Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Erdoʻgʻan, «19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va spoart bayrami» munosabati bilan Istanbulda yoshlar bilan uchrashdi.

2141344
Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, «19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va spoart bayrami» munosabati bilan Istanbulda yoshlar bilan uchrashdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyaning istiqlol va istiqbol kurashining askarlari har doim yoshlar boʻlib kelganini qayd etdi.

Ilm – fanda, ommaviy axborot vositasi tarmogʻida, oxirgi paytlarda ayniqsa sport sohasida yoshlarning yana – da koʻproq ko‘zga tashlanayotganini yodga solgan Erdo‘g‘an:

“Yoshlarimiz mamlakatning siyosiy va byurokratik qaror mexanizmlarida faol ravishda mas’uliyat olmoqda”, - dedi.

Erdoʻgʻan, “Hanuz 21 yoshida Istanbulni fath etib, yangi bir davrni ochib – yopgan (Fatih Sultan Mehmet kabi) yoshlar tarix davomida bu xalqni gʻalabadan gʻalabaga, muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga yetakladi. Gʻoziy Mustafa Kemal tomonidan 19 - may kuni yoqilgan istiqlol mash’alasi, yoshlar yelkasida Anadoʻluga yoyilgan barcha qalblarni oʻrab, yana yoshlarning fidoyiligi va himoyasi bilan gʻalabaga erishdi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yoshlarning bu sohada bugun ham eng oldingi qatorda ekanini bildirgan Erdoʻgʻan:

“Militsiya bo‘limlarida ishlayotgan xodimlar bilan jandarmlarimizning aksariyati siz bilan tengdosh, yoshlardan iboratdir. Mudofaa sanoatida ko‘plab loyihalar ortidan yosh muhandislarimiz imzosi va mehnati bor”. – deya gapirdi.

Oxirgi yillarda yoshlarga yo‘naltirilgan sarmoyalarni alohida ta’kidlagan Prezident: “Xalqimizning eng katta umidi sizsiz”, - dedi.

Sport sohasida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlarni yodga solgan Prezident Erdoʻgʻan, 2024 – yilgi olimpiyadaga toʻxtalib: “Umid qilamizki, (Fransiya poytaxti) Parijda yangi yulduzlarni qoʻshamiz. Bu borada sportchilarimizga ishonchim komil. Sizdan yana bizni faxrlantiruvchi yaxshi xabarlar kutaman”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar