Turkiya va xalqaro jarayon 112-qism

Turkiya va xalqaro jarayon 112-qism

225725
Turkiya va xalqaro jarayon 112-qism

Ukraina masalasiga yechim topish maqsadi bilan Minskdagi uchrashuvlar natijasida sulh tuzildi. Germaniya bosh vaziri Angela Merkel va Fransiya Prezidenti Hollande vositachiligida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Petro Proshenko o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvlar natijasida 13 moddadan tashkil topgan tinchlik matni tayyorlandi. Kelishuvda, urush maydonga kelgan Luhansk va Donetsk huduida 15 ferval kunidan e’tiboran sulh, og’ir qurollarni hududan chiqarish, keyinchalik saylovlar o’tkazish va Ukraina jarayoniga moslashishni o’z ichiga olmoqda. Bu jarayonning AGİT tomonidan kuzatilishi, hisobot va koordinatsiya tasdiqlandi. Shunday qilib deyarli bir yildan beri davom etgan Ukraina jangini to’xtatish, jangarilarni qurolsizlanshtirish va Rossiyaning urush maydonidan chiqishi rejalanmoqda. Lekin bu sulhning qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishi, yaxshi natija berganda qay daraja haqoniyatga mos bo'lishi, eng muhimi esa bu jarayoni Rossiyaning manfaatlariga chancha xizmat etishi ham bor. Chuki bu kelishuvning Rossiyaning zafarini e’lon qilganini, adolatsiz natija berishini ilgari surmoqda.

Misk kelishuvi, Ukrainani urushdan oldingi vaziyatiga kelmtirmagani kabi, Rossiya o’z tuproqlariga qo’shib olgan Qirim hududi bilan tegishli bir o’zgarish joy olmayotir. Kelishuv muvaffaqiyatli shakilda hayotga tatbiq etilgan vaziyatda ham Ukraina to’liq hukumronligiga erishmaydi. Na Kiyev boshqaruvi, Donetsk va Luhansk hududlarida o’lkaning boshqa nuqtalarida bo’lgani kabi hukum sura oladi, na Qirim va Qoradengiz faol bo’la oladi. Buning ma’nosi, Ukraina urushdan oldingi paytlarga qaraganda hukumronligining muhim bo’limini boy berar ekan, Rossiyaning Ukraina ustidagi ta’siri ortgan bo’ladi. Bu shakilda haqli, adoaltli bir tichlik bo’lganini aytish qiyin.
Lekin har joyda bo’lgani kabi Ukraina masalasida ham boshqa jihatlardan va imkoni boricha betaraf qarash kerak. Mins kelishuvini “Yomonning yaxshisi” bir sulh sifatida ko’rish va buni qunt tekshirib chiqib kamchiliklarni ham bartaraf qilish mumkin. Misk kelishuvining bir yildan beri davom etgan urush va barqarosizlikni to’xtatgandir. Bu urush hozirgacha asosan Ukrainaga qimmatga tushgan. Oldi olinmagan taqdirda yana ham katta zararlari bo’lishi muqarar. Ukrainada urush davom ettirgan taqdirda tomonlardan biri g’olib bo’lmasligi kabi, ko’p narsani boy beradilar. Xuddi 1980-1988 yillari orasida İroq-Eron jangida bo’lgani kabi, Ukraina urushida ham qurol va kuch muvozanati, ikki tomonni ham yiqimga olib boradi. Shuning uchun, bu “Muvozanat” urushini davom ettirish o’rniga, tinchlik uchun g’ayrat qilish to’g’ri bo’ladi. Boshqa bir namuna esa Turkiyaning ozodlik jangida Yunoniston va ortida turgan Angliya va Frnaisya bilan urushni davom ettirish o’rniga Montro va Lozan shartnomalari imzolashi kabi.
Ukraina rushida Rossiya kuchlarining ta’sirli bo’lganishi aytish mumkin, lekin Rossiyaning buni nimaga tasdiqlaganiga alohida nazar solish kerak. Rossiyaning Ukraina hujumida, avvalo Yevropa İttifoqining Rossiya qo’llab-quvvatlagan Yanukovichni to’ntarishning, ortida Yevropa İttifoqi, AQSh va NATO Rossiyaga harbiy javob bermasligi turadi. Balki AQSh va NATO harbiy amaliyotdan bosh tortganini tushunish mumkin. Chunki harbiy bir kirishuv, urushni avjiga ko’rib tarqatish xavfi bor.
G’arb davlatlari, Rossiyaga harbiy javob berish o’rniga ambargo tatbiq etmoqda. Yevropa İttifoqi, AQSH va G’arb tashkilotlari, Rossiyaning iqtisodiy, tirojiy, moliyaviy va eng muhimi energiya manfaatlarini tahdit etmoqda. Rossiyadagi eng katta muammolardan biri so’ngi paytlar pasayib ketgan enft narxlaridir. Aslida Minsk shartnomasi, bu ambargolarning Rossiya jihatidan taranglikga sabab bo’lganin ko’rsatmoqda. G’arbning harbiy kuch o’rniga tatbiq etgan ambargolarining, Rossiyani qiynagani kuzatilmoqda.
Mana shuning uchun Rossiyaning Minsk shartnomasini tuzganini atish mumkin. Bu nuqtai nazardan, Minsk shartnomasini Rossiyaning g’alabasi emas, ambargolar tufayli mushkul holda bo’lgani sifatida ko’rish kerak. Bu ahvolda shatnoma; Yevropa İttifoqi va G’arb davlatlarining Rossiyaga yon berishi emas, Rossiyani majburiy ko’ndirish sifatida baholash mumkin.
Har kelishuvda bo’lgani kabi, Minsk shartnomasi ham yaxshi natija emas. Kelajakda muhim o’zgarish bo’lish e’htimoli balandi. Bundan kimning g’olib bo’lishini esa vaqt ko’rsatadi. Lekin Rossiya kelishuvga ambargolar tufayli ko’ngan bo’lsa, Rossiyani og’ir kunlar kutadi. Bu vaziyatda Rossiya faqat Ukraina masalasida emas, Suriya masalasida ham kelishuv yo’li izlashi majbur.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar