Erdo'g’an Eron prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Turkiya sifatida ushbu og’ir va qayg’uli kunida qo’shni davlat Eron bilan birgamiz!”,- dedi Erdo'g'an.

2141604
Erdo'g’an Eron prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida fojiali vafot etganligi munosabati bilan ta’ziya maktubi yo'lladi.

“Hurmatli hamkasbim, birodarim va Eron Islom Respublikasi Prezidenti janob Ibrohim Raisiy afsuski, vertolyot halokatida vafot etdi. Raisiyga Allohdan rahmat so‘rayman! Marhum Raisiy bilan vertolyot fojiasida halok bo‘lgan Eron tashqi ishlar vaziri va boshqa vakillarni ham Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Do‘st va qardosh Eron xalqi va hukumatiga, xususan, Eron Islom Respublikasining diniy rahbari janob Ali Xomaneyga hamda muhtaram Raisiy va boshqa marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman!",-deydi Turkiya prezidenti.

"Uning Eron xalqi va mintaqamiz tinchligi yo‘lidagi sa’y-harakatlariga shaxsan guvoh bo‘lgan inson sifatida, janob Raisiyni hurmat va minnatdorlik bilan yodga olaman! Turkiya sifatida ushbu og’ir va qayg’uli kunida qo’shni davlat Eron bilan birgamiz!”,- deb ilova qiladi Erdo'g'an.


Tanlangan kalimalar: #Ibrohim Raisiy , #Erdo'g'an , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar