Turkiya hukumati vakillari Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Eron hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

2141685
Turkiya hukumati vakillari Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya hukumati vakillari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyonning vertolyot fojiasida halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Jumladan, Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Eron hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

"Vertolyot fojiasida halok bo‘lgan Eron prezidenti janob Ibrohim Raisiyni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Uning oila a’zolariga, do‘st va qardosh Eron xalqiga hamdardlik bildiraman va ularning qayg’usiga sherikman. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon ham xuddi shu baxtsiz hodisada vafot etdi”,-deb yozadi Numan Kurtulmush.    

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari va partiya voizi O‘mer Chelik ham Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

“Eron davlati va qardosh Eron xalqiga hamdardlik bildiramiz! Qardosh Eron xalqining qayg’usiga sherikmiz”,-deb yozadi O‘mer Chelik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 U shuningdek, ushbu fojiali voqeadan chuqur qayg’uda ekanini qo’shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar