Yevrosiydan dolzarb mavzular 54- qism

Yevrosiydan dolzarb mavzular 54- qism

182108
Yevrosiydan dolzarb mavzular 54- qism

Turkiya ovozi radiosi tomonidan tayyorlangan “ Yevrosiydan dolzarb mavzular” dasturini tinglayapsiz. Dasturimizning bugungi bo’limida “ Turkiyaning yevrosiyo geografiyasidagi o’lkalar bilan aloqalari 2014 yilida qanday bo’lib o’tganini ko’rib chiqamiz.

Muhtaram tinglovchilar, 2014 yilida Yevrosiyo geografiyasidagi o’lkalar bilan Turkiya Respublikasi o’rtasidagi aloqalar barqor ravishda davom etdi.
Yil bo’yi oldindan rejalangan sammitlar o’tkazildi.
Birinchidan 2014 yilida Yevrosiyo o’lkalari bilan aloqalar, Turkiya jihatidan bo’lgan yangiliklarni muhokama qilamiz.
Turkiya tomonidan bir necha yil oldin boshlagan uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishlari mintaqaviy hamkorlik jihatidan katta ahmiyat kasb etmoqda. 2014- yilida ushbu uch tomonlama yig’ilishlar belgilangan yerlarda o’tkazildi. Birinchisi Genjeda 2014- yili 19- fevralda, 3- Ozarbayjon- Gruziya- Turkiyad bo’lib o’tdi.

Ozarbayjon- Gruziya- Turkiya tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi Turkiya- Ozarbayjon- Eron Tashqi ishlar vazirlari uch tomonlama yig’ilishi amalga oshirildi. uchunchisi 2014- 14- mart kuni Vanda amalga oshirildi. Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari ham 26- mayda Bakuda ilk marotaba uch tomonlama yig’ilishi amalga oshirildi. Yig’ilish oxirida “ Baku Bildirishi” bilan fursatdan foydalanib, ushbu uch tomonlama yig’ilishlar Qozog’iston va O’zbekiston uchun ham juda muhim ekani bildirildi.
Turkiya 2014 yilida Rossiya, Ukraina va Qirg’iziston bilan yillik oliy saviyali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishini o’tkazdi. Oliy saviyali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishlari o’zaro aloqalar yuqori saviyada davom etishini ta’min etadi deb bildirildi.
Turkiya xorij o’lkalar bilan aloqalarini rivojlantirish uchun o’zaro vizalarni bekor qilish tashabbusi bilan 2014- yilida ham davom etdi. 11- aprelda Turkiya-Mog’uliston o’rtasida 30 kunlik vizasiz sayyohat davri boshladi. 1 iyundan e’tiboran Turkiya- Belarus va Turkiya- Moldova o’rtasida vizasiz kirish chiqishlar tasdiq qilindi.
4-5 iyun kunlarida Bodrumda Turkiya Respublikasi prezidenti janob Abdulloh Gul mezbonligida to’rtinchi Turk kengashi Sammiti uyushtirildi.

Turk Kengashi sammitiga Turkmaniston ham mehmon o’lka sifatida ilk marotaba ishtirok etdi.Berdimuhammadov sammitga ishtirok etishida davrning Turkiya prezidenti Abulloh Gulning katta hissasi bo’lganini aytish kerak.
Yevrosiyoning yetakchi o’lkalaridan biri bo’lgan Rossiya bilan Turkiya o’zaro aloqalar jihatidan 2014 yili juda ham foydali bo’lib o’tdi. Rajab Tayyib Erdo’g’an 2014 yilining boshida So’chi Qish So’chi Qish Olimpiyada O’yinlarining ochilish marosimiga qatnashdi. Rossiya Federatsiya Parlamantining quyi qanoti Duma Rahbari Sergey Narishkin 16 yil so’ngra Majlis raisi sifati bilan 27- fevralida Turkiyaga rasmiy bir safar amalga oshirdi. Narishkin Rossiya hay’atining raisi sifati bilan avgust oyida prezidentlik davr taslim marosimiga qatnashdi. Rossiya Prezidenti Vladimir putin 1- dekabrda Rossiya- Turkiya orasidagi oliy saviyali hamkorlik kengashining beshinchisiga ishtirok etish uchun 10 vazir bilan birgalikda Anqaraga bir kunlik safar amalga oshirdi. Putin Anqarada, Janubiy Oqim o’riniga Qoradengizdan Turkiyaga keladigan yangi bir tabiiy gaz quvuri quriladi deb bildirdi. Turkiya, G’arb tomonidan Rossiyaga qilingan sanksiyaga qo’shilmadi. Faqat buning bilan birgalikda Turkiya Qrimni Rossiya tomonidan tuprog’iga qo’shib olishini tan olmasligini, Ukraina tuproq butunligini mudofaa qilganini bildirdi.
Bu doirada Turkiya tashqi ishlar vazirligi “Turkiya Qrim Xudmuxtor Respublikasi noqonuniy bir shaklda qo’shib olishini tan olmaydı.” Deb bildirdi.
2014 So’chi Qish Olimpiyada O’yinlarining ochilishi marosimiga qatnashish uchun Rossiyani ziyorat etgan Bosh vazir Erdo’g’an, bu yerda O’zbekiston Prezidenti Karimov bilan uchrashdi. Turkiya Tashqi ishlari vaziri Ahmet Davuto’g’li 10-12 iyul kunlari orasida O’zbekistonga rasmiy bir safar uyushtirdi. Turkiya Tashqi ishlari vaziri to’liq 13 yildan keyin O’zbekistonni ziyorat etishi tarixiy bir voqea sifatida zikr etildi.
Qirg’iziston Prezident Almazbek Atamboyev 10- avgust kuni Anqarada bo’lgan Adolat va Taraqqiyot Partiyasi balkonidan Turkiya Respublikasi Prezidenti saylovini qozongan Rajab Tayyib Erdo’g’anni tabrik etib bir ma’ruza qildi. Prezident Erdo’g’an 28- avgust davr taslim marosimiga Yevrosiyo geografiyasidan o’lkalarning barchasidan namoyanda yubordi.
Shanghay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Mezentsev ham tashkilot namoyandasi sifatida Anqaraga keldi.
Prezidenti Erdog’an dastlabki chetel safarini 2-3 sentabr kunlari orasida Ozarbayjonga uyushtirdi. Erdo’g’an dastlabki Markazi osiyo safarini Turkmanistonga uyushtirdi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rilganidek, Turkiya Yevrosiy geografiyasidagi o’lkalar bilan aloqalari 2014 yilda barqaror edi.

Buning bilan birgalikda mintaqada muammolar va xalqaro siyosat o’z ta’sirini qoldirdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri, birinchi o’rinda Ukraina, Qrim Tatarlari, Ozarbayjon- Armaniston chegara to’qnoshuvlari va Uyg’ur muammosi bo’lib Yevrosiyo geografiyasidagi muhim voqelar haqqida yil bo’yicha kerakli izohatlarni berdi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi alohida Taylandda bir ormonda soxta pasportlar bilan ushlangan 300 Uyg’urning Turkiyaga olib kelinishi uchun harakatga o’tdi.
Muhtaram tinglovchilar, dasturimizni yakunlaymiz. “ Yevrosiyodan dolzarb mavzular”
Dasturni Abdrasul İsakov va Guldana Murzakulova tayyorladi .



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar