Ramazon sharif maxsus rukuni

Ramazon sharif maxsus rukuni

309190
Ramazon sharif maxsus rukuni



Islom olamini Ramazon oyining boshlanishi bilan tabriklaymiz. “ 11 oyning sultoni” sifatida ta’bir qilingan Ramazonning kelishi bilan Islom o’lkalarida va Musulmonlar joylashgan dunyoning to’rt bir tomonida hayajon bilan kutib olindi. Kelgusi bir oy mobaynida ro’za tutiladi. Ro’za tutishga har qanday bir to’sig’i bo’lmagan Musulmonlar ro’z tutadi.
Ro’zada quyoshning botishi ya’ni shom azoni bilan to sahargacha yeb- ichiladi.
Ramazonning kelishi Islom o’lkalarida va Musulmonlar yashagan har yerda jo'shqinlik bilan kutib olindi. Ro’za birinchidan Ollohning xushnudligi va rizosi uchun tutiladi. Ro’za Ollohning rizosi uchun niyat qilinadi. Ro’za ayni paytda salomatlikdan tutib kambag’allargacha juda ko’p foydalari bordir.
Kambag’allik, ishsizlik kabi sabablar bilan yetarli oziq- ovqat topa olmagani tufayli chekkan azob va qiyinchiliklarni sahardan oqshomgacha och qolib o’z boshidan o’tkazib insonning o’rganishiga sabab bo’ladi. Ochlarning va kambag’allarning nimalar hiss etganini o’rganishimizni ta’min etadi.
Ushbu tuyg’u va tushuncha sharoitida kambag’allarga yordam berish Ramazonıng asoslaridan biridir. Ro’za tutish inson salomatligi uchun ham juda muhim foydalari bordir. Kun mobaynida och va suvsiz qolish agar biron kasalligi bo’lmasa, badanimizning yangilanib va tartibga kirishini ta’min etar. Islomda esa ruh va badan bilan qilingan ibodatlardan biridir. Ollohga bo’lgan ishonch va uning buyurig’i bilan ro’za tutish, isonning qul ekanini va badan bilan ham fidokorlik qila olishini ko’rsatadi.
Ramazonning kelishi bilan ayollar iftor va saharlik uchun tayyorlagan taomlarning soni ham turlilashadi. Oqshomgacha och qolingani uchun ishtaha va istaklari ham ko’payadi. Ayollar o’z qobiliyatini ko’rsatib yana ko’proq charchaydilar. Olloh rizosi va sevgisi bilan ovqatlar tayyorlaydilar. Taomlarni faqat oila uchun emas, qarindosh- urug’ va qo’n- qo’shnilar to’plangan iftor taomlari buning boshqa bir tomonidir. Bir- biridan lazzatli taomlar tayyorlanishi va to’planish do’stliklarning mustahkam lashishiga sabab bo’ladi.
Ro’zaning oxirida iftor taomini yegandan so’ng bizga bu nimtalarni bergan Ollohga shukur qilish “ hamd sano “ aytish ham bir an’ana albatta ki. Ortidan esa faqatgina Ramazonga xos bir namoz turi bo’lgan tarovih namozi ham alohida boshqa bir yaxshilikdir. Oilaning barcha a’zolari tayyorlanib jomelarga borishadi. Olloh rizosi uchun birgalikda, ancha uzoq bo’lgan Tarovih namozini ham ado qilishadi. Jome- masjiddan uyga ketar ekan yo’lda duch kelingan kambag’allarga ham sadqaga beriladi. Duch kelgan do’stlari bilan suhbatlar qilinadi.
Inson ro’zali ekan og’ir ish qilishdan tortinib badanini charchatmaslik kerak. Taomlarni juda ko’p yemaslik lozim. Hazm sistemamizga ortiqcha yuk keltirmaslik kerak . Saharda ham inson ro’za tuta oladigan kuchini orttiradigan taomlar yeb, juda yog’li taomlardan tortinishlari kerak. Muvozanatli oziqlanish uchun ochlik va suvsizlikka foydasi bo’ladigan taomlardan yeyishlari kerak.
Olloh rizosini ta’min etish uchun uning buyurig’i tufayli ro’z tutilgan Ramazonda Musulmonlar dinning barcha jihatlari ado qilishi kutiladi. Boshqa oylardan yana ko’proq ehtiyot bilan harakat qilib janjal va yomon so’zlardan uzoq turishi kerak. Ishonchli Musulmonlarning harakatlaridan boshqa insonlar amin va xavfsizlikda bo’lishi shartdir. Hech kimsaga yomonlik qilmas. Yomon muomaladan tortinar. Barchaga insonlarga hatto hayvonlarga va o’simliklarga ham yaxshi muomala qilish majburiyatidadir.
Oylarning sultoni Ramazon xush kelibsan. Kelgusi bir oy mobaynida dunyoga janjal va urushdan uzoq huzur va halovat keltirish tilagi bilan. Islom olamiga xayrli Ramazonlar tilab qolamiz.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar