Erdoʻgʻan: Eron bilan qoʻshnichilik va qardoshlik munosabatimizni munosib tarzda davom ettiramiz

Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad Muhbir, telefon orqali muloqot qildi.

2142028
Erdoʻgʻan: Eron bilan qoʻshnichilik va qardoshlik munosabatimizni munosib tarzda davom ettiramiz

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Eron Prezidenti oʻrinbosari Muhammad Muhbir bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra unda Erdoʻgʻan, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Tashqi Ishlar vaziri Husayin Amir Abdullohiyon va hamrohligidagi hay’atning vertolyot halokatida vafot etganidan chuqur qaygʻuda ekanini bildirib, ta’ziya izhor etdi.

Turkiya bunday ogʻir kunlarda Eronni yolgʻiz qoʻymasligi va Eron xalqining qaygʻusiga sherik ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turkiya bundan keyingi jarayonda ham Eron bilan qoʻshnichilik va qardoshlik munosabatini munosib tarzda davom etishini ytkazdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Raisiy va Abdullohiyonning Turkiya va Eron munosabatlariga qoʻshgan hissalari har doim yod etilishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar