Turkiya va Xalqaro jarayon 79-qism

119673
Turkiya va Xalqaro jarayon 79-qism

Turkiya va boshqa Islom o’lkalarida Ramazon oyi davom etmoqda.Ro’za ibodatini bajo keltirmoqchi bo’lgan Musulmonlar bir oy muddatini muqaddas bir sharoitda o’tkazadi. Ramzaon, faqatgina quyosh tug’ilishidan bo’tishigacha ro’za tutish bilan cheharali bir oy emasdir. Buning bilan birgalikda Musulmonlar imkoniyatlari doirasida Qur’on Karim tilovat qilishadi . Nafil namozlari o’qiydi. Zakot va sadaqa beradi, janjoldan va yomon so’zdan uzoq turadi, yana ko’proq xayr ishlar bilan shug’ulanadi. Shu bois, Ramazon kunlari, tig’iz ibodat bilan bir qatorda, iqtisodiy, ijtimoiy, ruhiy jihatlari ham bo’lgan faoliyatlarni qamraydi. Shunday qilib keng ko’lamli bir kuntartibi bo’lgan Ramazon oyi inson, jamiyat, hayot va hatto dunyo sistemasi ustidagi jiddiy natijalari va ta’sirlari bordir. Kamida nazari ravishda Ramazon oyi bunday bir falsafasi bo’lganini aytish mumkindir.
Marmara Universiteti Siyosat İlmi va Xalqaro Aloqalar Bo’limi Ustozi Prof.Dr. Ramazon Go’zen mavzu bilan tegishli mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

 


Ramazon sharoitlari, fardlarning ma’naviy va moddiy ravishda komilashishiga fursat beradi. Ro’zador bir Musulmon, bir oy muddati bilan anashu yoz issiqligida 17-18 soat soat och va suvsiz qoladi. Har turli zavq va ehtirosdan uzoq turadi. Butunlay erkin irodasi bilan ado qilingan bir ibodatdir, insonga muhim xusisiyatlar hosil qildiradi. Sabr etishni o’rganadi, durust yoki yaxshi bir inson bo’lishga sa’y- harakat qiladi. Oziq- oqvqatning ahmiyatini farq etadi. zavq va ehtiroslarni tekshira oladiganini anglar. Ushbu tajribalar kishining komillashishga katta hissa qo’shar. Qiyinchiliklar qarshisida chidashni o’rganadi. Shunday qilib inson, o’zi bilan yaratuvchisi Olloh orasidagi aloqani yana ham kuchlantiradi . Bu borada eng muhim bir vosita, Ramazon oyi bo’yicha o’qilgan Qur’on karim, Ramazon oyi ichidagi Kadir Kechasi Hz. Muhammad vositasi bilan yer yuziga tusha boshlandi.Shu bois Ramazon oyi Qur’on oyidir desak mubalag’a bo’lmas. 1500 yildir davom etgan xatim an’anasi, Qu’ron Karim yana ko’proq tushunish uchun bir fursatdir. Ramazon oyida qilingan faoliyatlar juda ijobiy ijtimoiy- iqtisodiy ta’siri va natijalari bordir. Ro’za, zakat, sadaqa kabi ibodatlar ijtimoiy yordamlashuv va birdamlik aloqalarini kuchlantiradi.
İnsonlar bir- biriga shafqat va bir- birini tushinish hislarini kuchlantiradi.
Boshqa tomondan, ham farz hamda nafil namozlar o’qiladi, jamiy ravishda Qur’on o’qish seanslari,insonlar ora diyologni kuchlantiradi. Buning bilan birgalikda mushtarak iftor va saharlik taomlarini ham bunga qo’shish kerak, bular bu oyning eng muhim xusisiyatlaridan biridir. Barcha bular mahallada, shaharda, o’lkada va mintaqalar orasida ijtimoiy, iqtisodiy va ruhiy rivojlanishni ta’min etganini aytish mumkindir.
Ramazon sharoitida, ushbu natijalar va ta’siri bo’lishi juda tushuniladigan va sevintiruvchi bir vaziyatdir.
Faqat o’xshash ijobiy ta’sirlari va natijalari bo’lgan Ramazon Musulmon o’lkalar orasi aloqalarda afsuski ko’rilmaydi. Chunki Ramazon oyida hatto, Musulmon o’lkalarining ba’zilarida salbiliklar davom etmoqda. Bir tomondan Musulmonlar ro’az ibodatini, ado qilar ekan, boshqa bir tomondan Iroqda, Suriyada, Falastinda va boshqa o’lkalarda ko’plab Musulmon voqealari sodir bo’lmoqadir.

Barcha bilgan ushbu muammolarning ro’yxatini yozish hatto sahifalarni to’ldiradi. Bulardan eng yomonini bahs etamiz xalos. Ro’yxatning boshida, Musulmon o’lkalar bizzat Ramazon oyi boshlanish va bitish kuni bilan tegishli kelishmavchini aytish mumkin. Musulmon o’lka boshqaruvchilari, o’n yillardir Ramazonning boshlanishini asos olgan oyning ko’rilishi mavzusida kelisha olmaydılar. Bu yil ham ayni sabab bilan, Ramazon oyi Turkiya va boshqa ba’zi o’lkalarda 28 iyunda boshlar ekan, boshqalarida 29 iyunda boshladi. Ruviyati Hilol ( Hilolning ko’rilishi) muammosi sifatida bilingan ushbu muammo 1970 yilidan beri yechilmagandir.
Musulmon o’lkalar orasidagi Ramazon kelishmavchiligi agar bular bilan chegarali bo’lsa edi u qadar muhim bo’lmasligi mumkin edi. Faqat muammo yana ham kattadir.
Ramazon sharoitida Musulmon o’lkalardagi insonlar bir- birini o’ldirishga davom etmoqda. Hatto ba’zilari buni Islom dinining o’zida hatto bo’lmagan Shialik- Sunnilik kabi juda siyosiy bir maqsad uchun urushmoqda. Hz. Payg’ambar davrida Ramazon oyi va muqaddas oylarda qurol ovozi jim- jit bo’lar edi, urushlar yakunlar edi. faqat bugun Islom o’lkalari ushhu an’analariga hech e’tibor bermaslar. Ramazon sharoitida ruhdan uzoq bir shaklda, Suriyada, İroqda, Afg’onistonda Musulmonlar qon tukilishga davom etmoqda.
Albattaki ushbu muammolarning tashkilida xalqaro siyosiy jihati bordir. Ya’ni muammo faqat Musulmonlar, Musulmon o’lkalar va jamiyatlarning qo’lida emas. Ularning mas’uliyatini oshgan bir dunyo sistemasi unsuri bordir. Alabatta bu muhim bir unsurdi, faqat, Musulmon o’lkalar orasidagi to’qnoshuvlarning bir sababi bo’lmasligi kerak. Ayni Qur’onga va Payg’ambarga ishongan Musulmonlar va boshqaruvchilari, hanuz ham Ramazon oyi kabi bir fursatni va ne’matdan aqlli ravishda foydalanishi kerak. Har turli siyosiy to’qnoshuvlarni bir tomonga qo’yishlari lozim. Musulmonlar birodar ekanini va oralaridagi muammolarni sulh yo’li bilan yechimlari kerakligini eslashlari lozim. Aslida dinning tamal maqsadidan biri ham budir.

Chunki Ramazon ruhi insoniy ijtimoiy va o’lka saviyasidagi ijobiy natijalari, oqqan qonlar va sodir bo’lgan dard- g’amlar qarshisida o’z ta’sirini boybermoqda.
Musulmon o’lkalar orasidagi to’qnoshuvlar, Musulmonlarning iftor va saharlik xursandchiligiga soya tushirmoqdadir.


Marmara Universiteti Siyosat İlmi va Xalqaro Aloqalar Bo’limi ustozi Prof. Dr.Ramazon Go’zenning mavzu bilan tegishli fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

Takror Uchrashguncha omon bo’ling.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar