Erdo'g'an Qozog'iston Prezidenti Tokayev bilan muloqot qildi

Prezidentlik aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2140895
Erdo'g'an Qozog'iston Prezidenti Tokayev bilan muloqot qildi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Qozog'iston Prezidenti Kasım Jo’mert Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezident Erdo’g’an, kelgusi davrda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga yangi o’lchovlar kiritishni maqsad qilganliklarini bildirdi.

Qozog’istonda yuz bergan sel falokatidan so’ng yaralarning shifo topishidan mamnunligini ifoda etgan Prezident Erdo’g’an, Turkiyaning har doim yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda Prezident Erdog’an  Tokayevni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar