Numan Kurtulmush Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi

Uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2141728
Numan Kurtulmush Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi

 

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Qozog’istonga tashrif buyurdi.

Numan Kurtulmush poytaxt Astanada Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Turk dunyosi o’rtasidagi hamkorlik kechagidan ham muhimroq bo’lgan davrga qadam bosilganini aytgan Numan Kurtulmush, “Biz birgalikda, yelkama-elka bo‘lib, umumiy maqsadlar sari qadam tashlashimiz kerak”,-dedi.

Kelajakda Turk dunyosini bir-biriga yanada yaqinlashtiradigan til, madaniyat va mushtarak tarixiy meros mavzusida hamkorlik qilish istagida ekanini ifoda etgan Kurtulmush: "Bu jihatdan Yunus Emre institutining juda samarali ekanligini bilamiz. Qozog'istonda Yunus Emre institutining faoliyat ko’rsatishi ikki davlatni bir-biriga yana ham yaqinlashtiradi" dedi.

Dunyo bir qutbli dunyodan, ko'p qutbli dunyoga o'tayotganiga diqqat qaratgan Numan Kurtulmush, “Shuning uchun bu yerda, ayniqsa Sharq va G‘arb o‘rtasida, 300 millionga yaqin aholiga ega Turk dunyosi juda keng bir geografiyaga yoyilgan, bir tomonda Xitoy, bir tomonda Rossiya, bir tomonda Yevropa, Kavkaz va Osiyo davlatlari joylashgan mintaqada o'zaro birdamlikda yashashi, nafaqat ko‘p tomonlama dunyo tizimining rivojlanishi va mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi, balki dunyo tinchligi uchun katta tayanch bo‘ladi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Numan Kurtulmush , #Qozog'iston , #Turkiya

Aloqador xabarlar