Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Tashrif chog’ida ikki tomonlama aloqalar, jumladan iqtisodiyot, transport, ilm-fan, texnologiya, qishloq xo’jaligi, turizm, sog’liqni saqlash va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi.

2138856
Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Mazkur tashrif Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Tashrif chog’ida ikki tomonlama aloqalar, jumladan iqtisodiyot, transport, ilm-fan, texnologiya, qishloq xo’jaligi, turizm, sog’liqni saqlash va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi.

Uchrashuv va muzokaralarda G'arbiy Frakiyadagi turk etnik xalqi va Rodos, Kos va Selanikdagi turk vatandoshlar bilan bog'liq mavzular ham kun tartibidan joy oladi.

Shuningdek, terrorizmga qarshi kurash va tartibsiz migratsiyaga qarshi hamkorlikda kurash olib borishni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Turkiyaning mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar, ayniqsa Isroil-Falastin masalasiga doir fikrlarining Gretsiya tomoniga yetkazilishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif oldidan Gretsiyaning “Eleftheros Tipos” gazetasiga intervyu bergan Gretsiya bosh vaziri, Prezident Erdo'g'an bilan uchrashuvdan maqsad ikki davlat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik jarayonining davom etishini ta'minlash ekanini ta'kidladi.

Eslatish joizki, Turkiya Prezidenti Erdo’g’anning 7 dekabr kuni Gretsiyada bo’lib o’tgan Oliy darajali hamkorlik kengashi munosabati bilan mamlakatga amalga oshirgan tashrifi Turkiya-Gretsiya munosabatlarida yangi davr boshlanishiga zamin yaratgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar