Qutlug' Tavallud Haftasi

Haqiqatdan ham, sizlarga o'zlaringizdan chiqqan, sizlarning qiyinchiliklaringizdan alam chekadigan, sizlar bilan qiziquvchi va mo'minlarga mushfiq va rahmdil Rasul kelgandir.(Tavba surasi, 128-oyat).

240939
Qutlug' Tavallud Haftasi

Olamlarga rahmat bo’lishi uchun yuborilgan ikki jahon Payg’ambari Hz. Muhammadning (s.a.v.) tavalludi 1989-yildan buyon mamlakatimizda “Qutlug’ Tavallud Haftasi” olaroq nishonlanib kelmoqda. Bu hafta mobaynida turli tadbirlar o’tkazish faoliyati “Turkiya diniy ishlar boshqarmasi” tomonidan 1989-yili boshladi. Dunyo miqyosida, faqatgina Turkiyada rasmiy bayram sifatida nishonlangan ushbu hafta Payg’ambarimizning odam bolasiga aytgan ta’limotlari va diniy tavsiyalarini tushintirishni maqsad qilgan. Tavallud kuni 20-aprel bo’lib qabul qilingan bu faoliyat bir haftagacha davom etadi. Faoliyat oxirgi yillarda 14-20-aprel kunlari orasida o’tkazilmoqda. Ushbu hafta doirasida musulmon turk xalqi yashagan xorijiy davlatlarda va Turkiyaning to’rt burchagida Turkiya Diniy ishlar boshqarmasi boshchiligida turli tadbirlar uyushtirilmoqda.

1989-yili Diniy ishlar boshqarmasi boshchiligida avvalom bor Anqara va Teologiya fakultetlari o’rin olgan viloyatlarda nishonlanar ekan keyinchalik boshqa viloyatlarda ham nishonlana boshladi. Ushbu doirada turli konferentsiyalar, panel va suhbatlar bo’lib o’tdi.

Payg’ambarga maqtov yog’dirgan va “Naat” deb nomlangan she’rlarda gulga oxshatilgan qizil gul “haftaning ramzi” ga aylandi. 1995-yildan etiboran esa “Sen ham bir dona gul taqdim et“ deb nomlangan kompaniya asosida Payg’ambarni gulga oxshatish tushunchasi yoyildi. 1996-yili “Qutlug’ Tavallud Taomi” degan nom asosida Diniy ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan 3 500 kishilik taom va ayron, Anqaraning eng katta jome masjidi hisoblangan Kojatepe jome masjidi ayvonida fuqarolarga taqdim etildi. Qutlug’ Tavallud Haftasi faoliyatlari 2008-yildan etiboran 14-20-aprel kunlari orasida nishonlanadigan holga keldi. 2010-yili Qutlug’ Tavallud Haftasining rasmiy bayrami haqida usul va asoslar tayyorlanib kuchga kirdi. 2011-yili Xalq ta’limi vazirligining ishorasi bilan ta’lim muassasalarida Qutlug’ Tavallud Haftasi faoliyatlari uyushtirila boshladi.

Qutlug’ Tavallud Haftasining tarixi va o’tkazilgan faoliyatlari haqida so’z qildik. Qutlug’ Tavallud Haftasining Turkiyada ko’pchilik tomonidan qabul qilinganligi va hursandchilik bilan nishonlanganligini aytishimiz mumkin. Diniy ishlar boshqarmasi jome masjidlarda va Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim muassasdalarida, shahar hokimiyati va nohukumat tashkilotlarida uyushtirilgan faoliyatlari orqali yana da keng ravishda nishonlanishini ta’minlamoqda. Olloxning Qur’onda odam bolasiga yuborgan xush xabari sifatida bayon etilgan Payg’ambarning tavallud ayyomining mana shunday nishonlanishining foydali ekanligini va turk insoni tomonidan qabul qilinganligini tushunarli mohiyatdadir.

Arap yarimoroli islom dinini qabul qilishidan oldin savodsizlik davrini yashayotgan edi. Qabila janglari, adolatsizlik, qiz bolalarini tiriklayin ko’mish kabi bir necha vahshi harakatlar tarqagan edi. Payg’ambarning tavalludi dunyoni abadiy o’zgartiradigan yangilikga yo’l ochdi. İslom dininig Payg’ambar orqali dunyoga e’lon qilinishi va Arap yarimorolida tezlik bilan yoyilishi olamni o’zgartirdi. Oxirgi din, musulmonlarni global kuch atrofida birlashtirdi. Musulmonlar davrning nohaqliklari va zulumning yakunlanishi ortidan san’atda, adabiyotda yangi davrning tug’ilishida boshchilik qila boshladi. İslom davlati qisqa muddat ichida global kuch holiga aylanar ekan arap bo'lmaga’n turk, fors kabi turli millatlar tomonidan ham qabul qilindi.

Qisqa muddat ichida Atlantik okeanidan Xitoy devoriga qadar keng tarqagan geografiya Qur’on ta’limotlari bilan boshqariladigan bo’ldi. Payg’ambarning hayoti va Qur’on hukumlari dunyoning to’rt burchagida o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu jarayon İslom davlatlarining texnologiyada va boshqa sohalarda G’arbdan o’zib ketishini ta’minladi. Xristian Garb dunyosi İslom dunyosining ushbu rivojlanishini to’xtatish uchun Xochli safarlari uyushtirdi lekin muvaffaqiyatli bololmadilar. Xochli safarlari bilan islom jamiyatidagi yangiliklarni va madaniyatni ko’rgan va buni o’z madaniyatlariga olib o’tgan g’arbliklar ortachog’ qorong’uligidan qutildi. G’arbning bugungi ilmiy yangiliklarining tubida islom madaniyatining qalin izlari mavjuddir. Buning eng katta hissasi Hz. Payg’ambarningdir.

Bugungi kunda odamgarchilik adolatli, erkin va bahtli bir dunyo ichida. Oxirgi Payg’ambar rahbar tutilganida, u undagan Qur’on yorig’iga boy sunilganida vba Uning ta’limotlaridan, hayot yo’lidan foydalanilsa unda odam bolasi bahtga erishadi.

Olamlarga rahmat olaroq yuborilgan Payg’ambarni va Uning yodga olinishiga vositachi bo’lgan “Qutlug’ Tavallud Haftasini” tabriklab, barchangizga hurmatimizni yo’llaymiz. Olloxning rahmati, barakati va salomi siz bilan bo’lsin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar