Erdog’an:"Qora dengiz tashabbusi bo’lmaganida ko’p joyda ocharchilik bo’lardi"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, “agar Qora dengiz tashabbusi boʻlmaganida, koʻp joylarda, xususan, Afrika mamlakatlarida ocharchilik boʻlardi.

2140969
Erdog’an:"Qora dengiz tashabbusi bo’lmaganida ko’p joyda ocharchilik bo’lardi"

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an,

“Agar Qora dengiz tashabbusi boʻlmaganida, koʻp joylarda, xususan, Afrika mamlakatlarida ocharchilik boʻlardi.

Prezident Istanbulda “Barqaror qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jaligida brending” mavzusida o’tkazilgan Ziraat Bank Qishloq xo’jaligi ekotizim yig’ilishida so’zladi.

Erdog'an,

“Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri bilan suv resurslari va havzalar ziddiyatli chiziqlarga aylanib bormoqda.

Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi ko'plab keskinliklar asosida suv resurslari bo'yicha bahslar yotadi.

Biz Covid-19 epidemiyasi va Rossiya-Ukraina urushi paytida barcha mamlakatlar oziq-ovqat ta'minoti xavfsizligini ta'minlash uchun qanday shiddatli kurashganini unutmadik.

Turkiyaning sa’y-harakati bilan amalga oshirilgan Qora dengiz tashabbusi bo’lmaganida, ayniqsa Afrika mamlakatlarida ko’p joyda ocharchilik bo’lar edi.

Ochlik xavfiga duch kelgan o'n minglab odamlar hayotini yo'qotadi. Bunga befarq qola olmadık

“Biz jami 33 million tonna g‘allaning bo‘g‘ozlarimiz orqali xavfsiz o‘tishini ta’minlab, vaziyat nazoratdan chiqib ketishining oldi olindi”, — dedi u.

 



Aloqador xabarlar