Ruminiya Bosh vaziri Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon poytaxt Ankarada Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk qabri joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi.

2142497
Ruminiya Bosh vaziri Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Ruminiya Bosh vaziri Ion-Marsel Cholaku Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon poytaxt Ankarada Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk qabri joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi. 

“Respublikaga asos solgan, yetuk islohotchi, harbiy strateg va o'tkir diplomat Mustafo Kamol Otaturkga hurmat bajo keltirish men uchun katta sharafdir", deb yozadi Ruminiya Bosh vaziri Anitkabir xotira daftariga.

Ruminiya Bosh vazirining Anqaraga tashrifi Turkiya va Ruminiya o'rtasida Oliy Darajali Strategik Hamkorlik Kengashining tashkil etilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Turkiya Respublikasining bir asrlik tarixi davomida Ruminiya va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi qoʻshnilik va doʻstlikdan NATO ittifoqi va mintaqaviy sheriklikkacha bosqichma-bosqich rivojlanib, strategik sheriklikning eng yuqori darajasiga koʻtarildi.

"Men Qora dengiz va mintaqa xavfsizligi, xalqlarimizning iqtisodiy farovonligi, o‘zaro va strategik manfaatlarimiz yo‘lida ikki tomonlama hamkorligimiz va muloqotimiz davom etishi va chuqurlashishini intiqlik bilan kutaman”,- deydi Ruminiya Bosh vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ruminiya

Aloqador xabarlar