Yevroosiyodan dolzarb mavzular 80-qism

Hurmatli Turkiya ovozi radiosi kuzatuvchilari, dasturimizning bugungi bo’limida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning Gruziyaga qaratilgan rasmiy ziyorati haqida so’z qilamiz.

379610
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 80-qism

Aziz kuzatuvchilar, Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov 2-3-iyul kunlari orasida Gruziyaga javob tariqasida rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Ma’lum bo’lganidek Gruziya Prezidenti Georgiy Margvelashvili o’tgan yilning dekabr oyida Turkmanistonni ziyorat qilgan edi. Amalga oshirilgan oliy darajali ziyoratlar natijasida Turkmaniston-Gruziya munosabatlari yangi saviyaga ko’tarilgan bo’ldi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Gruziya poytaxti Tbilisida Gruziya Prezidenti Georgiy Margvelashvili tomonidan Prezidentlik saroyi oldida kutib olindi. O’zaro va hay’atlararo uchrashuvlar amalga oshirildi. Ta’lim, madaniyat, iqtisodiyot, moliya va sport sohalaridagi shartnomalarga qo’l qoyildi. Turkmaniston va Gruziya Prezidenti mushtarak bayonot imzoladilar. Ikki davlat Prezidentlari Prezidentlik saroyidagi matbuotga yopiq uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani ham o’tkazdilar.

Matbuot anjumanida gapirgan Gruziya Prezidenti Georgiy Margvelashvili, “Turkmaniston bilan mushtarak energiya olib o’tish loyihalarimiz bu davlatning zahiralarini Yevropaga yetkazilishi uchun fursat bermoqda. Ushbu loyihalarga boshqa davlatlar ham qo’shilmoqda. Shunga o’xshash loyihalarimiz, Gruziya va Turkmaniston bilan birga Turkiya va Afg’onistonga ham muvaffaqiyat olib keladi” dedi. Berdimuhammedovni mehmon qilishdan xursand bo’lganligini aytgan Margvelashvili, ikki o’lka o’rtasidagi strategik hamkorlikning iqtisodiy sohaga ta’sir qilganligini va mintaqaga ham foyda olib kelganligini aytdi.

Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedov ham, ikki o’lka ortasidagi tijorat hajmini orttirish kerakligini ta’kidlagan holda, “Bu ikki o’lka energiya zahirasiga egadir. Eksportni orttirish salohiyatimiz bor. Iqtisodiy jihatdan ko’tarilish maqsadida Kaspiy dengizi va Qora dengizga qo’shni davlatlar bilan tranzit o’tish mavzusida hamkorlik qilmoqchimiz” deya gapirdi.

Undan keyin Prezident Berdimuhammedov, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashviliy bilan tushlikda uchrashdi. Ushbu uchrashuv matbuotga yopiq shaklda amalga oshirildi. Ortidan Berdimuhammedov Gruziya Majlis raisi Davit Usupashvili bilan uchrashuv olib bordi. Usupashvili Berdimuhammedovga Gruziya majlisi haqida ma’lumot berar ekan ayni vaqtda majlis binosi bilan tanishtirib chiqdi.

Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedovga, ziyoratining ikkinchi kuni ilm-fanga qo’shgan hissasi uchun Gruziya Fanlar akademiyasi tomonidan faxriy doktor unvoni taqdim etildi. Turkmaniston hay’ati Gruziyaning port shahri Potini ham aylanib chiqdi.

Turkmaniston Prezidenti ziyoratining oxirida Gruziya Prezidenti bilan birga Tbilisidagi Muqaddas Troitsa soborini kezib chiqdi. Gruziya Prezidenti Margvelashvili mehmonini aeroportdan kuzatib qoydi.

Aziz eshittirishimiz muxlislari Turkmaniston-Gruziya munosabatlari 1992-yilning 16-iyuli kuni qurildi. O’zaro munosabatlarning asos solinganiga 23 yil bo’lishidan qat’iy nazar ushbu munosabat passiv bir shaklda davom etayotgan edi. Oxirgi yillarda ikki o’lka munosabatlarini oliy darajaga chiqarish uchun qaror qabul qildilar. Ushbu qaror asosida 2014-yilning 28-iyuni kuni Turkmanistonning Tbilisi elchixonasi ochildi. 15-dekabr 2014-yili 1997-yildan keyin birinchi marotaba Gruziya Prezidenti rasmiy ziyorat bilan Turkmanistonga bordi. Natijada ikki davlat ortasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa ochildi. Turkmaniston bilan Gruziyaning bu harakati Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uchlik yig’ilishlarining ta’siri natijasida amalga oshdi desak ham boladi.

Turkmaniston o’zining tabiiy gazini Yevropa davlatlariga yetkazish uchun Gruziyaga ehtiyoji bor. Gruziya ham tranzit davlat sifatida arzon tabiiy gaz foydalanish jihatidan Turkmaniston bilan munosabatlarini mustahkamlashni xohlayapdi. Bu jihatdan Ozarbayjon-Gruziya-Ruminiya aloqasi (AGRI) loyihasiga Turkmanistonning ham qo’shilishi amrimahol.

Kaspiy dengizining huquqiy holati bir natijaga bog’langudek bo’lsa unda Turkmaniston tabiiy gazining Yevropaga yetkazilishi yana-da qulayroq bo’ladi. Ziyorat chog’ida undan tashqari Kaspiy dengizi orqali Afg’oniston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya asfalt yo’lining qurilishi ham qo’lga olindi.

Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedovning Tbilisi ziyorati mintaqaviy munosabatlarning rivojlanishi va ikki davlat munosabatlarining yangi saviyaga ko’tarilishi jihatidan foydali bo’ldi.

Muhtaram tinglovchilar, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. “Yevroosiyodan dolzarb mavzular” dasturini Turkiya ovozi radiosi uchun Abdurasul Isokov bilan Guldona Mirzaqulovalar tayyorladilar.


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar