Erdo‘g‘an qrim tatarlari surguni qurbonlarini yodga oldi

18-may kuni sobiq Sovet Ittifoqi rahbariyati buyrug‘i bilan qrim tatarlarining vatanidan ommaviy surgun qilinganiga 80 yil to‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ushbu fojia qurbonlarini yodga oldi.

2141680
Erdo‘g‘an qrim tatarlari surguni qurbonlarini yodga oldi

 

18-may kuni sobiq Sovet Ittifoqi rahbariyati buyrug‘i bilan qrim tatarlarining vatanidan ommaviy surgun qilinganiga 80 yil to‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ushbu fojia qurbonlarini yodga oldi.

"Qardoshlarimiz qrim tatarlarini ona vatanidan judo qilgan, ular boshiga ulkan musibat solgan, haligacha qalbimizda og‘riq uyg‘otayotgan o‘sha qayg‘uli hodisani mahzun holda yodga olaman", – deb yozadi Turkiya yetakchisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. 

Surgun qurbonlarini Alloh o‘z rahmatiga olishini so‘ragan Erdo'g'an, rasmiy Anqara har qanday vaziyatda ham qrim tatarlari haq-huquqlarini himoya qilishini ta’kidladi.

"Turkiya har qanday vaziyatda ham qrim tatarlari – ayni paytda Qrimda yashayotganlar va ishg‘oldan keyin mintaqani tark etishga majbur bo‘lganlar haq-huquqlarini himoya qilish ahdiga sodiqdir", – deydi Erdo‘g‘an.

Eslatish joizki, 1944-yil 18-may tunida Stalinning farmoni bilan 250 mingdan ziyod qrim tatarlari vatanidan badarg‘a qilingan edi. Ochlik, tashnalik, turli xastaliklar hamda ona yurt firoqi sabab ularning yarmi yo‘lda vafot etgan.

Insoniyat tarixidagi eng mudhish amaliyotlaridan biri sanalgan bu voqea o‘sha yilning iyunida yakunlangan. Ko‘plab musibatlarga duchor bo‘lgan qrim tatarlari asosan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan qo‘nim topgan. Sho‘ro davlati qrim tatarlari yarimorolni tark etgach, ularning tarixiy xotirasini o‘chirishga  harakat qilgan.

1989-yilning noyabrida SSSR Oliy soveti qrim tatarlarining surgun etilishini jinoyat deb tan olgan. 2015-yili Ukraina Oliy radasi ushbu tarixiy fojiani rasman genotsid deya e’lon qilgan.

Qrim tatarlarining hozirgi yetakchisi, surgun davrini O‘zbekistonda o‘tkazgan Mustafo Jamilov bir necha marta tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotiga nomzod qilib ko'rsatilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #surgun , #Qrim tatarları , #Turkiya

Aloqador xabarlar