THY Afgʻonistonga parvozlarini qayta tikladi

Turk Havo Yoʻllari (THY) 2021-yil avgust oyida rahbariyat oʻzgarishi ortidan toʻxtatilgan Afgʻonistonga parvozlarini qayta tikladi.

2142234
THY Afgʻonistonga parvozlarini qayta tikladi

 

Turk Havo Yoʻllari (THY) 2021-yil avgust oyida rahbariyat oʻzgarishi ortidan toʻxtatilgan Afgʻonistonga parvozlarini qayta tikladi.

Taxminan 3 yildan so'ng THYning birinchi samolyoti Kobul xalqaro aeroportiga qo'ndi.

Samolyotni Turkiyaning Kobuldagi elchixonasi xodimlari, Turkiyaning Afg‘onistondagi muassasalari vakillari va Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiylari kutib oldi.

THYning Istanbul-Kobul reyslari haftada 4 marta seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiyaning Kobuldagi elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili va missiya rahbari Jenk Unal marosimdagi nutqida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar o‘zaro ishonch va hamkorlik asosida kundan kun mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

“Turk havo yo’llari parvozlarining boshlanishi bu ishonchning eng yorqin ramzidir” dedi.

Marosimda so'zga chiqqan afg'on rasmiylari, THYning Afg'onistonga parvozlarini boshlaganidan mamnun ekanliklarini bildirib, THY va Turkiyaga minnatdorchilik bildirdilar.

Kobul Xalqaro Aeroporti rahbari Abdulhadi Muhammedi ham THYning Afg'onistonga parvozlarni yo'lga qo'yishi mamlakatda xavfsizlik ta'minlanganining ko'rsatkichi ekanligini va buning boshqa global aviakompaniyalarga o'rnak bo'lishini bildirdi.

Afg‘onistonda hukumat almashuvi chog‘idagi voqealar tufayli THY ham ko‘plab aviakompaniyalar kabi 2021-yil 15-avgustdan boshlab ushbu mamlakatga parvozlarini to‘xtatgan edi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #qayta tikladi , #Safar , #Afg'oniston , #THY

Aloqador xabarlar