Xalq tabobati - 7

Dasturimizning bugungi sonida grippni uy sharoitida davolash usullari haqida so‘z qilamiz.

1894171
Xalq tabobati - 7

Gripp keng tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Mavsumiy ko‘tarilish ko‘rsatkichlari yilning noyabr, mart oylariga to‘g‘ri kelsada, ko‘p hollarda kuz-qish oylarida kuzatiladi.

Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil bo‘lib, ayniqsa, nimjon, ya’ni immuniteti past bolalar, keksa yoshdagilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan kishilarda og‘ir kechadi. Shu sababli grippga qarshi immunitetimizni kuchaytirishimiz zarur. Buning uchun Turk shifokor Mehmet Uchar bu borada C vitamini, zanjabil, kurkuma, kardamon, exinatseya, jenshen, oq choy, anor qobig‘i va gibiskus, tomoq og‘rig‘i uchun tuz va gazlangan suv, tsink va selen kabi meva va sabzavotlarni tafsiya qiladi.

1.        C vitamini

Kun davomida pomidor, yangi qalampir, rukkola, petrushka, mandarin, greyfurt, apelsin, anor, na’matak va kivi kabi C vitamini o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlar iste’mol qilinishi kerak.

1.         Zanjabil

O‘tkir ta’mi va xushbo‘y xidi orqali nafas yo‘llarini ochish xususiyatiga egadir. U sho‘rvalar, yangi sabzavotli taomlar va salatlarda ishlatilishi mumkin.

1.         Kurkuma

Bir choy qoshiq kurkumani har kuni salat, sho‘rva, qatiq yoki tuxumga sepib iste’mol qiling.

1.         Kardamon

Bakteriyalar va viruslarga qarshi samarali natija beradi. Shamollash, bronxit, yo‘tal, yuqori isitma shikoyatlarini yengillashtirishda foydalidir. Immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Og‘iz va tomoq yallig‘lanishida samarali.

Kukun va o‘simlik shaklida iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan kardamom asosan kukun shaklida bo‘ladi. Bundan tashqari o‘simligi, choy yoki qahva tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Quritilgan meva ko‘rinishidagi kardamonni suvda damlab, o‘simlik choyi sifatida iching. Uni, qatiq bilan aralashtirib ham iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

1.         Exinatseya

Ushbu o‘simlik choyini tayyorlash uchun 4 choy qoshiq exinatseya bilan 1 litr qaynoq suv kifoya. Qaynayotgan suvga ilova etgan exinatseyani, 5 daqiqa qaynatgandan keyin iste’mol qilsangiz maqsadga muvofiqdir.

1.         Jenshen

Jenshen dorivor o‘simligi charchoq kabi holatlarda tana kuchini oshiradi. Immunitet tizimini tartibga solib, uni qo‘llab-quvvatlaydi.

1.         Oq choy

Kuniga 1-2 piyola oq choy iste’mol qilish orqali, immunitetingizni mustahkamlang.

1.         Anor qobig‘i va gibiskus

Bir turk lirasi kattaligida ikki dona quritilgan anor qobig‘i va 1 choy qoshiq gibiskusni qaynagan 1 stakan suvga ilova eting. Past olovda 5 daqiqa qaynatib olgach, sovushini kuting. Iliq holda, kuniga bir marta och qoringa iching.

1.         Tomoq og‘rig‘i uchun tuz va gazlangan suv

1 stakan suvga 1 choy qoshiq tuz va 1 choy qoshiq tuz karbonat solib, tomoqni chayqasangiz, tomoq og‘rig‘ingiz yengillashadi.

1.         Tsink va selen

Ular immunitet tizimi uchun muhim minerallardir. Selen; dengiz mahsulotlari, go‘sht, piyoz va sarimsoqda mavjud. Sink, ayniqsa qovoq urug‘larida ko‘proq. Undan tashqari xom yong‘oqlarda, tahin holvasi, yong‘oq, xom bodom kabi yog‘li urug‘larda, hindu go‘shti, qo‘y go‘shti, qushqo‘nmas va qo‘ziqorinlarda uchraydi.

 



Aloqador xabarlar