Tafakkur gulshani 2-qism

74271
Tafakkur gulshani 2-qism



Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida efirga uzatilgan "Tafakkur gulshani" nomli dasturimizda xalqaro ta’lim faoliyatlari va Turkiyada ta’lim imkoniyatlari xaqida barcha savollarga javob beramiz.
O’tgan hafta sizlarga Mavlono talaba almashish dasturi xaqida ma’lumot bergan edik. Dasturimizni qolgan joyidan davom ettiramiz.

Mavlono talaba almashish dasturidan foydalanish uchun nima qilish kerak?
Mavlono talaba almashish dasturidan keng foydalanish uchun asosiy shartlar quyidagilar:
1. Talabaning oliy ta’lim dasturi doirasida tayyorlov kurslari, magistratura, asperantura yoki doktorantura talabasi bo’lishi;
2. Tayyorlov kurslari va magistratura talabalarining umumiy bali kamida 4 dan 2 yarim %ni tashkil qilgan bo’lishi kerak;
3. Asperantura va doktorantura talabalarining umumiy bali tahminan 4 dan 3 %ni tashkil qilgan bo’lishi kerak;
4. Tildan 50% bal olgan bo’lishi kerak va bahosi tahminan 50%ni tashkil qilgan bo’lishi kerak.

Mavlono talaba almashish dasturidan foydalanmoqchi bo’lgan talaba borgan universitetga kontrank puli to’laydimi? degan savol tug’ilishi mumkin.
Talabalar faqatgina Mavlono talaba almashish dasturiga a’zo bo’lgan muddat mobaynida qabul qilingan universitetga to’lashi kerak bo’lgan mablag’ni to’lab boradi.
Mavlono talaba almashish dasturiga qabul qilingan talaba bir semestrni qo’ldan boy beradimi? Degan savolga esa quyidagicha javob berish mumkin.
Mavlono talaba almashish dasturiga qabul qilinib boshqa mamlakatda tahsil olgan talabaning xorijdagi ta’lim dargohida olgan darslari O’quv protokolida qaysi darslarga to’g’ri kelganligi aniq ifoda etilgan va barcha darslardan muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda talaba vataniga qaytganda hech qanday semestrdan yutkazmaydi.
Mavlono talaba almashish dasturida dunyoning farqli mintaqalaridan Turkiyadagi o’quv dargohlariga kelgan talabalarga Oliy ta’lim kengashi boshqaruv markazi tomonidan belgilangan miqdorda stipendiya to’lanadi.
Talabalarga stipendiya miqdorining 70%i oylik sifatida to’lanadi. Qolgan stipendiya miqdori to’lanar ekan, talabaning darslardagi muvaffaqiyati e’tiborga olinadi. www.mevlana.gov.tr internet adresidan davlatlarga ko’ra, kundalik harajat puli, yo’l masraflari va oylik salomatlik sug’urtasi uchun ajratilgan byudjetlarni ko’zdan kechirishingiz mumkin.

Mavlono talaba almashish dasturi talabalarga va ta’lim xodimlariga qanday foyda keltiradi? degan savol tug’ilishi mumkin.

Mavlono talaba almashish dasturi bilan xorijda ta’lim olish fursatini qo’lga kiritgan talabalar xalqaro maydonda o’z o’rnini topish, o’zini ifoda etish va analitik ko’z qarashga ega bo’ladilar. Dastur doirasida xorijda ta’lim oladigan talabalar qo’lga kiritadigan akademik tajribalardan tashqari, o’sha mamlakatning urf-odatini va madaniyatini tanish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Ko’plab do’st orttiradilar va chet tilini o’zlashtiradilar. Bu talabalar ilmiy hayotining bir bo’limini xorijda o’tkazib, qo’lga kiritgan tajribalari yordamida kariyerini rejalashtira oladilar.
Mavlono talaba almashish dasturi asosida Turkiyaga keladigan ta’lim xodimlari esa xorijda dars berish bilan bir qatorda akademik nazariyaga ega bo’lib, ilmiy ish olib borish fursatiga ham ega bo’ladilar. Akademik faoliyatlarini vataniga qaytganda ham davom ettirib, turli konferensiya, loyiha va seminarlar bilan o’zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Xurmatli tinglovchilar dasturimizni yakunlar ekanmiz, ulug’ faylasuf Mavlononing quyidagi so’zlari bilan hayrlashib qolamiz: “O’simliklardan, gullardan hosil bo’lgan bog’lar o’tkinchidir, lekin aqldan hosil bo’lgan gul bog’lari es ayam-yashil va chiroylidir”



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar