Erdo'g'an Netanyaxuni G’azoda genosid sodir qilganlikda aybladi

Erdo’g’an G’azodagi genotsidda ishtirok etganlar to’kkan bir tomchi qon uchun ham javob berishini aytdi.

2139960
Erdo'g'an Netanyaxuni G’azoda genosid sodir qilganlikda aybladi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni G’azoda genosid sodir qilganlikda aybladi.

Erdo’g’an shuningdek, G’azodagi genotsidda ishtirok etganlar to’kkan bir tomchi qon uchun ham javob berishini aytdi.

Prezident Erdo’g’an bu so’zlarni Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya parlamentidagi guruh yig’ilishida so’zlagan nutqida tilga oldi.

Turkiya yetakchisi Isroilning G'azoda 7 oydan buyon davom ettirayotgan genotsid harakatiga yana bir bor munosabat bildirdi.

"Netanyaxu va genotsidda ishtirok etganlar to'kilgan har bir tomchi qon uchun javob beradilar. Biz genotsidchilarni qonun oldida javobgarlikka tortish uchun safarbar bo'lamiz”,-deydi Erdo’g’an.

Prezident shuningdek, o'z vatani mustaqilligi uchun kurashgan va Anadoluni himoya qilgan Falastin qarshilik harakati Hamasning yonida bo'lishda davom etishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar