Tashqi ishlar tashkilotini mustahkamlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamg'armaning asosiy maqsadi vazirlikning kadrlar salohiyatini rivojlantirish va institutsional jihatdan mustahkamlashga yordam beradigan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda bu yo‘nalishda qo‘shimcha resurslar yaratishdan iborat bo‘ladi.

2137981
Tashqi ishlar tashkilotini mustahkamlash jamg‘armasi tashkil etiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vazirligi qoshida “Tashqi ishlar tashkilotini mustahkamlash jamg‘armasi” tashkil etiladi.

Ushbu jamg’arma 2024-yil 6-aprelda e’lon qilingan Prezident qaroriga muvofiq, vazirlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.

Tashqi ishlar vazirligi xorijiy vakolatxonalar soni bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinni egallaydi.

Ushbu jamg’arma vositasida 2190 nafar mansabdor davlat xizmatchisi va 261 nafar tashqi vakolatxonasiga ega bo’lgan Tashqi ishlar vazirligining yanada samarali ishlashi uchun kadrlar sonini ko‘paytirish va kadrlar sifatini yaxshilash, shuningdek, diplomatlarning akademik jihatdan ta’minlanishi, bir nechta xorijiy tillardan samarali foydalana olishini ta’minlash va turli sohalarda malakali bo'lishiga imkoniyat yaratadi.

Tashqi ishlar tashkilotini mustahkamlash jamg‘armasining asosiy maqsadi vazirlikning kadrlar salohiyatini rivojlantirish va institutsional jihatdan mustahkamlashga yordam beradigan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda bu yo‘nalishda qo‘shimcha resurslar yaratishdan iborat bo‘ladi.

Jamg‘arma kelajakda tashkil etiladigan o‘quv yurti orqali diplomatlarning ta’limini qo‘llab-quvvatlaydi, magistratura va doktorantura tahsilini olishga hissa qo‘shadi, xalqaro munosabatlar sohasidagi nashrlar uchun resurslar bilan ta’minlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar