Alparslan Bayraktar Pekinda Xitoy tabiiy resurslar vaziri bilan uchrashdi

Yetakchilar tabiiy resurslar va togʻ-kon sanoati, ayniqsa, muhim foydali qazilmalar va noyob yer elementlarini qazib olish sohasidagi mavjud va salohiyatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

2142238
Alparslan Bayraktar Pekinda Xitoy tabiiy resurslar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Xitoy poytaxti Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Tabiiy resurslar vaziri Vang Guangxua bilan uchrashdi.

“Xitoy Xalq Respublikasi tabiiy resurslar vaziri janob Van Guangxua bilan uchrashuvimizda mamlakatimiz va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida tabiiy resurslar va togʻ-kon sanoati, ayniqsa, muhim foydali qazilmalar va noyob yer elementlarini oʻz mamlakatlarimiz va uchinchi mamlakatlarda qazib olish sohasidagi mavjud va salohiyatli hamkorligimizni rivojlantirishga kelishib oldik", dedi Alparslan Bayraktar uchrashuv yakunlari bo’yicha OAVga bergan intervyusida.

Bayraktar vazir Guangxua bilan uchrashuvidan oldin Xitoyning eng yirik energiya kompaniyalaridan biri “SPIC” rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ushbu uchrashuv bilan bog'liq bayonot bergan Bayraktar:

“Biz Pekinga tashrifimizning birinchi uchrashuvini Xitoyning eng yirik energetika kompaniyalaridan biri bo'lgan va mamlakatimizga allaqachon katta sarmoya kiritgan “SPIC” rahbari bilan o'tkazdik. Mamlakatimizning 2053-yilga moʻljallangan aniq maqsadiga muvofiq yadro va qayta tiklanadigan energiya sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarimizni muhokama qilib, yoʻl xaritamizni belgilab oldik”, -dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Turkiya

Aloqador xabarlar