Erdo‘g‘an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisni qabul qildi

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

2139042
Erdo‘g‘an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisni qabul qildi

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Anqaradagi Esenbog'a aeroportida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Mitsotakis tashrif doirasida Prezident saroyida Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.

Erdo'g'an va Mitsotakis tor doiradagi uchrashuvdan so'ng, delegatsiyalararo muzokaralarga raislik qiladi.

Yetakchilar uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo'yicha mushtarak matbuot anjumani o'tkazadi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an uchrashuvdan keyin Mitsotakis sharafiga ziyofat beradi.



Aloqador xabarlar