Numan Kurtulmush Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

2141260
Numan Kurtulmush Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush 19 – 23 may kunlari Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi.

Numan Kurtulmushning ushbu tashrifi doirasida Turkiyaning Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan bo‘lgan mavjud hamkorlik va parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha olib boriluvchi faoliyatlar muhokama qilinadi. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro muammolar, ayniqsa Turkiyaning turk dunyosi bilan bo‘lgan aloqalari ustidan fikr almashiladi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Kurtulmush, 19 – 21 may kunlari Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida bo‘ladi. U yerda Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov, Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev va Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazadi. Numan Kurtulmush, Ostonada, Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Qozog‘istonning Turkiston shahriga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan Kurtulmush, u yerda, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq – turk universitetida bo‘lib o‘tadigan dasturda nutq so‘zlaydi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, 22 - 23 may kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkentga borib, u yerda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati raisi Tanzila Narbayeva va Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashadi.

Kurtulmushning Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinishi rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar