Onalar kuni maxsus rukni

10-may, onajonlar kuni qutlug' bo'lsin.

269081
Onalar kuni maxsus rukni

Bizni dunyoga olib kelgan onajonlarimizning bayrami qutlug’ bo’lsin.

Bola ona rahmiga tushgan kunidan e’tiboran onasi bilan kuchli munosabatlar yaratadi. U oziqlanishi va yashashi uchun kerakli bo’lgan butun ehtiyojlarini onasidan oladi. Ona qornidagi bola rivojlanib borar ekan bolaning ona va bola munosabatlari yana da kuchaya boshlaydi. Tug’ilganidan keyin ona, bolaning hidiga bola esa, onasining hidiga o’rganib qoladi. Ko’p o’tmay bir-biriga juda kuchli his-tuyg’ular bilan bog’lanib qoladi. Bu bog’ shunchali kuchli bo’ladiki, bir umr davom etadi.

Albatta har bir insonning, o’ziga eng yaqin deb his qilgan odami uning, onasidir. Uning yonida dardlar unitiladi, umidlar esa yangilanadi. Shuning uchun ham “Ona kabi yor, Bog’dot kabi diyor bo’lmas” deydilar. Tilimizni onamizdan olamiz. Shuning uchun ham ona tili, onayurt deyiladi. Buning sababi otalarning bolalariga g’amxo’rlik qilmasligi emas balki bolani parvarishlash va uni voyaga yetkazishdagi onalarning ro’lidir. Bolasining kasalligiga ham chiday olmay “Olloxim, bolam kasal bo’lguncha men kasal bo’lay” deya duo qilgan onalarimiz. “Yig’lasa onam yig’lar, qo’lgani yolg’on yig’lar” degan maqolimiz ham onalarning bolalariga qaratilgan his-tuyg’ularini anglatadi. Bir muammo tug’ilsa yoki kasal bo’lib qo’lgudek bo’lsak “onajonim” deb dardimizni yengillatishga harakat qilamiz. Na onalar bolalarisiz, na bolalar onalarisiz yashay oladi. Agar bolasi harbiy xizmat yoki taxsil uchun yonidan ayrilgudek bo’lsa unda ona hayoti, boshqacha tomonga o’zgarib ketadi. Bolasiga bo’lgan sog’inch bilan yonib, kul bo’ladi. Farzandi esa g’urbatlardan ona quchog’iga qaytar ekan dardini, tashvishini unitib yuboradi. Onasining osha top-toza, yumshoqgina qo’llaridan opar ekan har ikki tomon ham bahtga erishadi.

Islom diniga ko’ra jannat onalarning oyog’i ostidadir. Onalarimizning ahamiyati va ularga hurmat ko’rsatishlik jannatga kirishlikning kalidi sifatida aytilib kelinadi. Butun odam bolasining Momo havodan tarqaganligi muqaddas dinlar tomonidan mushtarak olaroq qabul qilingan. Shuning uchun ham U’nga o’z onamiz qadar hurmat ko’rsatamiz. Xristianlar uchun muqaddas hisoblangan Hz. Isoning onasi musulmon aholi uchun Maryam onadir, yani muqaddasdir.

Qadimgi Gretsiyada, Rimda va hatto Friglarda onalar kuni bahor mavsumida turli tadbirlar ostida nishonlanar edi. 1908-yili esa Anna Jarvis degan amerikalik ayolning, vafot etgan onasini yodga olish maqsadida uyushtirgan maxsus kuni, keyinchalik yoyilib ketdi. 1914-yili avvalom bor Amerika undan keyin esa, dunyoning to’rt burchagida onalar kuni nishonlana boshladi. Bugun butun dunyoda, onalarga sovg’alar xarid qilinmoqda. Shu yo’l bilan bolalarining ularga bo’lgan sevgisi tilga olinmoqda.

Biz sovqatgan vaqtlarda, ustimizni yopib qo’ygan onalarimizga hurmat va ehtirom ila. Onalar kuni, onalar bayrami qutlug’ bo’lsin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar