Usmoniy Davlatining 716 yilligi maxsus rukni...

Bugun Usmoniy Davlati tashkil topganiga 716 yil to’ldi.

383873
Usmoniy Davlatining 716 yilligi maxsus rukni...


Bugun Usmoniy Davlati tashkil topganiga 716 yil to’ldi. Osiyo, Yevropa va Afrikadan iborat bo’lgan 3 qit’ada 622 yil hukm surgan ulkan jahon davlatini xurmat bilan yodga olamiz.

Sharqiy Rim Imperatorligiga tegishli Anadolu zamini yuz yillardir davom etgan arab bosqinlari oqibatida harobaga aylangan edi. Arab bosqinlariga qarshi faol tadbirlar ola olmagan Sharqiy Rim kuchli hamla bilan 1064 yildan e’tiboran Ani, Ahlat kabi hududlarga kelib joylashgan turklarni Anadoludan quvib chiqarishga qaror beradi. Imperator Diyojen komondonligidagi qo’shinlar Malazgirtda son jihatdan ko’p bo’lishiga qaramasdan, Sulton Alparslan boshqaruvidagi turk kuchlariga mag’lub bo’ldi. Turklar 1071 yili Malazgirtdagi urushda g’alaba qozonishi bilan Anadoluni “Rim o’lkasi” nomi bilan o’z yurtiga aylantira boshladi.
O’rta Osiyodan ko’chib kelgan minglab turkman Anadoluning to’rt tomoniga maskan qurdi. Anadoluga kelib joylashgan Og’uz naslidan biri Kayilar bo’lgan. Koniyani poytaxt qilib olgan Anadolu Saljuqiylari Kayilarga sharqiy Rim chegarasida joylashgan Sog’ur va Domanichni maskan qilib beradi. General Ertug’rul Gazi boshchiligidagi 400 chodirlik aholiga ega bo’lgan Kayi qabilasi bu mintaqani egallagach, atrof mintaqalarni bosib ola boshladi. Ertug’rul Gazining kenja o’g’li Osman bey urushlarda ko’rsatgan katta g’alabasi natijasida otasining vafotidan so’ng, xokimiyatni qo’lga oladi. 1299 yilga kelib, so’ngi Saljuqiy sultonining Mo’g’ul hujumlari oqibatida Koniyadan qochishi bilan Usmoniy Xonligi Anadoludagi boshqa turk qavmlari kabi mustaqilligini e’lon qiladi.
Sharqiy Rim chegarasida tashkil topgani va boshqa turk xonliklarining aksiga bir-birlari bilan emas, rumlar bilan to’qnashishi xonlikning tezda tarqalishiga sabab bo’ladi. O’rta Osiyodan ko’chib kelayotgan turkmanlar keng tuproqlarga ega bo’lish uchun Usmoniy xonliklariga qo’shila boshladi. Aholi jihatidan kuchlangan xonlik Osman Gazining oxirgi paytlaridagi mintaqaning eng katta shahri bo’lgan Bursani qamal qiladi. Osman Gazi shahar qamali paytida halok bo’ladi. O’rniga qolgan o’g’li Orhan Gazi davrida ham xonlik kengaya boshlaydi. Keyinchalik Usmoniylar Yevropa tarixining ham bir parchasiga aylana boshladi. Edirnening bosib olinishi bilan poytaxt bu yerga ko’chiriladi. Usmoniylar Yevropada o’z hukmini bu shaklda dunyoga e’lon qiladi. 2-Mehmet davrida Istanbulning bosib olinishi dunyo tarixini o’zgartiradi.
O’rta asr tugashi bilan Istanbulning bosib olinishi ta’sirida g’arbda yuzaga kelgan ronesans va islohotlar jahon tarixida chuqqur iz qoldiradi. Fatih unvonini olgan Sulton Mehmet ayni paytda, Rim Imperatorlarining mushtarak unvoni bo’lgan “Sezar” deb atalar edi. Imperatorlikka aylangan Usmoniylar o’zini Rim Imperatorligining davomi sifatida ko’rar edi. Butun imperatorliklar kabi ko’p dinli va ko’p millatli Usmoniy Imperatorligi turk va musulmon bo’lmaganlarni ham davlat xizmatiga qo’yar edi. Armanlar, yunonlar, horvatlar va serb millatidan bo’lgan minglab davlat xizmatchisi yetishtirilgan. Masalan, Sokullu Mehmet pasha serb bo’lishiga qaramasdan, qudratli davlat arbobidan biriga aylandi. Qoradengizdan Kaspiy dengiziga bir tarmoq ochib, O’rta Osiyodan qo’shimcha turk kuchlarini olib kelib, Yevropani bosib olishni rejalashtirgan edi. Yavuz Sulton Selim davrida halifalikni qabul qilgan Usmoniy podishoxlari keng mintaqani boshqara boshladi.
Qonuniy Sulton Sulaymon davrida ımperatorlik yana ham kengaya boshladi. Usmoniy tarixi o’rganilmasdan, Yevropa, Osiyo va Afrika tarixi anglashilmaydi. Usmoniylar boshqargan har bir mintaqada adolat o’rnatishga harakat qilgan. Ular mustamlakachilikdan uzoq turishga harakat qilgan. Isyon ko’tarmaganlardan tashqari, kuch ishlatishdan uzoq turganlar. Kunimizda Yaqin sharqning eng katta muammosi bo’lgan Quddus va Falastin Usmoniy davrida hech qanday muammoga sabab bo’lmagan, aksincha tinchlikning markazi bo’lgan.

Har bir imperatorlik kabi Usmoniylar ham davrning o’zgarishi bilan umrini yakunlab, moziyga aylandi. Dunyoga adolatli boshqaruv jihatidan katta namuna bo’lgan va tarixning eng muhim qismini tashkil qilgan Usmoniy Imperatorligi tashkil topgan kunni xurmat bilan yodga olamiz.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar