Prezident Erdoʻgʻan Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

Prezident Erdoʻgʻan do‘st va qardosh Eron xalqi va hukumatiga, xususan, Eron Islom Respublikasining diniy rahbari janob Ali Hamaney hamda muhtaram Raisiy va boshqa marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

2141611
Prezident Erdoʻgʻan Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan vertolyot halokatida hayotdan koʻz yumgan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy uchun hamdardlik bildirdi.

Erdoʻgʻan, ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqida:

“Afsuski muhtaram hamkasbim, birodarim va Eron Islom Respublikasi Prezidenti janob Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida vafot etgani haqida ma’lumot oldik. Olloxdan rahmat tilab qolaman.

Marhum Raisiy bilan bir vertolyotda halok bo‘lgan Eron Tashqi Ishlar vaziri va boshqalarga ham Olloxdan rahmat tilayman.

Do‘st va qardosh Eron xalqi va hukumatiga, xususan, Eron Islom Respublikasining diniy rahbari janob Ali Hamaney hamda muhtaram Raisiy va boshqa marhumlarning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etaman.

Ish ustida Eron xalqi va mintaqamiz tinchligi yo‘lidagi sa’y - harakatlariga shaxsan guvoh bo‘lgan hamkasb sifatida, janob Raisiyni hurmat va minnatdorlik bilan yodga olaman.

Turkiya sifatida koʻp marta boʻlganidek, bu ogʻir va qaygʻuli kunlarda ham qoʻshnimiz Eronning yonida boʻlamiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar