Numan Kurtulmush Qozog‘iston prezidenti tomonidan qabul qilindi

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo boʻlgan qardosh davlatlarning oʻzaro hamjihatligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

2141917
Numan Kurtulmush Qozog‘iston prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Ostonada Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart Tokayev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv Akorda prezident saroyida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo boʻlgan qardosh davlatlarning oʻzaro hamjihatligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Qozog‘iston va Turkiyaning kengaytirilgan strategik sherikligi va ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Eslatma: Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush avvalroq, Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar