Tafakkur gulshani 6-qism

Oliy ta’lim kengashi rahbari Go’khan Chetinsaya www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasi xaqida bizga quyidagicha ma’lumot beradi.

181748
Tafakkur gulshani 6-qism


Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida efirga uzatilgan Tafakkur gulshani nomli dasturimiz orqali yana uchrashib turibmiz.  Oliy ta’lim kengashi rahbari Go’khan Chetinsaya bilan o’tkazgan muloqotimizni e’tiboringizga havola etgan edik. Bu hafta esa avvalgi dasturimizda aytib o’tganimizdek www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasi xaqida kengroq ma’lumot beramiz.

Xurmatli Chetinsaya www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasi xaqida bizga quyidagicha ma’lumot beradi:
“Biz xorijdan talaba qabul qilishni osonlashtirdik. Har bir universitetning o’ziga xos shartlari mavjud. Talabalar ushbu web saytiga kirib o’qiganda Turkiyada ilg’or va dunyo bilan raqobatlashgan universitetlarni ko’rishi mumkin. Va aytib o’tganimdek zamonaviy standartlarda talaba qabul qilish sistemamiz mavjud”-deya ma’lumot berdi.

www.studyinturkey.gov.tr internet saytining shiori “Kelajakning kaliti” deb nomlangan. Bu sahifa xorijlik talabalar uchun Turkiyadagi universitetlar xaqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ayni paytda bu yerdagi universitetlarga osonlikcha erishishni ta’minlaydi. Turkiyada tahsil olmoqchi bo’lgan yoshlarga izlanish uchun imkon yaratadi. Buni osonlashtiradi va yoshlarga yo’l ko’rsatadi.
İnternet sayti sodda ko’rinishga ega. Yoshlarga yo’l ko’rsatar ekan, aqlini chalish o’rniga, ko’zlagan maqsadiga osonlikcha erishishga zamin tayyorlaydi. Saytning mazmun mohiyati ham ayni shaklda talabalarga asosiy ma’lumotni berish va yana ham tafsilotli ma’lumot uchun zarur linklarga yo’naltirish shaklidadir.
Endi esa, www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasidagi qidirish bo’limi “EduFinder”ga nazar tashlaylik:
EduFinder Turkiyadagi universitetlarning qidirish bo’limidir. Qaysi bo’limga kirmoqchi bo’lsangiz qidirish bo’limiga yozishingiz mumkin. EduFinder siz uchun o’sha dasturning qaysi universitetlarda mavjudligini alfabetga ko’ra ro’yxatini chiqarib beradi. Bundan tashqari “EduFinder”da 4 ta filtrlash sistemasi mavjud.
İnglizcha-turkcha tahsil, xususiy va davlat universitetlari, katta shahar-kichkina shahar, dengizga yaqin-ichki hudud bo’limlaridan hohlaganingizni tanlab qidiruv natijalarini olishingiz mumkin. “EduFinder” faqatgina xorijlik talabalarni emas, balki turk talabalarni ham qiziqtirgan savollariga javob beradi.

Universitetlarning bosh sahifasida qanday ma’lumotlar o’rin olgan?
www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasida har bir universitetning o’ziga xos bosh sahifasi mavjud. Universitetlarga tegishli fakultetlar bosh sahifalarda o’rin olar ekan, universitetlarning obro’-e’tiboridan tashqari Turkiyada tahsil olish bilan bog’liq ko’plab tasvirlarni o’zida mujassam qiladi.
Natijada xorijlik talabalar sahifadagi butun universitetlarni bir-biriga solishtirib, bir qarorga kelishi mumkin.
Bosh sahifada universitet xaqidagi ma’lumotlar 8 qismdan tashkil topadi. Bular: Universitet xaqida, Ma’lumotlar va xizmatlar, Akademik faoliyatlar, Murojaatlar va muddati, Fotosuratlar, Video lavhalar, Transport va turar-joy imkoniyatlari hamda Bog’lanish bo’limlaridan iborat.

Turkiya 147 davlatdan 40 ming kishining dunyo standartlarida ta’lim olishini ta’minlash bilan birga ular uchun uchrashuv markazi tashkil qiladi. Xorijlik talabalar bu orqali mustahkam do’stlik qurib faqatgina Turkiyada emas, balki butun dunyoda hayoti mobaynida bir-birlari bilan aloqa o’rnata oladilar.
Xorijlik talabalar Turkiyada faqatgina bir-biri bilan emas, balki o’z kelajagi bilan yuzlashadilar. Turkiyada tahsil olmoqchi bo’lgan xorijlik yoshlar xalqaro maydonda tan olingan diplomlarga ega bo’ladilar. Bu diplomlari bilan kelgusida hayotini rejalashtira oladilar.
Turkiya rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan dunyoning sanoqli rivojlangan davlatlaridan biriga aylanmoqda. Bu esa global markalarning Turkiyada o’rin olishi va turk markalari bilan hamkorlik qilish istaklarini kuchaytirmoqda.
Mana bu shaklda xorijlik talabalar Turkiyada global darajadagi shirkatlar bilan va ulkan markalar bilan hamkorlik qilish fursatiga ega bo’ladilar.
Xurmatli yoshlar sizlarni avvalo www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasini ko’zdan kechirishga va hayolingizdagi kelajakka tomon intilishga taklif qilamiz.

Bu hafta Turkiyadagi barcha universitetlarni o’zida mujassam qilgan www.studyinturkey.gov.tr internet sahifasini ko’zdan kechirdik. Kelgusi hafta esa Mavlono talaba almashish dasturi xaqida ma’lumot beramiz.
Qiziqtirgan savollaringiz bo’lsa facebookdagi TRT horizon sahifasidan bizga bog’lanishingiz mumkin.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar