Eron sanksiyalar girdobidan xalos bo’ldi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Venada tuzilgan shartnoma asosida 35 yildan beri Eronga tadbiq etilgan sanksiyaning bekor qilinishini ma’lum qildi.

345411
        Eron sanksiyalar girdobidan xalos bo’ldi


Eron sanksiyalar girdobidan xalos bo’ldi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Venada tuzilgan shartnoma asosida 35 yildan beri Eronga tadbiq etilgan sanksiyaning bekor qilinishini ma’lum qildi.
Eron Davlat televideniyesiga bayonot bergan Ruhoniy sanksiyalarni bekor qilish muzokaralardagi asosiy maqsadlaridan biri ekanini tilga oldi.
Ruhoniy, “Atom muzokaralarda tuzilgan shartnomaning kuchga kirishi bilan bank, sug’urta, naqliyotchilik, neft-ximiya, qimmatbaho toshlar sektori va boshqa barcha iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinadi. Hatto, qurol-aslaha va roketalar bilan bog’liq sanksiyalar ham 5 yillik cheklovning ortidan bekor qilinadi”-dedi.
İqtisodiyotining katta qismi neftga bog’liq bo’lgan Eronda uzoq yillar mobaynida sanoat investitsiyalarida sanksiyalar sababli yuqori natija olinmayotir. Turli sohalarda tadbiq etilgan sanksiyalar mamlakatga yuz minglab dollar zarar olib kelgani aytilmoqda.

-Eronga tadbiq etilgan sanksiyalar

Eronga tadbiq etilgan sanksiyalarning bekor qilinishi Eron bilan g’arb davlatlar o’rtasida 12 yildan beri yuritilgan atom muzokaralarning asosiy mavzularidan biri edi.
1979 yildagi Eron islom inqilobidan keyin 1980 yildan boshlab tadbiq etilgan sanksiyalar 35 yildan beri davom etmoqda.
Dastlab, inqilobidan oldin Muhammad Musaddik Bosh vazirligi paytida (1951-1953) Eronga sanksiyalar tadbiq etilgan edi. Neftni milliylashtirish siyosatini olg’a surgan Musaddik, inglizlarning Eron neftini nazorat qilishini to’xtatgan edi. Buning natijasida, Eron o’z neftini jahon bozoriga eksport qilish borasida Angliyaning sanksiyalariga duch kelgan edi. Musaddikning Amerikaning qo’llab quvvatlovi bilan harbiy bosqin bilan to’ntarilishi oqibatida sanksiyalar ham bekor qilindi.
Bir davlatga oziq-ovqat, bankchilik, salomatlik, texnologiya, transport, sanoat va harbiy sohalarda tadbiq etilgan sanksiyalar o’sha davlatni xalqaro qarorlarga bo’y sunishga majburlash jihatidan muhim uslub sifatida qabul qilinmoqda.

- İnqilobdan keyin dastlabki sanksiya “Asir tangligi” (1980-1983)

Eronga tadbiq etilgan sanksiyalarning inqilobdan keyingi jarayoni asir tangligi bilan boshlandi. 1980 yili Eronlik ba’zi universitet talabalari Texrondagi Amerika elchixonasini ishg’ol qilishi va 66 diplomatni garovga olishi bu davlatga uzoq muddat tadbiq etiladigan sanksiyalarga sabab bo’ldi.
Davrning Amerika Prezidenti Jimmy Carter, Shox Rizo Pahlaviy boshqaruvida imzolangan shartnoma asosida Eronga yurish qilish uchun tayyorlangan 300 million dollar qiymatidagi harbiy ehtiyotkor qismlarga to’la kemani to’xtatdi.
Keyinchalik sanksiyalar bo’yicha Eronda neft sohasida faoliyat ko’rsatgan Amerika shirkatlari mamlakatni tark etdi va bu sohada xizmat ko’rsatgan xorijlik mutahassislar bilan birga texnika va zamonaviy texnologiyalar ham Erondan chiqib ketdi. Bu vaziyat mamlakatning inqilobdan oldin kunda 4 million barril hajmidagi neft eksportining 1 million barrildan kamayishiga sabab bo’ldi.
Davrning Amerika Prezidenti Jimmy Carter Eronning Amerika banklaridagi 12 milliard dollarini muzlatdi. O’sha yili Amerikadan Eronga oziq-ovqat va tibbiy doridan tashqari eksport mahsulotlari to’xtatilar ekan, Erondan mahsulot importi ham ta’qiqlandi.
Garovga olingan Amerikalik diplomatlarning 444 kun so’ngra qo’yib yuborilishi ortidan Eronga tadbiq etilgan sanksiyalar bekor qilindi, lekin Amerika banklarida Eronning muzlatilgan 12 milliard dollarlik mulki qaytarib berilmadi.

- Eron-Iroq urushidan Hotamiy davrigacha (1983-1997)

Amerika Eron-Iroq urushining (1980-1988) 3- yilida qurol sanksiyasini tadbiq etdi. Eronga qurol sotilishini oldini olish uchun 20 davlat bilan muzokara o’tkazdi.
1984 yili Amerikadan Eronga ba’zi ximiyaviy mahsulotlarning eksport qilinishi ta’qiqlandi.
Eronga nisbatan kuchsiz munosabatda bo’lganlik bilan tanqid qilingan Carterdan keyin lavozimga tayinlangan Ronald Reagan davrida 1986 yili ro’y bergan Irangate voqeasining fosh etilishi bilan 1987 yili Eronga harbiy sohada ishlatilgan 150 xil ximiyaviy moddaning eksporti ta’qiqlandi.
(Irangate voqeasi – Amerika tomonidan Eronga tadbiq etilgan qurol sanksiyasiga qaramasdan, ba’zi Amerikalik diplomatlarning Eronga mahfiy qurol sotishi)

Amerika 1992 yili Eronning balistik roketa, atom bombasi, ximiyaviy va biologik qurollarni qo’lga kirita olmasligi uchun bir qator siyosiy tashabbuslarga qo’l urdi.
1995 yili Amerikada boshqa davlatlarning Eronga ximiyaviy yoki ustun texnologik qurol eksportiga chek qo’yish uchun tayyorlangan eskiz senatoda tasdiqlanib, qonuniylashdi.
Eron va Liviyaning energiya sektorida muhim investitsiyalarni amalga oshirgan xorijlik shirkatlarning jazolantirilishini o’z ichiga olgan mazkur qonun, Eron-Liviya investitsiyalar qonuni sifatida bilinadi.

 

 

 

 

Bunga ko’ra Eron bilan birgalikda Liviyaga qarshi bir qator Embargolar tatbiq etishga boshladi.
AQSh tomonidan uchinchi o’lka Eronga tatbiq etilgan embargolar bilan bosim qilindi. Ushbu qonunga , ba’zi Yevropa o’lkalari bilan Yaponiya norozichilik bildirdi. Yevropa o’lkalari AQShning chiqargan ushbu qonunni ko’rmasdan kelib Eron bilan tijoratiga davom etar ekan, ayni shaklda Yaponiya ham Eron bilan neft ishlab chiqarish va ish o’rinlarini rivojlantirish uchun bitimlar imzoladi.
Ayni yil davrning AQSh Prezidenti Bill klinton, Eron bilan neft va mahsulotlarni o’z ichiga olgan barcha tijorat, sarmoya aloqalarini uzib tashlashini e’lon qildi.
-Embargolar yumshatiladi ( 1997- 2004)
1997- yilida Muhammad Xotamining prezident etib saylanishining ortidan siyosiy va iqtisodiy sohadagi islohotlar bilan tegishli qilingan izohlar borasida esa Klinton o’lkadagi islohot sa’y- harakatini himoya qilish maqsadi bilan embargolarni yumshatish qarori oldi. Klinton 1999- yilida jami ravishdagi o’limlarga sabab bo’lgan qurol va terrorizmni himoya doirasiga kirmaydi deb Eronga oziq- ovqat va dori- darmon embargosini bekor qildi.
2000- yilida Eronda islohotchilarning majlis saylovlarida g’alaba qozonishi sababli neftdan tashqari mahsulotlar: gilam va quruq meva kabi ba’zi mahsulotlar ustidagi embargolarni bekor qilindi.
2001da esa George W. Bush muddati to’lgan Liviya va Eron sanksiyalarini nazarga tutib İLSA qonunini yana 5 yil muddati bilan uzatdi.
-Ahmadinajad davrida embargolar avjlandi ( 2004-2011)
2004da Eronda Mahmud Ahmdimajad prezident etib saylanishining ortidan o’lkada atom faoliyatlarining tezlashishi natijasida G’arbda Eronning atom qurol ishlab chiqarish sa’y- harakati sifatida baholandi. Shu bois 2004- yili oxiri va 2005 yilining boshlarida Eronga tatbiq etilgan embargolar orttirildi. Ayni davrda AQSh va Isroil boshqaruvlari Eronni harbiy hujum bilan tahdid etdi.
2005- yili o’rtalarida Eron, BMTga qarashli xalqaro Atom Energiyasining o’lkaning atom faoliyatlarini tekshirib ko’rish talabini qabul etishi bilan tinchlik sevor atom energiyasiga ega bo’lish faoliyatlari doirasida uranni boyitish faoliyatiga davom etdi.
Eronda “ Sariq to’rt” deb bilingan yangi uran o’ksit ishlab chiqarish va yangi raketalar sinab ko’rish faoliyati yana bir bor g‘aribliklar bilan Tehron boshqaruv o’rtasida urush mish- mishlarini avjlantirdi.
2006- yilida Eron bilan muzokaralar to’xtab qolishi sababi bilan bu o’lkaning atom faoliyatlarini o’z ichiga olgan papka ilk marotaba BMT xavfsizlik kengashiga olib borildi. BMT a’zosi o’lkalarning tasdiq etishi bilan bu o’lkaga tatbiq etilgan embargolar tan olindi. BMTda embargolarning muddati 4 marotaba uzatildi.
Yana ayni yilning yanvar oyida, Londonda uchrashgan BMT xavfsizlik kengashi 5 doimiy a’zosi va Germaniya(5+1) Eronni Atom qurol yasashga qarata sa’y-harakat qilish bilan aybladi. Ushbu majlislarda Eronning ikki siyosiy ittifoqdoshlaridan Rossiya qarorni tasdiq qilar ekan Xitoy tarafsiz qoldi.
2006- yili sentabr oyida, “Eron Sadirat Banki” terrorizm va Livandagi Hizbulloh tashkilotini himoya qilganligi tufayli embargo ro’yxatiga olindi.
2007- yili yanvar oyida “ Eron Sepah Banki ” ommaviy qirg’in qurollar sotib olish da’vosi bilan embargo tatbiq etilganlar ro’yxatiga olindi.
2007- yili iyun oyida 27 nafar Eronlik ishbilarmon va ba’zi tashkilotga ommaviy qirg’in qurol ishlab chiqarish bilan tegishli sa’y- harakati tufayli embargo tatbiq etish qarori oldi.
Ayni yilning oktabr oyida Eron İnqilob muhofizlariga qarashli “ Quddus Kuchlari” va “ Eron Milli Banki” terrorist faoliyatlar qilish aybi bilan embargo doirasiga olindi.
2008-yili sentabr oyida atom faoliyatlari va qurol ishlab chiqarish aybi bilan Eronning yuk va havo transportiga embargo tatbiq etildi.
2008- yili iyun oyida esa Eron Tovsia- Sadirat Bankasiga embargo tatbiq etildi.
2009- yili AQShda o’tkazilgan saylovda g’alaba qozongan Barack Obamaning hokimiyatga kelishi bilan ikki o’lka aloqalari yumshashi kutilar ekan davrning Eron prezident Ahmadinajad ta’qib etgan tashqi siyosatdagi qattiq uslubi tufayli ikkinchi jahon urushi paytida amalga oshirilgan da’vo Yahudi genotsidi Holokostga qarshi izohotlari sababi bilan Eembargo doirasi kengaydi va shiddat avjlandi.
U davrda, Eronning eng yaqin ittifoqdoshlaridan Rossiya hatto embargolarni himoya qilganini izoh etdi. AQSh Eronga tatbiq etgan embargolarning ta’siri Xitoy uslubini ham zaiflatdi fikridadir.
2010- yili sentabr oyida ba’zi Eronlik ishbilarmonlarning bank hisoblari muzlatildi va eksportlariga to’sqinlik qilindi.
2011- yili oxirida Eron markaz banki embargo doirasiga olindi.
2015- yilining dastlabki oylarida Eronlik ba’zi shirkatlarning chet faoliyatlari to’xtatildi.
Eron bilan BMTning besh doimi a’zosi AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyadan tashkil topgan 5+1 o’lkalari o’rtasida yuritilgan muzokaralar bugun kelishuv borildi deb e’lon qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar