Tafakkur gulshani 80-qism

Mavlono talaba almashish dasturi haqida talabalarning fikri...

337430
Tafakkur gulshani 80-qism


Bugungi dasturimizda Mavlono talaba almashish dasturidan foydalanib, xorijda tahsilini davom ettirgan bir talabaning sarguzashtlari haqida hikoya qilamiz.
“Salom mening ismim Beyza. Men O’rta Do’g’u texnik universitetida siyosatshunoslik fakultetini bitirdim. Xalqaro maydondagi dastlabki faoliyatim atrof-muhit va yoshlar bilan shug’ullanuvchi bir nodavlat tashkilotda ko’ngilli ravishda xizmat ko’rsatish bilan boshlandi. Mazkur tashkilot nomidan Yevropa Ittifoqi yoshlar bilan ishlash loyihasi asosida Ukrainada bo’ldim. 1 hafta mobaynida 10 ta davlatdan 25 kishi bilan hamkorlikda ish olib bordik. Samolyot biletim va sayohat chiqimlarim tashkilot tomonidan ta’minlangani uchun pul sarflash kabi dardim bo’lmadim. Keyinchalik Turkiya Respublikasi Yoshlik va sport vazirligining 1-Bolqon Yoshlik poyezdi loyihasiga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdim va Makedoniya, Xorvatiya, Bosniya Gersegovina, Serbiya, Ruminiya, Yunoniston va Mojaristonda bo’ldim. So’ngra, bu tajribalarimni o’rtoqlashish maqsadida tashkilotning turli yig’ilish va anjumanlariga qatnashdim. Turkiyaning Malatiya shahrida Evrodesk Yoshlik ma’lumotlantirish tarmog’i kompaniya boshqaruvi seminariga qatnashdim”-deya hikoya qiladi Beyza.

“Mavlono talaba almashish dasturi asosida Amerikaga bordim. Bu sayohat men uchun juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli yosh talabalarga, asosan xorijlik abituriyentlarga bu haqda hikoya qilmoqchiman. Universitetda o’qiyotgan paytlarimda fakultetning eng muvaffaqiyatli talabasi bo’lishimga qaramasdan, Erasmus dasturi vositasida xorijda malaka oshirish imkoniyatlaridan foydalana olmadım. Asta-sekin bundan umidimni uzar ekanman, O’rta Do’g’u Texnik universiteti Xalqaro aloqalar bo’limining internet saytida Mavlono talaba almashish dasturiga ko’zim tushdi. Moddiy jihati meni o’ylantirar ekan, Pitzer college nomli maktab tomonidan 2 talabaning butun chiqimlari ta’minlanishini o’rgandim. Borish-kelish samolyot bileti, sug’urta masraflari, kitob uchun 500 dollar naqd pul, yotoqxona puli, maktabning kontrakti va ovqat puli to’lab berilishini o’rgandim. Darhol murojaat qildim va til imtihoniga kirdim, chunki Mavlono talaba almashish dasturining sistemasi Erasmus sistemasiga juda o’xshaydi.
Olgan baholarimizning va chet tili imtihonimizning natijalari hisoblanib ro'yhat tuzilgangandan so'ng, qaysi o'lka va fakultetni tanlashimiz uchun bizga fursat beriladi. Men ham shunday ro'yhat asosida Amerikaga bordim.
Hozirda men talaba almashish dasturi doirasida Los Angeles shahridaman. Men ta'lim olayotgan joy eng e'tiborli oliy o’quv yurtlaridan biri bo'lgan Pitzer Collegge. Ushbu kolledjda bizga juda katta e'tibor berildi. Bu kolledjda har yili 25 davlat talabasi ta'lim oladi va talabalarning o'z madaniyatini tanitishi odatga aylangan. Men ham turli madaniyat va ma'rifat kechalarida o'z madaniyatimni tanitdim, shuningdek dunyoga mashhur bo'lgan o'z universitetim O’rta Do’g’u Texnik universiteti xaqida ham bahs etdim.
Men hozir ta'lim olayotgan universitetning ichida o'zimga ish ham topdim. Hozircha faqat universitetning ichida ishlay olaman, chunki xalqaro talabalarga berilgan vizadan foydalanishning ma'lum bir chegaralari bor. Men esa, bo'sh ish joylariga murojaat qildim va universitet ichida ish topgan dastlabki Pitzer kollege talabasi bo'ldim.
Men ish bilan band bo'lib, darslarimni bir chekkaga surib qo'yganim yo'q, albatta. Men "Saylovchining hatti harakatlari" mavzuida 25 varaq bitiruv ishini yozdim va ushbu bitiruv ishim tadqiqot darsimizning vazifasi deb hisoblandi. Mening bitiruv ishim tadqiqot mavzui bo'lgani uchun juda ham ko'p kitob o'qidim va bu bosqichda Pitzer kollegening kutubxonasidan juda unumli foydalandim. Universitet ichidagi yotoqxonada yashayotgan asnoda o'zimni doimo bir akademik muhitda his qildim va shu sababli ingliz tilini ham chuqurroq o'rganib oldim.
Men talaba almashish dasturidan qaytib kelgach, magistratura uchun Angliyaning taniqli universitetlaridan bo'lmish “London School of Economics”ga topshirdim va sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdim. Lekin, magistraturada o'qish uchun keraklik bo'lgan stipendiya uchun “Jean Monnet” nomli stipendiya dasturiga murojaat qildim. Shuningdek, “Fulbright” stipendiya dasturidan meni muloqotga chaqirishdi. Magistratura sohasida Pitzer Collegeda yozgan bitiruv ishim juda foydali bo'ldi desam adashmagan bo’laman.
Mavlono talaba almashish dasturi mening hayotimda juda katta o'zgarishlarga sabab bo'lganini, o'z orzuyimga yetishimda fursat bo'lganini doimo atrofimdagi studentlarga aytib yuribman. Qolaversa, siyosat sohasida ta'lim olayotganim uchun boshqa davlatlarga borish mening uchun juda muhim edi. Lekin, siz qaysi sohada ta'lim olayotgan bo'lsangiz ham madaniyatlararo ta'lim olish sizning hayotingizga qay darajada ta'sir ko’rsatishini o'z ko'zingiz bilan ko'rganingizdagina lol qolasiz"-deydi Beyza.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar