Hakan Fidan Kanada Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

TIV rahbarlarining uchrashuvi Kanada Tashqi ishlar vaziri Melanie Jolining Anqaraga tashrifi munosabati bilan amalga oshirildi.

2140306
Hakan Fidan Kanada Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Kanada Tashqi ishlar vaziri Melanie Joli bilan uchrashdi.

Bu haqda Vazirlikning X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, TIV rahbarlarining uchrashuvi Kanada Tashqi ishlar vaziri Melanie Jolining Anqaraga tashrifi munosabati bilan amalga oshirildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2024 yil Turkiya bilan Kanada o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 81 yilligi nishonlanadi. So'nggi yillarda ikkimamlakat o’rtasida ayniqsa, avtomobilsozlik, dengizchilik va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlik rivojlandi.

Taxminan 3 milliard dollar bo'lgan Turkiya-Kanada savdo hajmini qisqa muddatda 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Dastlabkisi 2019-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan Turkiya va Kanada o’rtasidagi Qoʻshma Iqtisodiy va Savdo Qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi yaqinda bo’lib o’tishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar