Prezident Erdoʻgʻan 19 – may xalqning eng katta boyligi va sarmoyasi ekanini qayd etdi

Prezident Erdoʻgʻan, «19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami» munosabati bilan yoshlarga murojaat qildi.

2141305
Prezident Erdoʻgʻan 19 – may xalqning eng katta boyligi va sarmoyasi ekanini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, 19 – may xalqning eng katta boyligi va sarmoyasi ekanini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan, «19 - may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami» munosabati bilan yoshlarga murojaat qildi.

Samsunda bundan roppa - rosa 105 yil muqaddam boshlangan va Milliy kurashni gʻalaba bilan bezagan 1919 – yilning 19 – mayi kuni, kuchli Turkiyaning tashkil topishi uchun ilk poydevor qoʻyilgan sana ekanini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Bu sana, xalqimizning dushman ishgʻoliga qarshi yurtimizning har burchagida koʻtarilgan istiqlol va istiqbol ruhining uchquni boʻldi. Xalqimizning asir tushishlikka qarshi, kelajak uchun birgalikda kurash olib borishni boshlatgan kundir”, - dedi.

Samsunda yonayotgan istiqlol mash’alasi Amasiya, Erzurum, Sivas va undan keyin Anqara orqali butun Anadoʻluga yoyilganini ifoda etgan Erdoʻgʻan, 19 - may ruhi bu xalqning eng katta boyligi va sarmoyasi ekanini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan:

“Qiyinchiliklarga qarshi turish, matonat, e’tiqod va qat’iyat bilan birga kurashish ma’nosi ham shu ruhda yashiringan. Yurtimiz duch kelgan har qanday bosim va igʻvogarchilikka qaramay jadal tus olgan taraqqiyot, yuksalish va kuch - qudrat kurashini faqatgina 19 – may ruhiga, oʻziga, tamoyillari, ideallari va maqsadlarini himoya qilish orqali davom eta olamiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yoshlarga xitob etgan Prezident:

“Siz Yangi Turkiya asri nafarlari sifatida shunday ong va ishonch bilan tariximizni, bugunimizni saqlab qolib, bir yoqadan bosh bir yengdan qoʻl chiqarib, qardoshlik munosabatingizni mustahkamlang. Siz yoshlarimiz va aziz xalqimizning 19 – may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayramini tabriklab, Gʻoziy Mustafa Kemal bosh boʻlish bilan birga Ozodlik kurashimizning butun qahramonlarini yana bir bor hurmat bilan yodga olaman”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar