Tafakkur gulshani 10-qism

Uludag’ Universiteti rektori Kamil Dilek:"-Xorijlik yoshlarga Turkiyaga kelib o’qishlarini tavsiya qilamiz..."

152377
Tafakkur gulshani 10-qism


O’tgan hafta sizlarga Uludag’ universiteti xaqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek Uludag’ Universiteti rektori Kamil Dilek bilan muloqot o’tkazgan edik. Dasturimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.
Rektor Kamil Dilek Uludag’ Universitetining asosiy xususiyatlari xaqida quyidagilarni tilga oldi:

“Kunimizda tajriba maydonlariga ega bo’lgan universitetlar soni tobora kamayib bormoqda. Universitetimizda malaka oshirish va tajriba o’tkazish maydonlari mavjud. Qishloq-ho’jaligi fakultetimiz qoshida dexqonchilik uchun amaliyot maydonlari, veterinariya fakulteti qoshida esa maxsus fermalar mavjud. Uludag’ universiteti 16 ming gektarlik maydonga qurilgan bo’lib, bulardan 8 ming gektarlik qismi o’rmonzor bilan qoplangan. Universitet bog’ida 2 yarim million daraxt ekilgan. Buning eng quvonarlisi shuki bu daraxtlarni shahsan biz yetishtirganmiz. Bundan tashqari tabiiy hayotni saqlash imkoniyati yaratilgan. Bu yerda kiyik va jaylonlar mavjud. Sun’iy ko’lchalar va sport maydonlari tashkil qilingan. Sport komplekslarimiz juda keng. Bu jihatdan talabalarimizga juda katta imkoniyatlar yaratilganligini aytishim mumkin.
Universitet qoshidagi fakultetlar va dasturlar jihatidan olib qaralganda haqiqatdan ham katta universitet ekanligini aytish mumkin. Uludag’ universiteti qoshida 12 ta fakultet mavjud. Bular tibbiyot fakulteti, veterinariya fakulteti, qishloq-xo’jalik fakulteti, muhandislik fakulteti, teologiya fakulteti vahakazolar…
Tayyorlov kurslari talabalariga mo’ljallangan 16 ta ulkan dastur mavjud. Bu jihatdan barcha ehtiyojlarga javob beradigan universitet ekanligini aytish mumkin”-deydi universitet rektori Kamil Dilek.

 

Xorijlik yoshlarning Uludag’ universitetiga kelish sababi nimada deb o’ylaysiz?



“Xorijlik yoshlarga Turkiyaga kelib o’qishlarini tavsiya qilamiz. Chunki turklar bilan tanishganda haqiqatdan ham sevinadilar. Mehmondo’stligimizdan va do’stligimizdan juda mamnun bo’ladilar. Bu yerda aslo begonasiramaydilar.
Bu turklarning umumiy xususiyatidir. Bundan tashqari universitetimiz joylashgan Bursa shahri juda chiroyli shahar. 700 yillik tarixga ega bo’lgan Usmoniy İmperatrligining birinchi poytaxti Bursadir. Bu yerda butun tarixiy ko’rinish saqlab qolingan.
Nursa faqatgina tarixiy shahar bo’libgina qolmasdan, ayni paytda sano’atning poytaxti hisoblanadi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, Bursa eksport bo’yicha İstanbuldan keyingi 2-o’rinda turadi. Ya’ni Bursada sano’at juda rivojlangan. Bularning barchasi yoshlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Bursa xalqi xorijlik talabalarga sevgi bilan qaraydi. Ko’plab nodavlat tashkilotlarimiz bu talabalarga stipendiya beradilar.


Uludag’ universitetini boshqa universitetlardan ajratib turgan narsa bu yerda barcha bo’limlar va dasturlar xalqaro standartlarga moslashgan. Bu dasturlar xalqaro akreditatsiya tashkilotlari tomonidan ham tasdiqlangan. Yana bir xususiyati esa Oliy ta’lim kengashi tomonidan Bologna jarayonini yo’lga qo’ygan 10 ta universitet ro’yxatiga kiritilgan.
Uludag’ universiteti qoshida faoliyat ko’rsatgan tibbiyot fakultetidan faxrlanamiz. Xalqaro akreditatsiya tashkiloti tomonidan xizmat sifati tasdiqlangan.
Biz boshqaruvchi sifatida amaldagi ishlaarga juda katta ahamiyat beramiz. Bursaning sano’atlashgan shahar bo’lishi staj va amaliyot o’tkazishi uchun talabalarimizga katta imkoniyatni yaratadi. Uludag’ universiteti xozirda xorijlik talaba sonini tobora ortib bormoqda. Raqamlar bilan ifoda etadigan bo’lsak, bundan 3 yil oldin 70 talaba olinar ekan, bu yil esa 300 talabani qabul qildik. Kelgusi yilda 500 talabani qabul qilishni maqsad qilyabmiz. Bu talabalarimiz uchun Turkcha ta’lim markazimiz xizmat beradi. Bu yerda turk tilini mukammal o’rganadilar, tinli bilganlar esa yana ham mustahkamlashtiradilar.
Bundan tashqari madaniyat va san’at faoliyatlarimiz uchun ham katta imkoniyatlar yaratilgan. Davlat teatrlari har oy universitetga kelib teatr namoyish qiladilar. Davlat senfoniya orkestri esa konsert beradi. Bu bilan birga 85 dan ziyod bilim, san’at va hobi klublarimiz mavjud”-deydi rektor Kamil Dilek.
Xurmatli rektor Universitet talabalari uchun yotoqxona va turar-joy imkoniyati xaqida esa shunday deydi:



“Bursa tom ma’noda ta’lim shahridir. Universitet yonginasida talabalar yashaydigan “Go’rukle” tumani mavjud. Bu yerda talabalarimiz turar-joy binolarida, yotoqxonalarda yashashi mumkin. Va bu yerdagi barcha imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Qolaversa universitet maydonida kredit yotoqxonalar tashkilotining bir kishilik va ikki kishilik xonalardan iborat bo’lgan jami 1500 o’rinli yotoqxonasi xizmat berib kelmoqda.
Bu jihatdan Uludag’ universitetiga o’qish uchun kelgan talabalar qiyinchilik ko’rmaydilar”-deydi Uludag’ universiteti rektori Kamil Dilek.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar