Erdo'g’an Slovakiya bosh vaziriga nisbatan sodir etilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga nisbatan sodir etilgan suiqasdni qoralab, tezroq tuzalib ketishini tiladi.

2140207

Bu haqda Prezident Erdog'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Men Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga qarshi jirkanch suiqasdni keskin qoralayman va hujumda jarohatlangan janob Fitsoning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Slovakiya xalqi va hukumatiga o‘z mamlakatim va millatim nomidan eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman", deb yozadi Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqda.

Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitsoga suiqasd sodir etildi. 

Og'ir yaralangan bosh vazir vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Slovakiya , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar