Bakalavr yo’nalishida ta’lim olmoqchi bo’lgan talabalar uchun “attestati Turkiya attestati kuchiga teng” degan ma’nodagi hujjat

Bakalavr yoki magistratura ta’limini Turkiyada tamomlagan talabalar uchun oxirgi 3 yil ichida olingan Akademik personal va magistratura, doktorantura yo’nalishida ta’lim olish uchun kirish imtihoni yani qisqacha ALES natijasini ko’rsatuvchi hujjat

Qabul qilingan universitet talab qilgudek bo’lsa unda Graduate Record Examination yani GRE, Graduate Management Admission Test yani GMAT va shunga o’xshash imtihonlar natijasida qo’lga kiritilgan hujjat

Agar bo’lsa yetarli darajada turk tilini bilganligi haqida hujjat

Ingliz, nemis, fransuz yoki arab tilida ta’lim berguvchi kafedralar uchun, universitet tomonidan qabul qilingan va yetarli darajada ekanligi tasdiqlangan hujjat

Aziz yoshlar,

Turkiya stipendiyalari oilasining a’zosi deb qabul qilingan do’stlarimiz bilan baham ko’rishmoqchi bo’lgan ma’lumotlarimiz faqatgina bulardan iborat emasdir. Kelgusi hafta, qolgan joyimizdan davom ettiramiz.

Takror ko’rishkuncha xayr, omon bo’ling.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar